0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

Uzun kechalar
127
di... Sochining oqarganiga kelsak, uni men emas, senlar 
oqartirding!
- Nima-nima?! - Koryagin ijirg‘anib labini burdi. - Qil- 
g‘ilikni sen qilgin-da, kampir-xotining oldida men javob 
beraymi? Feodal! Bola tug‘dirishdan boshqani bilmaydigan 
baran!
- Haqorat qilma!
- Eh-ha! Oriyatlari keldimi? Eshitib qo‘y! Yolg‘on ma’- 
lumot bergani uchun xotiningni qamoqqa tiqmasam... Men- 
ga desa bolalaring ochidan oisin... Qizingning jigari ezilib 
ketsin!
- Bolada nima gunoh! - Jumanovning boshi soat kap- 
kiriday muttasil tebrana boshladi. Oyoq-qoilari titrar, hozir 
ag‘darilib ketadigan alpozda edi.
- Bas! - dedi Koryagin hayqirib. - Endi bolalaringni 
o‘ylaydigan bo‘lib qoldingmi? Pora olib, pora berayotga- 
ningda, pripiska qilayotganingda esing qayoqda edi? Kat- 
talaming buyrug‘ini quloq qoqmay bajarayotganingda nega 
o‘ylamading bolalaringni? - Koryagin butun nafratini bir 
so‘zga jamlab, jirkanchlik bilan ta’kidladi. - Plebey!
- To‘g‘ri aytding, plebeyman... - Jumanov xirilladi. -
Qulman... Norasmiy qul... Sen-chi? Sen qul emasmisan?
- 0 ‘chir! - Koryagin stolni mushtladi.
- Qulsan! - Jumanovning afti battar qiyshaydi. - Bosh- 
liqlaring oldida qulsan. Sendayam plan bor. Yo‘q gunohim- 
ni qanchalik tez bo‘ynimga qo‘ysang, pogoningdagi yulduz 
shuncha ko‘payadi.
- 0 ‘chir ovozingni! - Koryagin tag‘in stolni mushtladi. 
Bo‘sh stakan zirillab ketdi. - Ertagayoq Moskvaga, Butirka- 
ga jo ‘nataman. Obkomingni yoniga!
- Juda yaxshi! Vijdoni boisa aytsin, qachon pora berib- 
man unga?
- Obkoming kim bo‘pti? Kerak bo‘lsa respublika rahbar- 
laringni o‘ziyam tiz cho‘kadi hali...


128
О ‘tkir Hoshimov
- Qo‘lingdan kelsa, - Jumanov hamon tebrangan ko‘yi 
boshini shahd bilan ko‘tarib chaqchaydi. - Qo‘lingdan kelsa, 
Brejnevni tiriltirib kelgin-da, o‘shaniyam so‘roq qil! - dedi 
vishillab. - Pripiskani o‘sha o‘ylab topgan! Hamtovoqlari bi­
lan! Yo‘q paxtani olti million tonna qilasan, degan o‘sha! -
Jumanovning qon quyilgan ko‘zlari kosasidan chiqib hayqir- 
di. - Bizni eshak qilib mingan - o‘sha!
- Poraxo‘r! - Koryagin Jumanovning oldiga uchib borgi- 
si, bir musht bilan hushini joyiga keltirib qo‘ygisi keldi-yu, 
o‘zini tiydi. - Poraxo‘r! - dedi hayqirib. - Haromxo‘r! Ham- 
mang o‘g‘risan! Hammang poraxo‘r! Awal uyingga cha- 
qirasan, mehmon qilasan, qo‘y so‘yasan, palov, shashlik... 
milliy udumni ro‘kach qilib, to‘n kiygizasan. Yumshoqqina 
bo‘lib odamning pinjiga kirasanlar-da, keyin... Mana! - U stol 
tortmasini shahd bilan ochib, bir to‘p gazetani oldi. Boshi us­
tida baland ko‘tarib silkitdi. - Hammasida senlami qilmishing 
yozilgan! Respublikada necha ming jinoyatchi qamoqqa olin- 
ganini yozgan. „Paxta ishi“ bo‘yicha. Hammang bir go‘rsan! 
Hammang eshshaksan. Butun xalqing!.. - Bir zum sukut saq- 
ladi-da, Ambarsumyan o‘rgatgan eng oxirgi, eng qat’iy zarba- 
ni berdi. - Eshitib qo‘y, - dedi istehzoli kulib. - Ertaga, yo‘q, 
bugun senga g‘alati tomosha ko‘rsataman. Kampir-xotining- 
ni retsidevistlar o‘tirgan kameraga tiqaman. Bir yo‘la uchtasi 
zo‘rlaydi. Sen tuynukdan tomosha qilasan!
- Tuf! - Jumanov ko‘zlari vahshiylashib sapchib turdi. -
Tuf senga! - dedi o‘kirib.
Ajab, tupugi og‘zidan chiqdi-yu, porsillab yorilgan labi- 
ga shilimshiq yelimdek yopishib qoldi. Quturgan buqadek 
alpang-talpang bostirib kela boshladi.
- Konvoy! - Koryagin vahimaga tushib xotinlardek 
chinqirdi. - Kon-vo-o-oy!
Yo‘q, Jumanov Koryaginga emas, deraza tomon intildi. 
Soqchi eshikdan kirguncha bir hatlab deraza rahiga cho‘kka- 
lab oldi. Shu alpozda bir soniya, atigi bir soniya Koryagin-



Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish