Agrokimyo va tuproqshunoslik


lava holida quyulishi yoki atmosferaga vulkan kuli sifatida  otilishi va cho‘kishi tufayli  vulkanogen-effuziv



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

lava
holida quyulishi yoki atmosferaga vulkan kuli sifatida 
otilishi va cho‘kishi tufayli 
vulkanogen-effuziv
(otqindi) jinslar hosil bo‘ladi. Ham 
intruziv, ham vulqon jinslari hususiyatlariga yaqin, unchalik chuqur bo‘lmagan 
joylarda hosil bo‘luvchi 
subvulkan
tog‘ jinslari ham mavjud. 
Intruziv jinslar yer po‘stining ichki qismida, katta chuqurlikda magma 
mahsulotlarining qotishi tufayli ularning kristallanishi katta bosim ostida va uchuvchi 
komponentlarning faol ishtirokida magmaning juda sekin sovushi sharoitlarida 


46 
kechadi. Shuning uchun ham intruziv jinslarning strukturasi to‘la kristalli va 
teksturasi kompaktli bo‘ladi. Ularning tarkibida uchuvchi komponentlarga boy 
bo‘lgan minerallar ko‘plab uchraydi. 
Subvulkan jinslari yer yuzasiga yaqin, past chuqurliklarda hosil bo‘ladi. Bunda 
magmaning sovush jarayoni ancha tez kechadi va kristallanish sharoitida muvozanat 
buzilgan bo‘ladi. Ularda mayda kristalli, odatda, porfirsimon struktura va 
minerallarning zonal tuzilganligi kuzatiladi. 
Effuziv jinslar guruhiga yer yuzasiga harakatchan suyuq lavaning quyulishi yoki 
sust harakatli qovushqoq mahsulotlarining otilib chiqishidan hosil bo‘luvchi tog‘ 
jinslari kiradi. Bunda kristallanish jarayoni uchuvchi komponentlarning ishtirokisiz, 
atmosfera bosimiga yaqin bosim va lavaning tez sovushi sharoitlarida boradi. 
Vaqtlar o‘tishi bilan yer po‘sti ko‘tarilganda kuchli eroziya jarayoni tufayli 
intruziv jinslar yer yuzasida ochilib qoladi. 
Intruziv tanalarning yotish shakllari.
Intruziv massivlarning yotish shakllarini, 
ularning yondosh jinslar bilan bo‘lgan munosabatlarini va yer po‘stining tektonik 
strukturalaridagi tutgan o‘rnini aniqlash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. 
Magmatik va postmagmatik genezizsga ega bo‘lgan turli foydali qazilmalar intruziv 
jinslarning yotish shakllariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Intruziv jinslarning yotish 
shakllari esa ularning hosil bo‘lish sharoitlari bilan chambarchas bog‘langan. Intruziv 
jinslarning yotish shakllarini yondosh jinslarga nisbatan bo‘lgan munosabatlariga 
qarab muvofiq va nomuvofiq turlarga bo‘lish mumkin. 
Sillar
 
statigrafik gorizontlar 
yoki 
formatsiya-lar 
oralig‘iga 
magma suyuqligining siqilib kirishi 
natijasida hosil bo‘lgan plitasimon 
intruziv yotqiziqlardan iborat (1 - 
rasm). Ularning joylashgan holati 
gorizontal, ozroq qiyalangan va 
ba’zida 
burmalangan 
bo‘lishi 
mumkin. Sillar ba’zi hollarda qalinligi 600-900m va maydoni minglab kvadrat 
kilometrlarga yetuvchi ulkan o‘lchamli bo‘lishi mumkin. Sillar bir komponentli oddiy 
yoki magma suyuqligining bir necha bor yorib kirishi natijasida ko‘p komponentli 
murakkab tarkibli bo‘lishi mumkin
.

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish