Agrokimyo va tuproqshunoslik



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Pnevmatolitli bosqich
magmatik o‘choqdan issiq kimyoviy faol postmagmatik 
uchuvchi komponentlarning ajralib chiqishi va intruziv massivning apikal qismiga 
ta’siri bilan bog‘liq. Bu bosqichda harorati pasayishi davomida yuqori haroratli 
gidrotermal eritmalarga aylanuvchi gaz fazasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Intruziv 
jinslarga pnevmatolitli gazlarning ta’siri tufayli greyzenlar - slyuda, kvars, ba’zan 
turmalin, topaz, flyuorit agregatlari va ularga yo‘ldosh bo‘lgan ma’danli minerallar 
vujudga keladi. 
Pnevmatolitli bosqichda Sn, W, Li, Be, Mo konlari hosil bo‘ladi. 


49 
Gidrotermal bosqich
. Yirik plutonlarning shakllanishi magmatik o‘choqdan 
gazsuyuq eritmalarning (gidroterma) ajralib chiqishi va gidrotermal tomirlarning 
hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi. Kvarsli, sulfidli va karbonatli gidrotermal tomirlar 
keng tarqalgan. 
Gidrotermalarning asosiy komponenti bo‘lib mineral tuzlar va gazlar erigan suv 
hisoblanadi. Bular kolloid va molekulyar eritmalar bo‘lishi mumkin. Gidrotermal 
mineral hosil bo‘lishidagi boshlang‘ich harorat 600-700 °S ga yaqin. Harorat asta-
sekin 25-50 °S gacha pasayib boradi. Gidrotermal tomirlar va ular bilan bog‘liq 
konlar katta chiqurlikda sodir bo‘luvchi yuqori haroratli (500-300 °S), o‘rta (300-200 
°S) va past haroratli (200-50 °S) turlarga bo‘linadi. 
Gidrotermal bosqich bilan tog‘ billuri, Sn, W, As, Bi, Au, Su, Zn, Pb, Ag, Sb, 
Hg konlari bog‘liq. 
Intruziv hosilalar orasida nordon jinslar (granitlar va granodioritlar) keng 
tarqalgan. O‘rta tarkibdagi (siyenitlar va dioritlar), asosli (gabbro va piroksenitlar), 
o‘taasosli (peridotitlar va dunitlar) kamroq uchraydi. Siyentilardan tashqari barcha 
jinslar normal ishqorlikdagi jinslarga kiradi. 
Magmatik tog‘ jinslari umumiy tarkibining 99% ga yaqinini tashkil etuvchi jins 
hosil qiluvchi minerallarga kvars, kaliyli dala shpatlari, plagioklazlar, leytsit, nefelin, 
piroksenlar, amfibollar, slyudalar, olivin va b. kiradi.
Tog‘ jinslarining juda kam miqdorini tashkil etuvchi minerallar aksessorlar deb 
ataladi. Aksessor minerallar orasida sirkon, apatit, rutil, monatsit, ilmenit, xromit, 
titanit, ortit va boshqalarni ko‘rsatish mumkin; ba’zan ma’danli minerallar (magnetit, 
xromit, pirit, pirrotin va b.) ham uchraydi. Tog‘ jinslarida juda kam miqdorda 
(foyizning yuzdan bir ulushlari) uchraydigan element-qo‘shimchalar: litiy, berilliy
bor, qalay, mis, xrom, nikel, xlor, ftor va b. ajratiladi. 
Jins hosil qiluvchi minerallar tog‘ jinslarining 5% dan ko‘pini, aksessorlar esa 
5% dan kam miqdorini tashkil etadi.
Qora rangli minerallarning miqdori ham katta tasnifiy ahamiyatga ega. Masalan, 
kremnezyomga to‘yinmagan olivin minerali asosan o‘taasosli jinslarda uchraydi. 
O‘rta jinslarda odatda rogovaya obmanka, nordonlarida esa biotit mavjud bo‘ladi. 
Ishqorli jinslar amfibollarning uchrashi bilan xarakterlanadi. 
Magmatik 
jinslarni 
tasniflashda 
siallik 
minerallarning, 
ayniqsa 
dala 
shpatlarining miqdori va tarkibi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, 
plagioklazlarning tarkibi nordonligi bo‘yicha muayyan tog‘ jinslariga to‘g‘ri keladi: 
o‘taasosli jinslarda plagioklazlar bosh mineral hisoblanmaydi, asosli jinslarda asosli 
(kalsiyga boy) plagioklazlar, o‘rta jinslarda o‘rta (natriy-kalsiyli) plagioklazlar 
mavjud bo‘ladi, nordon jinslar uchun nordon (kalsiyli) plagioklazlar xarakterlidir. 


50 
Kvars o‘rta va asosli jinslarda ham uchraydi, ammo nordon jinslarning tipik 
minerali hisoblanadi. Silikatlar hosil bo‘lishi uchun metallar bilan birikmaga 
kirishadigan SiO
2
miqdori magmada keragidan ortiq bo‘lishi lozim.
Tog‘ jinslarida olivinning mavjudligi ularning kremnezyom bilan 
to‘yinmaganligining belgisi bo‘lib xizmat qiladi. Bu mineral SiO
2
miqdori piroksen 
hosil bo‘lishi uchun yetarli darajada bo‘lmaganda faqat magmadangina kristallanadi. 
Aks holda olivin hosil bo‘lmaydi, chunki magma eritmasida kremnezyom miqdori 
yetarli darajada bo‘lganda olivin enstatitga aylanadi. 
Intruziv jinslarning to‘liqroq tavsifi «Minerallar va tog‘ jinslari bo‘yicha 
laboratoriya mashg‘ulotlari» nomli o‘quv qo‘llanmasida berilgan. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish