Naqshbandning
«Dil ba yoru, dast ba kor», ya’ni «dil yor (Alloh) bilan, qo‘l ish bilan (band
b
o‘lsin)» degan tezisi o‘sha
davr uchun muhim edi, chunki ilgari xudoga faqat e’tiqod
qilishning
o‘zi kifoya deb bilingan.
Nizomulmulk
Nizomulmulk (1018-
1092) «
Siyosatnoma
» asarida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar
va qozilarning mansabni suiste
’mol qilishini, soliqlarning og‘irligi, davlat mablag‘larini
saqlash va sarflashda hisob-kitob zarurligini qayd etgan. Saljuqiylar davlati arbobi sifatida
iqt
o‘ni tanqid qilgan. Iqto‘ - o‘rta asrlarda O’rta Sharq, shu jumladan O’rta Osiyoda hukmdor
tomonidan ayrim shaxslarga katta xizmatlari evaziga in
’om qilingan chek yer (Temuriylar
davlatida suyur
g‘ol).
XIII asrning boshidan XIV asrning 70-yillarigacha b
o‘lgan davr bu mo‘g‘ullar istilosi
davri b
o‘lib, ko‘p sohalarda orqaga qaytish (regress) bo‘ldi. Ammo bosqinchilar mahalliy
xalq
urf-odati, madaniyati, tili, dinini, x
o‘jalik tarzini qabul qilishga va ular bilan aralashib
ketishga majbur b
o‘ldilar. Shu davrda boj, bojxona, bojxona solig‘i yuzaga keldi. Hozirgi
ruscha
«tamojnya» so‘zi aslida mo‘g‘ulcha, keyinchalik turkchadagi «tamg‘a» so‘zidan
olinganligi ma
’lum.
Beruniyning iqtisodiy
g‘oyalari.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan
b
o‘lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to‘g‘risidagi g‘oya asosiydir. Uning ko‘pgina
fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini y
o‘qotmagan.
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi,
savdo-sotiqning rivojlanishi, su
g‘orish inshooatlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun
xos edi.
Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo b
o‘lishi va uni qondirish asoslari,
mehnat
va hunarga munosabatlari uy
g‘unlashib ketadi. Uning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z
zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar.
Ehtiyojlar turli-tuman va k
o‘p bo‘lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va
shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo b
o‘lishini
ham ehtiyoj tufayli deb
o‘ylagan. Eng muhim g‘oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson
mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim b
o‘lganligi
emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi.
Har bir davrning
urf-odatlari
o‘ziga xos bladi va inson ahli ularga rioya qilmog‘i darkordir, aks holda nizom va
bir xillik y
o‘qolsa, tartib ham yo‘q bo‘ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand.
Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki,
inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol mehnati bilan
ulu
g‘lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar
o‘rganmoq uchun mehnat
qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U
mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga
kelishini k
o‘rsatib berdi.
Binokor, k
o‘mir qazuvchi,
hunarmand, fan sohiblari mehnatini og‘ir mehnat deb
biladi. Ilm, ma
’rifat zag‘matkashlari mehnatiga ta’rif berish, ilm olish, o‘qish eng kerakli
mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga k
o‘ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar
k
o‘payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne’matlar uchun bo‘lgan
harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi isbotlab
beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi,
ularni majburlab ishlatishga qarshi b
o‘lgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir. Meros
b
o‘lib avloddan avlodga o‘tib keladigan hunarlar yuqori baholangan.
Beruniy o
g‘ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya’ni konda ishlovchilar, yer ostida gavhar
qidiruvchilar, dehqonlar t
o‘g‘risida, ularga berilishi kerak bo‘lgan imtiyozlar va ish haqi
haqida
«Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa
ochiq va yer ostidagi kon
ishlariga alohida e
’tibor beriladi, yer osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini olish
uchun), yer osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun
maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlo
g‘ini barpo
etish zarurligi k
o‘rsatiladi.
Yer osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat
va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va o
g‘ir ishlarni bajarish maxsus maktab,
ularda ta
’lim-tarbiya berish asosida yo‘lga qo‘yilmog‘i kerak,deydi olim. Xuddi shu o‘rinda
Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat
uchun naqadar kerakli va
zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning avoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari
borasida ham qimmatli
g‘oyalarni ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita
bo
g‘lanadi.
Olimning yozishicha
: «Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa narsalar yasaydilar.
Ish joyida belgilab-
o‘lchab beruvchi usta bo‘lib, uning oldida billurning mayda va katta
b
o‘lakchalari to‘plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va
yaxshi buyum yasashni
o‘ylab o‘lchab belgilab chiqadi. Shundan keyin uni yasovchi
hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib buyumlarni yasay boshlaydi.
Olim shu yerda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini k
o‘rsatadi.
Olim va
mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan ra
g‘banlantirib turish foydali
ekanligi alohida ta
’kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik tamoyilining xuddi o‘zidir.
Uningcha, ayniqsa, yerga ishlov berib, rizq-r
o‘z yaratuvchilarga mehribon bo‘lish kerakligi
k
o‘rsatiladi. Ana shu g‘amõo‘rlik oqibatida yerga yaxshi ishlov beriladi va yer hosildor
b
o‘ladi, moddiy ne’matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya
qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam Smit tomonidan t
o‘laroq isbotlab berilgan).
Moddiy
ne
’matlar esa tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo‘ladi,
deydi olim (bu yerda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi k
o‘tariladi).
Agar kishilar t
o‘q bo‘lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi yuqori
tabaqalar bilan quyi tabaqalar
o‘rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz o‘rtasida tenglikni
o‘rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi, ozodligi,
erkinligi kishilar
o‘rtasida hulq-atvor, hurmat-e’tibor uchun muhim va zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng
zarur tamoyillaridan biri- bu tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: