0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

Uzun kechalar
141
Marat uning ko‘zlarida qat’iy bir ifoda ko‘rdi-yu, qalbi- 
ning eng chuqur joyidagi ham alam, ham sog‘inch tuyg‘usi 
yana tug‘yon urdi. Ha, u yaxshi ko‘rgan edi. ,,So‘ngan yul- 
duz shu’lasi“da o‘zining ham natijasiz muhabbati tasvir etil- 
gandi. Hozir o‘sha so‘ngan yulduzning yoniq shu’lasi yana 
yarq etib ketdi.
- Ya’ni birovni yaxshi ko‘rganmisiz, demoqchisiz-da, -
dedi u iloji boricha xotirjam gapirishga urinib. - Ha, yaxshi 
ko‘rganman!
- Keyin-chi?
Marat Hilolaning ovozida sovuq qat’iyat borligini sezib, 
yanayam xotirjamroq gapirdi.
- Keyin uzoqlashib ketganmiz.
- Undan keyin-chi?
- Undan keyin yana ikkita qizni uchratdim. - Marat 
kuldi. - Ular mendek dovdimi yoqtirishmadi.
Hilola boshini quyi solgancha o‘tirar, iztirob chekayot- 
gani bilinib turardi.
Marat birdan uning qo‘llarini mahkam ushladi-da, kaftini 
qattiq qisgancha hayajondan ovozi titrab, iltijo qildi.
- Hilola, qo‘ying... Nima keragi bor shu gaplaming! - U 
kafti bilan qizning iyagidan ko‘tarib, o‘ziga qaratdi. - Hilola...
Hilola ko‘zlarini chirt yumib oldi. Uning qalbi titrar, ho­
zir Marat o‘zini o‘pishini bilar edi. Endi uning qarshisida 
yozuvchi Marat Azizov emas, oddiy yigit Marat, mana shu 
,,g‘alati bola“ qolgan edi.
Maktabni bitirish kechasida Baxtiyor degan bola Hilo- 
lani birinchi marta o‘pgan, sen bo‘lmasang o‘zimni o‘ldira- 
man, deb yig‘lagan edi. Hozir u Maratning ham yig‘lagudek 
yolvorishini kutardi.
Ammo Marat o‘pmadi ham, yolvormadi ham.
Hilola sekin ko‘zlarini ochdi-yu, Maratning butun- 
lay boshqa tomonga qarab o‘tirganini ko‘rib hayron qoldi. 
0 ‘n qadamcha narida, qorong‘i burchakda yelkalari turtib


142
О ‘tkir Hoshimov
chiqqan bir chol hassasining uchi bilan ariqchaga to‘lib qol­
gan xazonlami titkilab turardi. Marat hamon Hilolaning iya- 
gidan tutib turar, ammo choldan ko‘z uzmas edi. U Hilola­
ning o‘ziga qarayotganini sezdi, shekilli, so‘radi:
- Bilasizmi, shu chol nimani o‘ylayapti?
Hilola ijirg‘anib, bosh chayqadi.
- Yo‘q! Siz yozuvchisiz. Siz biling!
Marat kuldi.
- Men ham bilolmay qiynalyapman-da! Balki, xazon 
bo‘lgan umrini o‘ylayotgandir. Balki, shu yerda birinchi bor 
sevgilisi bilan uchrashgandir. Odam umri qisqa qolganini 
payqay boshlasa, qilgan xatolarini ko‘p eslaydi-ku...
Hilola noxushlik bilan yuzini o‘girdi.
Marat uning ko‘ngli cho‘kkanini sezdi. Hilolaning kaf­
tini olib, yuziga bosdi.
- Hilola, menga hamroh kerak, ko‘makchi kerak, - dedi 
hayajon bilan. - Ba’zan o‘zimga o‘zim shunchalik xunuk
ojiz ko‘rinib ketamanki!..
Hilola uning yuzlari lovullab turganini sezdi, kaftini tor- 
tib olmadi.
* * *
Goho sutdek oydin kechalari hovli o‘rtasidagi supada- 
mi, chorpoyadami yotganingizda birdan uyg‘onib. ketasiz. 
Uzoq-uzoqlarda poyezd shovqini eshitiladi. Keyin elas-elas 
uzoqlashib borayotgan g‘ildiraklar tovushi qulog‘ingizga 
chalinadi. Shunda siz yuragingiz ko‘ksingizga sig‘may pitir- 
lab ketganini his qilasiz. Allanechuk olis, ertak kabi go‘zal 
bir olam ko‘z o‘ngingizga keladi. 0 ‘sha yoqlarga ketib qol- 
gingiz kelaveradi.
Marat ko‘pdan buyon ana o‘sha olam tasavvuri bilan 
yashar edi. Shu kecha uyg‘onib ketdi-yu, birdan o‘zi ko‘p- 
dan buyon aniq tasawur qilolmay yurgan olamni ko‘z- 
gudek ravshan ko‘rdi.



Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish