64
Uning g‘arbiy tarmog‘i shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda
Tanganika va Eduard
ko‘llaridan o‘tib tugaydi. Sharqiy tarmog‘i shimoliy-sharqqa qarab burilib, Somali
yarimorolining janubiy chetini aylanib o‘tib Hind okeaniga chiqadi. Markaziy
tamog‘i esa shimolga qarab Qizil dengizi orqali O‘lik
dengiziga chiqadi va Kichik
Osiyoning Tavr tizmasining janubiy etaklarida tugaydi.
Buyuk Afrika yer yoriqlari tizimi relyefda Rudolf, Nyasa, Tanganika, Eduard,
Albert va boshqa ko‘llar suvi bilan qoplangan tor va chuqur grabenlar qambaridan
iborat. Yer yoriqlari odatda Hind okeani tomon pasayib boruvchi pog‘onali
uzilmalarni tashkil etadi. Afrikadagi harakatdagi vulkanlar ushbu tizimda joylashgan
bo‘lib, ulardan bazalt lavasining oqib chiqishi antropogen
davrida ham davom
etmoqda.
Yosh graben-riftlarning hosil bo‘lishi yer sharining boshqa faol chuqur yer
yoriqlari zonalarida ham kuzatiladi. Masalan, Sibirda cho‘kish amplitudasi 1700 m ga
boruvchi Baykal ko‘li grabeni hosil bo‘lgan.
Faol vertikal harakatlarga ega bo‘lgan ulkan yer yoriqlari Shimoliy Amerika
platformasining Kordilyera bilan tutashgan g‘arbida paydo bo‘ladi. Palaxsali
harakatlar tufayli bu yerda tog‘li relyef (Qoyali tog‘lar) vujudga keladi va 500000
km2 maydonni qoplab olgan qalin bazalt lavalarining kuyulishi kuzatiladi.
Chuqur yer yorig‘i bo‘yicha Kaliforniya materikdan uzun va tor ko‘rfaz
hosil
qilib, ajralib qolgan. Kaliforniyani Shimoliy Amerikadan ajratib turuvchi San-
Andreas chuqur yer yorig‘i bo‘yicha gorizontal harakatlar hozirgi kunda ham kuchli
zilzilalar bilan yiliga 5-6 sm tezlikda davom etmoqda.
Paleogeografiyasi.
Bo‘rda boshlangan dengiz regressiyasi paleogenning
boshida ham davom etgan, ammo bu davrning o‘rtalarida
u Yevrosiyoning ancha
qismi: Sharqiy Yevropa tekisligining janubiy qismi, O‘rta Osiyo va G‘arbiy Sibir
tekisliklari, G‘arbiy Yevropa paleozoy tog‘larini ajratib turuvchi tekisliklarini qamrab
olgan yangi transgessiya bilan almashadi. Shu bilan bir vaqtda oligotsenning oxirda
Tetis va Tinch okeanining g‘arbiy qismida neogenda
ham davom etgan tektonik
harakatlar rivojlanadi.
Paleogen davrining boshlarida shimoliy yarimshardagi epigersin platformalari
egallagan yirik dengiz transgressiyasi rivojlanadi va Sharqiy Yevropa platformasining
janubini, Arabistonni va Afrikaning shimolini qoplab oladi. Shimoliy Amerika va
Sibir platformalari esa quruqligicha qolgan.
Janubiy Amerika boshqa kontinentlardan to‘liq ajralib qoladi va o‘zining
dastlabki sutemizuvchilari bilan xarakterlanadi Afrika,
Hindiston va Avstraliya bir-
biridan yanada o‘zoqlashadi. Butun paleotsen davomida Avstraliya Antarktida
yaqinida joylashgan. Dengiz sathi pasaygan, yer sharining ko‘p joylarida yangi
quruqliklar vujudga keladi.
65
Tosh qotgan qoldiqlar odam evolyutsiyasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot
bermasada, biz odamlarning odamsimon maymunlardan kelib chiqqanini bilamiz.
Odamning eng qadimiy ajdodi avstralopitek Australopithecus afarensis (A) taxminan
5 mln yil ilgari Afrikaning shimoliy-sharqida yashagan. Keyingi 3-4 mil. Yil
davomida u A. Africanus (V) ga evolyutsiyalangan.
Oddiy tosh qurollardan
foydalangan uddobo‘ron odam Homo Habilis (S) undan 500 000 yil keyin paydo
bo‘lgan. Tik yuruvchi odam N. erectus (D) 750 000 yil ilgari Afrikadan butun
dunyoga tarqalgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, N Erectus dan ikki tarmoq
rivojlangan. 40 ming yil ilgari qirilib ketgan neandertal (YE)
aqilli odamning N
Sapiens sapiens (F) eng ilk vakillari tomonidan siqib chiqarilgan (4.44-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: