Fuqarolar sog’liqini saqlash borasidagi qonunchilik asoslari. Tibbiyot huquqi fani predmeti davolash-profilaktika



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana06.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#745999
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1-Maruza e34e1f3143f3c05c62d978202b8a36b6

O‘zbekiston Respublikasining 
ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksi
Ma’muriy «O‘zbekiston
Respublikasining
ma’muriy
javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksi»ga ko‘ra, «Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjutlariga binoan 
ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlariva erkinliklariga, 
mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi, g‘ayrihuquqiy, aybli 
(qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.


Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, basharti bu 
huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda 
amalga oshiriladi». (10-modda).
S. Ma’muriy huquqbuzarlik qasddan (11-modda) va ehtiyotsizlik orqasida sodir etiilishi mumkin 
(12-modda)
.
S.
Zaruriy mudofaa (18-modda), oxirgi zarurat (19-modda) va
aqli norasolik
(20-modda) holatlarida qilingan harakatlar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
S. 
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar
 
ma’muriy 
javobgarlikka tortiladilar (13-modda).
S. 
Kodeksning
 
24-moddasiga binoan ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan
 
olib qo‘yish yoki 
musodara qilish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida qo‘llanishi mumkin; ushbu 
Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo 
tariqasida qo‘llaniladi.
Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi 
qo‘llanishi mumkin.
S.
Ma’muriy jazoning quyidagi turlari farqlanadi:
1.Jarima
2.Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish
3.Musodara qilish
4.Maxsus huquqdan mahrum qilish
5.Ma’muriy qamoqqa olish.
Jarima 
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda
aybdor shaxsdan davlat
hisobiga pul
undirishd ir.
Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan 
ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng 
kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining ellikdan bir 
qismidan, mansabdor shaxslarga esa – o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak. Fuqarolarga 
solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor 
shaxslarga esa – o‘n baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi 
huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga – eng kam ish haqining o‘n baravarigacha va mansabdor 
shaxslarga – o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng ko‘p 
miqdori ushbu Kodeksning 6-moddasiga binoan fuqarolarga – eng kam ish haqining uch 
baravaridan, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan oshmasligi kerak (25-modda).
-Ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan, davom etayotgan huquqbuzarliklar 
uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi to‘xtatilgan bo‘lsa-yu, lekin 
huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy jazo 
chorasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishnin rad etish yoki jinoyat ishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul 
qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ashyolarni bojxonaga doir qonun hujjatlari 
asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi (36-modda).
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni:
1)
tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi, xo‘jalik sudlari; 
2)
poselka, qishloq va ovul fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshidagi ma’muriy 
komissiyalar; 
3)
voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari; 
4)
ichki ishlar (militsiya) organlari (mansabdor shaxslari), davlat inspeksiyasi organlari (mansabdor 
shaxslari) va ushbu Kodeks bilan vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaxslar) ko‘rib 
chiqadilar (242-modda). 


Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan Davlat 
inspeksiyalari va organlari 
quyidagilardir: 
-yong‘indan saqlash nazorati -transport 
organi
-
mehnat bo‘yicha inspeksiya 
-
sanitariya nazorati 
-
veterinariya nazorati 
-
tabiatni muhofaza qiluvchi organlar 
-
bojxona organlari 
-
soliq organlari 
-
Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlari 
-
standartlashtirish, metrologiya i sertifikatlashtirish organlari 
-
suv nazorati 
-
iqtisodiyot va statistika organlari 
-
arxitektura va qurilishi organlari. 
Yuqorida ko‘rsatilgan Kodeksda keltirilgan tibbiy xodimlar faoliyati bilan bevosita va bilvosita 
bog‘liq bo‘lgan bir qator moddalarni ko‘rsatish mumkin:
1)
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar 
(mansabdor shaxslar)- 242-modda 
2)
Davlat sanitariya nazorati organlari (257-modda). 
3)
Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari (294 - modda). 
4)
Jabrlanuvchi (295-modda). 
5)
Qonuniy vakillar (296-modda). 
6)
Advokat (297-modda). 
7)
Guvoh (298-modda). 
8)
Ekspert (299-modda). 
9)
Tarjimon (300-modda). 
10)
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlarning qoplanishi lozim bo‘lgan xarajatlari 
(301-modda). 
11)
Ma’muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganligi sababli fuqaroga yetkazilgan 
zararni qoplash (302-modda). 
S.
12) Tuhmat (40-modda).
13)
Haqorat qilish (41-modda). 
14)
Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (42-modda). 
15 Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (43-modda). 
16)
Hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etish 44 -modda). 
17)
Fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish 
(46-modda). 
18)
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (49-modda). 
19)
Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash (51-modda). 
S.
20) Yengil tan jarohati yetkazish (52-modda). 
21)
Sanitariya qonun hujjatlarini buzish (53-modda). 
22)
Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish (54-modda). 
23)
Radiatsion xavfsizlikka doir qoidalar, normalar, yo‘riqnomalar va boshqa talablarni buzish 
(55-modda). 
24)
Giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g‘ayriqonuniy tarzda 
tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish (56 -modda). 
25)
Tanosil kasalligi yoki OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) yuqadigan manbaani 
yashirish (56-modda). 
26)
Tanosil kasalligi yoki OITSga uchragan shaxslarning tekshirishdan bo‘yin tovlashi (58-
modda). 


27)
OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek tibbiy 
va kosmetik muolajalarnio‘tkazishda xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik (59-
modda).
S.31
28)
Suv zahiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish (72-modda). 
29)
Suvdan foydalanish qoidalarini buzish (74-modda). 
S.
30) Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish
(164-modda).
31)
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini buzish (176- 
modda). 
32)
Shartnoma intizomini buzish (176
1-
modda). 
S.
33) Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik (199-modda).
34)
Davlat statistik hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish (215- 
modda).
Tibbiy xodimlarning turli xil kasbiy huquqbuzarliklar xususiyatlarini bilishi mazkur 
huquqbuzarliklarning oldini olishda va albatta ularning mustaqil ishidagi muvaffaqiyatning muhim 
shartidir.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish