0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
-
Bir nima so‘ramoqchimisiz? - dedi qizning ko‘zlariga 
tikilib.
Shu ondayoq xayoliga yana o‘sha fikr keldi. Chiroyli qiz. 
Kim bilsin, aqli qanaqaykin. Ko‘pincha, qizlar o‘zlarining 
go‘zalliklarini payqashsa, aqllarini ishlatmay qo‘yadilar-ku...
Hilola qizarib-bo‘zarib tortmadan kitobchani oldi.
- Shu sizning kitobingizmi?
Marat indamay bosh silkidi.
- Qanaqa qilib yozasiz?
Marat beg‘araz kuldi.
- Stol yoniga o‘tirib yozaveradi-da. - Shunday dedi-yu, 
qizning o‘zi bilan gaplashgisi kelib turganini sezib, yura- 
gi iliq hayajondan tipirchilab ketdi. 0 ‘sha - birinchi marta 
ko‘rganidan buyon bu qizni ko‘p o‘ylaganini, ammo nega- 
dir unutishga harakat qilganini eslab, jilmaydi. - Bu ham 
bir kasb-da, Hilola.
- Baribir tushunolmayman.
- Yaxshi, - dedi Marat uning ko‘rishgisi kelib turganini 
sezib. - Xohlasangiz bugunoq tushuntirishga harakat qilaman. 
Kechqurun soat oltida Anhor ko‘prigi oldida ko‘rishamiz.
U qizning roziligini so‘rab ham o‘tirmadi. Borishi aniq- 
ligini bilib, keskin burildi-da, chiqib ketdi.
* * *
Ular Anhor yoqalab borishar edi. Suv jimgina oqar, qop- 
qora to‘lqinlar ustida qirg‘oqdagi chiroqlar shodasining aksi 
silkinib turardi. Qayerdadir tramvaylaming horg‘in nola- 
si eshitiladi. Kuz havosida kech ochilgan gullaming o‘tkir, 
nozik isi kezadi.
- ,,So‘ngan yulduz shu’lasi“da o‘zingizni yozganmisiz?
Marat taqqa to‘xtadi-da, Hilolaning ko‘zlariga tikildi.
Neon lampalar nuri ostida qizning chehrasi biroz rangsiz, 
ammo jozibali ko‘rinar edi.
- Kim aytdi sizga?


Uzun kechalar
135
- 0 ‘zim... - Hilola yolg‘on gapirganidan uyalib, yuzini 
o‘girdi-da, sekin-sekin yurib ketdi. - Men hamma yozuvchi- 
lar o‘zining boshidan o‘tganini yozadi, deb o‘ylayman.
- Yo‘q! - Marat keskin bosh chayqadi. - Unaqa bo‘lsa 
kundalik yozib qo‘ya qolgan ma’qul emasmi?
Hilola tushunmadi.
- Hammasini ichingizdan to‘qib chiqarasizmi? Bo‘l- 
masa, yozganlaringiz yolg‘on ekan-da.
Marat anchagacha indamay bordi-da, so‘radi:
- 0 ‘sha kitobdagi gaplarga ishondingizmi, axir?
Hilola yuvosh bosh silkidi.
- Men Feruzani xuddi o‘zimga o‘xshatdim.
- Demak, yolg‘on emas ekan-da.
Hilola baribir tushunmadi.
- Siz yozuvchilarga maza! - dedi o‘ylanib. - Ilhom kel- 
ganda kitob yozasizlar. Hamma sizlami maqtaydi...
- Ilhomning o‘zi nima? - dedi Marat uning gapini bo‘lib.
Hilola soddalik bilan yelkasini uchirib qo‘ydi.
- Bilmasam... „Ilhom parisi“, „ilhom gulshani“ yana all- 
animalar deyishadi-ku.
U o‘girilib qarab, yana yelkasini uchirdi. Shu tobda 
shunchalik sodda, shunchalik yaxshi ko‘rinib ketdiki, Ma­
rat uning bilaklaridan mahkam ushlagancha qah-qah urib 
kulib yubordi. Jimjit bog‘ ustida Maratning kulgisi jaran- 
glab aks sado berdi. Qaysidir chinor shoxida mudroqqa 
ketgan qushlar ,,guv“ etib qorong‘i osmonga ko‘tarildi.
- Hammasi mavhum gap! - dedi Marat kulgidan nafasi 
qaytib. - Ilhom hammada ham bo‘ladi. Ilhom - tez, oson, 
maza qilib ishlash degani. - Keyin u birdan jiddiylashdi-da, 
sekin qo‘shib qo‘ydi. - Goho oylab-yillab qiynalib, bitirol- 
may yurgan ishingizni bir kunda bajarib qo‘yasiz. Shunaqa 
ishlaysizki, o‘zingiz ham rohat qilasiz...
Qizg‘ish chiroq yonib turgan simyog‘och tagidagi o‘rin- 
diqqa o‘tirishdi.


136

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish