154
6. O‘ZBEKISTONNING JAHONDA TAN OLINGAN
ILMIY–TA’LIMIY RESURSLARI
6.1.
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llash
uchun tahliliy axborot tizimi
Quyida O‘zbekistonning axborot-kutubxona, o‘quv va ilmiy
muassasalarda yaratilayotgan ayrim eng muhim ilmiy-ma’rifiy
ma’lumotlar manbalarining xarakteristikalari keltirilgan. Ular O‘rta
Osiyoning tarixiy merosini o‘rganishda zarur bo‘lgan noyob nashrlar
hamda o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlarda foydalaniladigan
zamonaviy manbalarni o‘z ichiga olgan. Mazkur elektron ilmiy-ma’rifiy
resurslar faqat
respublikada ishlatilmaydi, ular dunyo miqyosida ham
katta ahamiyatga ega.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining
fondidagi noyob nashrlar orasida dunyoda yagona bo‘lgan 54 tomdan
iborat «Umuman O‘rta Osiyo va xususan Turkiston o‘lkasiga taalluqli
asarlar va maqolalar to‘plami» «Туркестанский сборник сочинений и
статей, относящихся к Средней Азии
вообще и Туркестанскому
краю в особенности» deb ataluvchi bosma materiallar to‘plami
saqlanadi.
To‘plam Turkiston o‘lkasi general gubernatori Kaufman buyrug‘i
bilan Turkiston xalq kutubxonasida 1870-yildan tuzila boshlangan
(hozirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida).
To‘plam kitoblar, jurnal va gazetalardan qirqib olingan bo‘laklar,
xaritalar, rasmlar, diagrammalar, rejalar va chizmalar ko‘rinishidagi
10710 nomlanishdan iborat nashrlarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi paytda to‘plam kutubxona kitobxonlari ochiq foydalana
olishlari uchun raqamlashtirilgan. Mazkur
material muhim xalqaro
ahamiyatga ega, chunki u XIX asr oxiri va XX boshlaridagi O‘rta Osiyo,
Rossiya, Qozog‘iston, G‘arbiy Xitoy, Hindiston, Eron, Afg‘oniston
mamlakatlari taraqqiyoti haqida bebaho ma’lumotlar olish imkonini
beradi. Hujjatlar o‘sha davr ilm-fani, iqtisodi va ta’limi haqidagi
kamyob ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. To‘plam etnografiya bo‘yicha
yaxshi saqlanib qolgan XIX asr fotosur`atlari bilan to‘ldirilgan
hujjatlarning nodir fondiga ega. Fotosur`atlarda shu o‘lkada
yashagan
turli millatga mansub kishilarning qiyofalari, kiyimlari, turmush tarzi
aks ettirilgan. Me’morchilik obidalari, binolar,
inshootlar tasvirlangan
fotosuratlar ham bor. Ular o‘sha davrning mayishiy hayoti,
155
me’morchilik tarixini o‘rganishda ham muhim ahamiyatga kasb etadi.
To‘plam o‘lka hayotini batafsil, barcha ikir-chikirlarigacha,
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot holati bilan ishlab chiqarish kuchlari, boy
resurslaridan tortib, o‘lkada istiqomat qiluvchi
xalqlarning tarixiy
o‘tmishi, turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari harbiy voqealar, istilolar
va xaloskorlik urushlarigacha o‘rganish hamda mashhur geograflar,
etnograflar, tarixchilarning, jumladan N.M. Prjevalskiy, I.V. Mushketov,
N.A. Seversov. N.A. Maev, V.F. Oshanin, A.P. Fedchenko va
boshqalarning tadqiqotlari va ilmiy ekspeditsiyalarining yozma
materiallari bilan tanishish imkonini beradi. To‘plamni o‘rganish XIX
asr oxiri va XX boshlaridagi Sharq taraqqiyotining muhim bosqichlari
va tamoyillarini tushunishga yordam beradi. To‘plamda keltirlgan
ma’lumotlar O‘rta Osiyo va unga qo‘shni mamlakatlarni o‘rganishdagi
noma’lum jihatlarni to‘ldirishi mumkin.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Milliy
Kutubxonasida respublikada
himoya qilingan dissertatsion tadqiqotlar va mustaqillik yillarida nashr
etilgan oynoma, gazetalar va h.k.ning turli ma’lumotlar bazasi
yaratilmoqda. Manba:
www.natlib.uz
.
Do'stlaringiz bilan baham: