MAVZU. KICHIK BIZNES MOLIYASI
REJA:
1.
Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining ahamiyati va kichik biznes
tushunchasining mohiyati;
2.
Kichik kompaniyalarning faoliyat maqsadlari;
3.
Kichik kompaniyalarning eng keng
tarqalgan tashkiliy-huquqiy
shakllari;
4.
Kichik kompaniyalarni soliqqa tortish xususiyatlari;
5.
Kichik biznesdagi investitsiyalashning real imkoniyatlarini baholash
uchun qo‘llaniladigan risk darajasi va diskont stavkasi;
6.
Moliyalashtirishning uzoq muddatli manbalarini jalb qilishda kichik
kompaniyalar duch keladigan muammolar;
7.
Kichik kompaniyalar aksiyalarini baholash;
8.
Kichik korxonalardagi o‘z va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat;
9.
Kichik biznes sohasidagi dividendlar;
10.
Kichik biznesda ishchi kapital xususiyatlari.
1.
Iqtisodiyot uchun kichik biznes sektorining ahamiyati va kichik
biznes tushunchasining mohiyati
Hozirgi sharoitda kichik biznes tushunchasi juda ko‘p qirrali sanaladi.
Ko‘pincha ta’rif berishda ishchilar soni, qo‘yilgan mablag‘larning umumiy hajmi
va savdo aylanmasi hajmi kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Biz ko‘rib
chiqadigan kompaniyalar shakllari asosan quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar:
-
bunday kompaniyalar juda mayda korxonalarga qaraganda ancha barqaror.
-
ularning qimmatli qog‘ozlari shakllangan kapital
bozoridan hech birida
kotirovka qilinmaydi, samarali bozorlarga tarqatilmaydi.
-
aksionerlik kapitalga egalik qilish va o‘z-o‘zidan uning ustidan nazoratni
olib borish shuxslar guruhining birlashgan o‘zaro aloqasi orqali amalga oshiriladi:
boshqacha aytganda bu oilaviy turdagi kompaniyalardir
Kichik kompaniyalar yuqorida keltirganimizdek Buyuk Britaniya xususiy
sektorining muhim qismidir. Angliya banki ma’lumotlariga ko‘ra (Bank of
England 2003a, 2004), xodimlar soni 50 kishidan kam bo‘lgan
kompaniyalar
uchun quyidagi ko‘rsatkichlar xosdir:
Xususiy sektor kompaniyalarining ulushi (%)
Ishlovchilar soni 44
Savdo aylanmasi
37
Yalpi qo‘shilgan qiymati 54
Sof kapital xarajatlar 40
Bunday holat alohida Yevropa mamlakatlari va butun YI uchun ham xosdir.
Britaniya iqtisodiyoti uchun kichik kompaniyalarning ahamiyati oshib
borayotganligi to‘g‘risida barcha asoslar mavjud. 1980-1990-yillardagi sanoatni
qayta tizimlashtirish qazib oluvchi va elektro
energiya ishlab chiqaruvchi
an’anaviy sanoatdan xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga muvozanatni o‘tishiga olib
keldi. Modomiki xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanishi ko‘lam samarasi
bilan bog‘liq emas ekan, ular asosan kichik biznes
birliklari tomonidan taqdim
qilinadi. Hattoki yangi kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqarish sohasida
kichik kompaniyalar ancha hayotiy barqaror ekanliklarini ko‘rsatdilar. Bunday
texnologiyalarning
ishlab
chiqarishdagi
ko‘lamni
tejamkorligiga
moslashuvchanligi sababli u an’anaviy ishlab chiqarish usullarini qo‘llashda ham
foydali bo‘ladi. Oldingi bobda ko‘rganimizdek moslashuvchanlik ishlab
chiqarish
tarmoqlarida katta ahamiyatga ega. Kichik kompaniyalar ancha moslashuvchan
tuzilma sifatida o‘zlarini taqdim qiladilar.
Kelgusida istalgan ko‘lamdagi kompaniyalar ko‘proq sub shartnomalar
tuzishi yoki mazkur sohaga ixtisoslashgan kompaniyalardan
zaruratga qarab
xizmatlar yoki detallar xarid qiladilar; mazkur strategiya autsorsing sifatida
ma’lum