Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi


Hujjatlar rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish



Download 3,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/241
Sana05.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#741365
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   241
Bog'liq
2 5238232098061424691

 
Hujjatlar rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish 
 
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo’lishi kerakki, unda amalga oshirilgan 
muomalalar haqida to’la - to’kis fikrga ega bo’lish va uning isbotlovchi kuchini ta’minlash 


48 
uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlar mavjud bo’lsin. Hujjatlarning tarkibiy unsurlari 
hisoblangan bu ma’lumotlar uning 
rekvizitlari
deb nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnisitum) - 
bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni anglatadi. 
O’z xususiyatiga ko’ra rekvizitlar har xil bo’ladi. Ular o’zlarida aks ettirilgan 
hujjatlarning vazifalari va muomalalarning mazmuniga bog’liq. Mutlaqo aniqki, masalan, 
ishchiga ish haqi hisoblashni rasmiylashtiradigan hujjat (ishbay ishiga naryad)ning 
rikvizitlari, to’lov talabnomasi (tovarlarning sotilishini qayd etilgan hujjat)ning 
rekvizitlaridan, albatta farqlanadi. 
Lekin har xil hujjatlarning mazmunidagi katta farqlarga qaramasdan, har qanday 
muomalani buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun zarur bo’lgan rekvizitlar mavjud bo’lishi 
kerak. 
“Buxgalteriya hisobi to’g’risi”dagi Qonunning 9-moddasiga binoan dastlabki 
hujjatlarning zaruriy rekvizitlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 

korxonaning nomi; 

hujjatning nomi va nomeri, uning tuzilishi sanasi hamda joyi; 

xo’jalik muomalalarini nomi, mazmuni va miqdoriy o’lchovi (natura va pul 
ko’rinishida); 

ma’suliyatli shaxslarning shaxsiy imzolari. 
“Buxgalteriya hisobi to’g’risi”dagi Qonunda shu narsa alohida ta’kidlanadiki, 
dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxs, ularni o’z vaqtida tuzilganligi, 
to’g’riligi, ishonchliligi, shuningdek ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun 
belgilangan muddatlarda topshirish bo’yicha javobgardir. 
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham ma’lum talablar qo’yiladi. Barcha hujjatlar o’z 
vaqtida, qoidaga ko’ra, muomala sodir bo’layotgan daqiqada yoki muomala tugagach, sifatli 
tuzilishi, ularda ishonchli ma’lumotlar bo’lishi hamda barcha majburiy rikvizitlarga ega 
bo’lishi kerak. 
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish vositalari borgan sari ko’proq 
qo’llanilayotganligi tufayli, hujjatlar shuningdek hujjatlashtirish talablariga javob beradigan 
tartibda joylashtirilgan (joylanishining ketma - ketligi, zaruriy ma’lumotlarning maxsus 
ajratib ko’rsatilganligi va hokazo) rekvizitlarga ega bo’lishi kerak. Ayrim rekvizitlarning 
shifrlari (raqamli belgilari) hujjatda ular tegishli matn mazmuni bilan birgalikda ko’rsatilishi 
kerak. 
Agar yig’ma hujjat kompyuter yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda uning mazmunini 
tavsiflovchi sarlovha, undagi ma’lumotlarning isbotlovchi hujjatlarga muvofiqligini 
tasdiqlovchi shaxslarning imzolari keltiriladi. Isbotlovchi hujjatlarning vazifasi axborotni 
kompyuterda bajarganda, u qo’l bilan tayyorlanganga o’xshash isbotlovchi hujjatning barcha 
rekvizitlariga ega bo’lishi kerak. Hisob axborotini u yoki bu mashinali tashuvchisida 
avtomatik tarzda qayd etilgan muomalalar majmuasi to’g’risidagi yakuniy ma’lumotlar 
keyinchalik barcha majburiy rekvizitlarga ega bo’lgan tegishli hujjatni tuzish bilan 
tasdiqlanishi kerak. 
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinkalari yoki kompyuterlar 
yordamida yozib berish ruxsat etiladi.
Hujjatlar batartiblik bilan tuzilishi, matn va raqamlar shunday aniq va ravshan 
yozilishi kerakki, undan rasmiylashtirilgan muomalaning mazmuni va hajmini osonlik bilan 
tushunib olish mumkin bo’lsin. Hujjatdagi imzolar ravshan bo’lishi kerak. Hujjatdagi matnda 
ham, raqamli ma’lumotlarda ham hech qanday tozalashlar, dog’ va izohlanmagan 
to’g’irlashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va chiqim kassa orderlarida umuman hech qanday 
to’g’rilashlarga yo’l qo’yilmaydi. Hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va ularning 
yuqori sifatli tuzilganligi uchun ularga imzo chekkan xodimlar (tsex boshliqlari, omborchilar, 
kassirlar va boshqalar) javob beradi. 


49 
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo’l qo’ymaslik maqsadida ulardan 
ba’zilari o’chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha hujjatlar (arizalar, 
ishonchnomalar va shu kabilar)ga tegishlidir.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish