Sohibqiron amir temur tavalludining 686 yilligi to’G’risida



Download 20,72 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi20,72 Kb.
#656220
Bog'liq
SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 686 YILLIGI TO’G’RISIDA


SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 686 YILLIGI TO’G’RISIDA

Tadbir O'zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o'tkazildi. Unda buyuk sarkardaning shonli tarixi va davlatchiligi haqida so'z bordi.


Ishtirokchilar tomonidan mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, tarixni puxta o'rganish, o'zining boy ma'naviy merosi va yorqin faoliyati bilan jahon uzra nom qozongan buyuk ajdodlarimiz xotirasini e'zozlash maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilgani, xususan Amir Temur shaxsi, uning xalqimiz oldidagi xizmatlari yuksak qadr topgani ta'kidlandi.
Buyuk davlat arbobi, o'rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat kurashchisi, bobokalonimiz Amir Temur insoniyat tarixidagi Ikkinchi uyg'onish davri asoschisi bo'lib, uning davrida ilm-fan, madaniyat va ta'lim mislsiz darajada yuksalgani aytildi. Shu ma'noda temuriylar davri merosini o'rganish Uchinchi Renessansga qadam qo'ygan O'zbekiston uchun g'oyat dolzarb ekanligi ta'kidlandi.
Darhaqiqat, Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida tanilgan, - deydi Solbrij Xalqaro biznes maktabi magistranti Javohir Samijonov. – Amir Temurda Vatanni sevish, xalqini ulug'lash, undan faxrlanish va g'ururlanish singari oliy ma'naviy fazilatlar barq urib turgan. Shu bois ham sohibqiron bobomizni milliy an'ana va qadriyatlarimizni tiklash, o'zligimizni anglash borasidagi ulug'vor ishlarda xalqimizga ma'naviy kuch bag'ishlab kelayotgan ulug' siymolardan biridir, desam mubolag'a bo'lmaydi.
O'zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi koordinatori Farhod Muhammadievning fikricha, Sohibqiron davrida barcha sohalar, xususan diplomatik munosabatlar ham izchil va jadal rivojlangan. «Saltanatdagi diplomatiya amaliyoti o'z davridagi boshqa hukumdorlar tomonidan olib borilgan diplomatik munosabatlardan tubdan farq qilgan. Amir Temur diplomatiya ilmining nazariy va amaliy asoslarini boyitgan va har bir davr va davlat rahbarlari uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan maktab yaratgan. Ayniqsa Sharqda o'sha davrning boshqa qit'a va mintaqalardan farqli ravishda ham ilg'or, ham go'zal diplomatiya san'ati shakllangan. Shu bois o'sha davrdagi protokol, qabul marosimlarini o'rganish bugun juda katta ahamiyatga ega. Chunki tarixiy tajribadan bugun ijobiy foydalanish, unga o'sha tarix rakursida qarash, tegishli tarixiy saboqlar olish juda muhimdir», - dedi F.Muhammadiev.
Onlayn-tadbirda o'zbekistonlik talabalarga Amir Temur hayotidan hikoya qiluvchi videoroliklar namoyish etildi.
Nashr etmoq
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimlari Komiljon Sultonov, Botirali Yuldoshev, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, ishchi xodimlar, talabalar qatnashgan tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Eldor Shermonov so‘z olib, buyuk sarkarda va davlat arbobining hayot yo‘li, mamlakatimizda Amir Temurga ko‘rsatilayotgan ehtirom, Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat sohalari taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan va boy merosi haqida muhim fikrlarni aytib o‘tdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbir davomida Temur shaxsi, hayoti va faoliyati, jahon ahlining uning siymosiga qiziqishlari, Sohibqiron tomonidan amalga oshirilgan xayrli ishlar haqida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, uning davlat ishlarini boshqarish, xalq tinchligi va farovonligi yo‘lidagi g‘amxo‘rliklari, ezgu va adolatli amallari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Qayd etilganidek, buyuk sarkarda oʻzining beqiyos azmu shijoati, jasorati bilan oʻz davrida xalqimizni qaramlik iskanjasidan xalos etgan, mustaqil va qudratli davlatga asos solgan. Shu bois, mamlakatimizda va xorijda temuriylarning dunyo sivilizatsiyasi ravnaqiga qoʻshgan ulkan hissasiga oid koʻplab badiiy, publitsistik asarlar yaratilmoqda, ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilyapti
O‘z navbatida, talabalar Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va savollariga atroflicha javob olishdi.
Tashkil etilgan davra suhbati barcha professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga ma’qul bo‘ldi.
Download 20,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish