57
6710 «Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisob - kitoblar»
K-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimning qarzi»
Ushbu provodka undirilgan kamomadning bozor bahosidagi summaga beriladi.
Shu bilan birga moddiy javobgar shaxsdan undiriladigan summa bilan
qiymatliklarning balans bahosi o’rtasidagi farq quyidagi provodka bilan daromadga
o’tkaziladi:
D-t 6230 «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
K-t 9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
Bir davrning o’zida va bir moddiy javobgar shaxsda bir turdagi tovar - moddiy
boyliklarninng kamomadi va ortiqcha chiqishlari o’zaro hisobga o’tkazilishi mumkin. Bunda
agar kam chiqqan boyliklar - qiymati ortiqcha chiqqanda ko’p bo’lsa, unda farqi aybdor
shaxslar hisobiga olib boriladi.
Moddiy qiymatliklarni ortiqcha chiqishi aniqlanganda u 19 – MHBS ning 5.70
bandiga binoan kirimga olinib xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga
o’tkaziladi. Bu muomala quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t tegishli moddiy qiymatliklarni hisobga olinadigan schetlar
K-t 9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
Kamomadlar yoki ortiqcha chiqishlarning har bir hodisasida farqlarning yuzaga kelishi
sabablari chuqur va har tomonlama o’rganilishi zarur.
Qiymatliklar kamomadlari buzilishdan ko’rilgan talofatlar ustidan ayniqsa sinchiqov
nazoratni o’rgatish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimida yuqorida keltirilgan alohida
«Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar» nomli maxsus
schyot ko’zda tutilgan. U yig’ib taqsimlovchi schyot bo’lib, uning yordamida talofatlarning
umumiy summasi va uning ayrim turlari bo’yicha aniqlanib, bu summalarni tegishli
schyotlarga hisobdan chiqarish uchun xizmat qiladi.
«Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar» schyoti -
aktivdir. Uning debetida solishtiruv vedomosti asosida tovar - moddiy qiymatliklar
(«Materiallar», «Tayyor mahsulot», «Tovarlar» va boshqalar») schyotlaridan qiymatliklarning
barcha kamomadlari va buzilishidan ko’rilgan nobudgarchiliklar yig’iladi. Bu schyotning
krediti bo’yicha uning debetida yig’ilgan summalar yo’qlama komissiyasining qaroriga
binoan xarajatlar yoki aybdor shaxslar schyotlariga hisobdan chiqariladi. Buni quyida
keltirilgan tasnifdan ko’rish mumkin:
Tabiiy yo’qolish me’yorlari chegarasidagi yoki undan yuqori bo’lgan kamomadlar,
aybdor shaxslar bo’lmaganda, tabiiy talofat hisoblanib, paydo bo’lgan joyiga qarab, mahsulot
ishlab chiqarish tannarxini yoki davr xarajatlarini oshirish kerak. Ko’pincha ular
qiymatliklarni haqiqiy xarakatlari bilan shu harakatni hujjatli rasmiylashritish o’rtasidagi
nomuvofiqlikni aks ettiradi. Masalan, ishlab chiqarish zahiralarining kamomadi ularni ishlab
chiqarishga berilishini hujjatlar bilan rasmiylashtirilgandagiga qaraganda ko’proq miqdorda
berilganligi natijasi bo’lishi mumkin; tayyor mahsulotning kamomadi - ularni haqiqatda
olinganligiga qaraganda hujjatlar bo’yicha ko’proq olinganligini rasmiylashtirish natijasi
bo’lishi mumkin. Tovar - moddiy boyliklarning kamomadini ishlab chiqarish xarajatlariga
hisobdan chiqarilishi yo’li bilan shuningdek yo’l qo’yilgan xatolar ham bartaraf qilinadi.
Ortiqcha chiqishlar korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga tegishli
qiymatliklar schyotlariga kirim qilinadi. Ortiqcha chiqishlar aniqlanganda albatta ularning
kelib chiqish sabablari va aybdorlari surishtirib topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: