49
Gidrotermal bosqich
. Yirik plutonlarning shakllanishi magmatik o‘choqdan
gazsuyuq eritmalarning (gidroterma) ajralib chiqishi va gidrotermal tomirlarning
hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi. Kvarsli, sulfidli va karbonatli gidrotermal tomirlar
keng tarqalgan.
Gidrotermalarning asosiy komponenti bo‘lib mineral tuzlar va gazlar erigan suv
hisoblanadi. Bular kolloid va molekulyar eritmalar bo‘lishi mumkin.
Gidrotermal
mineral hosil bo‘lishidagi boshlang‘ich harorat 600-700 °S ga yaqin. Harorat asta-
sekin 25-50 °S gacha pasayib boradi. Gidrotermal tomirlar va ular bilan bog‘liq
konlar katta chiqurlikda sodir bo‘luvchi yuqori haroratli (500-300 °S), o‘rta (300-200
°S) va past haroratli (200-50 °S) turlarga bo‘linadi.
Gidrotermal bosqich bilan tog‘ billuri, Sn, W, As, Bi, Au, Su, Zn, Pb, Ag, Sb,
Hg konlari bog‘liq.
Intruziv hosilalar orasida nordon jinslar (granitlar va granodioritlar) keng
tarqalgan. O‘rta tarkibdagi (siyenitlar va dioritlar), asosli (gabbro va piroksenitlar),
o‘taasosli (peridotitlar va dunitlar) kamroq uchraydi. Siyentilardan tashqari barcha
jinslar normal ishqorlikdagi jinslarga kiradi.
Magmatik tog‘ jinslari umumiy tarkibining 99% ga yaqinini tashkil etuvchi jins
hosil qiluvchi minerallarga kvars, kaliyli dala shpatlari, plagioklazlar, leytsit, nefelin,
piroksenlar, amfibollar, slyudalar, olivin va b. kiradi.
Tog‘ jinslarining juda kam miqdorini tashkil etuvchi minerallar aksessorlar deb
ataladi. Aksessor
minerallar orasida sirkon, apatit, rutil, monatsit, ilmenit, xromit,
titanit, ortit va boshqalarni ko‘rsatish mumkin; ba’zan ma’danli minerallar (magnetit,
xromit, pirit, pirrotin va b.) ham uchraydi. Tog‘ jinslarida juda kam miqdorda
(foyizning yuzdan bir ulushlari) uchraydigan element-qo‘shimchalar: litiy,
berilliy,
bor, qalay, mis, xrom, nikel, xlor, ftor va b. ajratiladi.
Jins hosil qiluvchi minerallar tog‘ jinslarining 5% dan ko‘pini, aksessorlar esa
5% dan kam miqdorini tashkil etadi.
Qora rangli minerallarning miqdori ham katta tasnifiy ahamiyatga ega. Masalan,
kremnezyomga to‘yinmagan olivin minerali asosan o‘taasosli jinslarda uchraydi.
O‘rta jinslarda odatda rogovaya obmanka, nordonlarida esa biotit mavjud bo‘ladi.
Ishqorli jinslar amfibollarning uchrashi bilan xarakterlanadi.
Magmatik
jinslarni
tasniflashda
siallik
minerallarning,
ayniqsa
dala
shpatlarining miqdori va tarkibi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan,
plagioklazlarning tarkibi nordonligi bo‘yicha muayyan tog‘ jinslariga to‘g‘ri keladi:
o‘taasosli jinslarda plagioklazlar bosh mineral hisoblanmaydi, asosli jinslarda asosli
(kalsiyga boy) plagioklazlar, o‘rta jinslarda o‘rta (natriy-kalsiyli) plagioklazlar
mavjud bo‘ladi, nordon jinslar uchun nordon (kalsiyli) plagioklazlar xarakterlidir.
50
Kvars o‘rta va
asosli jinslarda ham uchraydi, ammo nordon jinslarning tipik
minerali hisoblanadi. Silikatlar hosil bo‘lishi uchun metallar bilan birikmaga
kirishadigan SiO
2
miqdori magmada keragidan ortiq bo‘lishi lozim.
Tog‘ jinslarida olivinning mavjudligi
ularning kremnezyom bilan
to‘yinmaganligining belgisi bo‘lib xizmat qiladi. Bu mineral SiO
2
miqdori piroksen
hosil bo‘lishi uchun yetarli darajada bo‘lmaganda faqat magmadangina kristallanadi.
Aks holda olivin hosil bo‘lmaydi, chunki magma eritmasida kremnezyom miqdori
yetarli darajada bo‘lganda olivin enstatitga aylanadi.
Intruziv jinslarning to‘liqroq tavsifi «Minerallar va tog‘ jinslari bo‘yicha
laboratoriya mashg‘ulotlari» nomli o‘quv qo‘llanmasida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: