152
foydalanish uchun taqdim etishdagi olib borayotgan ishlari e’tiborga
molik. Bu global tadbir SPARC tomonidan 2008-yilda tashkil etilgan.
EIFL ochiq imkoniyat dasturi kutubxonalarni EIFL tizimidagi ochiq
imkoniyat haftaligi tadbirida qatnashishga chorlaydi. Bu global
miqyosdagi tadbirga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi. Har yili
butun dunyo bo‘ylab kutubxonalar ushbu haftalikda ishtirok etadilar.
Ochiq imkoniyat bu tezkor onlayn rejimdagi
bepul va cheklanmagan
dastur bo‘lib, u tadqiqotchilarning rivojlanishidagi to‘siqlarning aniq
yechimidir, bu rivojlanayotgan mamlakatlardagi kishilar hayotini
yaxshilash imkoniyatini yaratadi.
Yuqorida ochiq ta’limiy resurslar imkon qadar tahlil etilib, ularning
ma’lum bir fan yoki tarmoq bo‘yicha mustaqil bilim olish, o‘z ustida
ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirishdagi ahamiyati, imkoniyatlari
yoritildi. Ochiq ta’limiy resurslardan foydalanish imkoniyatlariga ega
bo‘lish, xalqaro darajada ta’lim olish imkoniyatlarining o‘sishiga, ta’lim
sifatini oshishiga, bu orqali sohalar rivoji, mamlakat taraqqiyotiga ulkan
hissa qo‘shadi.
Bugungi kunda mutaxassislar oldida
turgan dolzarb vazifalardan
biri – mazkur jahon ta’limiy resurslarini imkon qadar keng yoritish,
ulardan samarali foydalanish yo‘llarini targ‘ib etishdan iboratdir.
Shunungdek, axborot kutubxona katalogi va fondi moduli doirasida
qo‘llashni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda ochiq resruslardan foydalanish
O‘zbekistonda ochiq foydalanish harakati 2000-yillarning
boshlarida boshlangan. Ilmiy, ta’lim muassasalari va kutubxonalarning
veb-saytlari va portallarini yaratish Internetda turli sohalardagi yutuqlar
haqidagi ma’lumotlarni berib borish uchun muhim turtki bo‘ldi.
Davlat
ochiq depozitoriylar, ilmiy-ma’rifiy portallarni rivojlantirishga har
tomonlama yordam bermoqda. Bu borada
www.ziyonet.uz
portali
diqqatga sazovor. Uning maqsadi –
aholini ham Internet, ham Intranet
tarmog‘i orqali ochiq foydalanish uchun ilmiy va ma’rifiy resurslar bilan
ta’minlashdan iborat. Bugungi kunga kelib ularning ma’lumotlar bazasi
ma’ruzalar matni, avtoreferatlar, metodik va o‘quv qo‘llanmalar,
laboratoriya
ishlari,
dissertatsiyalar,
referatlar
va
darsliklar
ko‘rinishidagi 20 mingdan ortiq hujjatlarni o‘z ichiga olgan. Portaldagi
adabiyotlar nafaqat talaba, abiturient va o‘qituvchilar,
balki axborot
resurslariga ehtiyoji bo‘lgan boshqa fuqarolar uchun ham foydali
qo‘llanmalar sifatida xizmat qiladi.
153
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy tadqiqot
institutlari, vazirliklar, jumladan Xalq Ta’limi vazirligining o‘quv va
o‘quv-metodik
muassasalari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
universitetlari, kollejlari portalning asosiy axboot manbalari hisoblanadi.
Resursni kiritish yoki yuklab olish uchun
www.ziyonet.uz
. portalida
avtorizatsiyadan o‘tish talab etiladi.
Respublikaning o‘quv muassasalari muntazam ravishda portalga o‘z
materiallarini kiritadilar. O‘z ma’lumotlarini
kiritishdan avval hujjatlar
maxsus ekspertizadan o‘tkaziladi va muassasaning Ilmiy kengashida
tasdiqlanadi va shu qatorda material mazmuni uchun ma’sul
hisoblanadilar.
ZiyoNetdan tashqari respublikada erkin foydalanish uchun o‘z
nashrlarini berib borish imkoniyatiga ega yana boshqa ko‘pgina
tashkilotlar, kutubxonalar va ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalari
mavjud. O‘zbekiston milliy kutubxonasining
www.natlib.uz
sayti
axborot va kutubxona mavzulari bo‘yicha
eng qiziqarli maqolalarni
yig‘adi va chop etib boradi. Hozirgi paytda Hukumat tomonidan qabul
qilingan dasturlar va direktivalar respublika axborot-kutubxona
tarmog‘ining rivojlanishini sezilarli darajada kuchaytirmoqda. Axborot-
kutubxona muassasalarining integratsiyasi bevosita yangi repozitoriylar
va ma’lumotlar bazasini yaratishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: