Agrokimyo va tuproqshunoslik


Tetis okeanining yopilishi



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Tetis okeanining yopilishi.
 
Materiklarning siljishiga, ulkan tog‘ qambarlarining 
vujudga kelishiga sababchi bo‘lgan ko‘lamli tektonik jarayonlar sayyoramizning 
ko‘rinishini tubdan o‘zgartiradi. Yangi okeanlar (Atlantika, Hind) paydo bo‘ladi, 
eskilari esa yo‘qolib ketadi. Bu borada mashhur Tetis okeanining qismati e’tiborlidir. 
Bir necha yuz million yillar davomida ushbu okean sayyoramizdagi eng ulkan 
okeanlardan biri bo‘lib kelgan.
 
Yosh tog‘ hosil qiluvchi tektonik harakatlar jadallashgan neogenda Tetis okeani 
dastlab o‘lchami bo‘yicha bir-biriga teng bo‘lmagan ikkita: janubiy va shimoliy 
dengiz havzalariga ajralib ketgan. Alp tog‘laridan Bolqon, Qrim, Kavkaz orqali 
Markaziy Eron va Afg‘onistongacha cho‘zilgan tor quruqlik qambari bu dengizlarni 
ajratib turgan. Ancha yirikroq bo‘lgan janubiy dengiz havzasi Dunyo okeaniga 
tutashib turgan. Shimoliy dengiz esa Dunyo okeanidan ajralib qolgan, tobora o‘sib 
borayotgan tog‘lar esa uning akvatoriyasi qisqarib borishiga sababchi bo‘lgan. 
Yevropaning ichki rayonlaridan Kavkazoldi bo‘ylab minglab kilometrlargacha 
cho‘zilgan ulkan Sarmat dengizi – Paratetis vujudga kelgan. Sharqiy Yevropa 
2-chiama. Atlantika okeanining 
kengaygan holati. 


62 
platformasining janubini ham qoplab olgan bu havzada qum-gilli cho‘kindilar va 
organogen ohaktoshlar to‘plangan. 
Pliotsenga kelib Paratetisning o‘zi davom etayotgan tog‘ hosil qiluvchi 
jarayonlar va tog‘larning o‘sishi tufayli bir qancha alohida havzalarga parchalanib 
ketgan. O‘sayotgan Kavkaz va Kopetdog‘ tog‘lari Paratetis suvining shimolga 
surilishiga olib kelgan. Keyinchalik, pliotsenning oxirlarida hozirgi Kaspiybo‘yi 
pasttekisligi dengiz bilan qoplangan. Bunda ochiq okean bilan aloqasi bo‘lgan 
Tetisning janubiy qismi ham chekingan. 
Vaqtlar o‘tishi bilan Alp, Karpat, Qrim, Kavkaz va Kopetdog‘ hozirgi 
ko‘rinishiga ega bo‘lgan. Ularning o‘lchami kattalashib, o‘sib borgan. Bu tog‘larni 
o‘rab turgan hududlar ham ko‘tarilib, Tetis okeanidan qolgan dengizlar akvatoriyasi 
toroyib boradi. Janubiy dengiz o‘z orqasida botiqlik va ko‘llarni qoldirib, Hind 
okeaniga qo‘shilib ketadi. 
Paratetisning parchalanishi tufayli O‘rta yer dengizi, Qora va Kaspiy dengizlari 
bir-biridan ajralib qoladi. Kechki pliotsenda Orol dengizi vujudga kelgan. Bu 
dengizlar davriy ravishda o‘zaro tutashib va ajralib turgan. Bu vaqtda Gibraltar, 
Bosfor va Dardanella bo‘g‘ozlari va Egey dengizi bo‘lmagan. Yevropa ba’zi joylarda 
Afrika bilan O‘rta yer dengizi orqali bevosita tutashib turgan. 
Neogen va antropogenda Qora, Kaspiy va Orol dengizlari o‘z ko‘rinishlarini bir 
necha bor o‘zgartirgan. 
Antropogenda O‘rta yer va Qora dengizlar orasidagi aloqa Bosfor va Dardanella 
bo‘g‘ozlari orqali tiklangan. Bu aloqa Qora dengizni butunlay qurib qolishdan 
saqlagan. Aksincha Qora dengiz bilan Kaspiy dengizi orasidagi aloqa butunlay 
uzilgan. Hozirgi vaqtda Kaspiy va Orol dengizlari asta-sekin qurib bormoqda. 
Daryolar keltirayotgan suvlar bug‘lanishni muvozanatlashga qodir emas. 
Shunday qilib, neogen-antropogenda Tetis okeani parchalanib, yo‘qolib ketgan. 
Qachonlardir Lavrosiyo va Gondvanani ajratib turgan ulkan okeanning mavjudligini 
ushbu qoldiq dengizlargina esalatib turadi. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish