156
«Al-Farg‘oniy va Al-Buxoriy: tamaddun barpo etilishi» multimedia
ensiklopediyasi Markaziy Osiyoning ming yillik tarixga ega
zardushtiylar, yunonlar, buddaviylar va nasroniylar madaniyatlari hamda
Buyuk Ipak yo‘li ravnaqi davridagi savdo-sotiq va madaniy
munosabatlar bilan boyigan islomgacha bo‘lgan davr madaniyati
rivojlanishiga hamda VIII - IX asrlarda paydo bo‘lib, shakllanishga yuz
tutgan yangi madaniyat tavsifiga bag‘ishlangan bo‘limlarni o‘z ichiga
olgan. «Al-Buxoriy» bobi odamlar orasida «Xadis ilmining Sultoni»
sifatida tanilgan buyuk muhaddis (olim, mutaffakir)ga bag‘ishlangan.
Ensiklopediya tavsifiy maqolalar va rasmlardan tashqari o‘sha davrning
me’morchilik va madaniyati haqidagi maqolalar va ko‘p o‘lchovli
rasmlarni o‘z ichiga olgan. Mazkur yodgorliklarning ko‘pchiligi
virtual
tavsiflangan obrazlar yoki saqlanib qolgan fragmentlar sifatida qayta
tiklangan. Elektron ensiklopediya, mohiyatiga ko‘ra, islom tarixi
haqidagi maqolalar to‘plamidan iborat va Sharq madaniyatini
o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
«Sharq miniatyurasi (XIV - XVII
asrlar)» nomli multimediyali disk
O‘rta Sharq badiiy madaniyatining yorqin yuksalish davri bo‘lgan XIV -
XVII
asrga doir 374 kitob miniaturalari kolleksiyasidan tashkil topgan.
O‘rta
asrlarlarda Sheroz va Tabriz, Isfaxon va Hirot, Samarqand va
Buxoro miniatura tasviriy san’ati maktablari butun dunyoga tanilgan.
Yuksak darajadagi badiiy miniatura maktabi Temuriylar davrida ham
Hirotda faoliyat yurgizgan. Bu yerda rassom Kamoliddin Behzod ham
ijod qilgan. Uning betakror miniatyuralari o‘sha
davrning hayoti,
marosimlari, an’analari, hunarmandchiligi haqida juda yorqin hikoya
qiladi.
«TERMIZ-2500» multimedia ensiklopediyasi O‘zbekistonning
janubiy mintaqalari va unga tutash hududlarining tosh asridan boshlab
bizning hozirgi kunlarimizgacha bo‘lgan davri haqidagi nodir tarixiy
materiallarni o‘z ichiga oladi. Mazmuni: 158 informatsion bloklar; 940
noyob fotorasmlar; 12 video (animatsiya); Qadimgi Sharq cholg‘u
asboblarida ijro etilgan 28
mumtoz musiqa kompozitsiyalari; interfaol
elektron xarita; qadimgi Surxandaryoning 23 shahar-ob’ektlari; CD
materiallari bo‘yicha 100 ortiq savollardan iborat test o‘yini.
«XXI asrga intilgan O‘zbekiston» multimedia-almanaxi mustaqil
O‘zbekistonning
ijtimoiy-iqtisodiy
hayotida
ro‘y
berayotgan
o‘zgarishlar, islohotlariga bag‘ishlangan. Ma’lumotlar bazasi o‘zbek, rus
va ingliz tillarida tayyorlangan.
157
«SHASHMAQOM»
ma’lumotlar bazasi O‘rta Osiyoning an’anaviy
musiqiy madaniyatidagi eng ahamityali hodisalaridan biri bo‘lgan
Shashmaqomga bag‘ishlanadi. Ingliz tilida berilgan va 18 informatsion
bloklar,
101
fotorasmlar
va
35
maqomlarning
musiqali
kompozitsiyalaridan iborat. Mazkur ishlanma o‘zbek xalqining musiqali
madaniy merosini saqlab qolish uchun hamda talaba, o‘qituvchi, olimlar
va chet el mutaxassislarini mahalliy madaniy an’analar va musiqali
folklor bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«Boysun» multimediaviy ma’lumotlar bazasi:
Multimediaviy
disk
2001-yilda
YUNESKO
tomonidan
«Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonasi» «Щедевр
устного и нематериалного наследия человечества»
deb tan olingan
Boysun mintaqasi madaniyati etnografiyasi va an’analari taraqqiyotini
ochib berishga bag‘ishlangan (Surxandaryo viloyati).
Do'stlaringiz bilan baham: