275
GLOSSARIY
6-mavzu: Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari
Buxgalteriya daftarlari
-
sintetik va analitik xisobni xujjatlarga asosan kayd kilish.
Kitob varakalariga nazoratni olib borish maksadida oldindan tartib rakamlari yozib
kuyiladi. Buxgalteriya daftarlari buxgalteriya xisobining eskirgan shakli memorial-orderda
keng kullanilsada, boshka shakllarda xam kullanilishi mumkin. Masalan, jurnal-order xisob
shaklida asosiy vositalar buyicha buyum varakasi (inventar kartochka) kullanilmasa, asosiy
vositalar xisobidan foydalanish mumkin.
Kul mexnatida olib boriladigan buxgalteriya xisobida bosh daftardan foydalaniladi,
xamma buxgalteriya xisobi shakllarida xam kassa daftari ishlatiladi.
Buxgalteriya arxivi
-
oldingi davrlarga tegishli xujjatlar va xisob registrlaridir. Buxgalteriya
arxivi, buxgalteriya xisobi shakli va kursatmalarga mos ravishda tashkil etiladi.
Buxgalteriya arxivining mavjudligi xar tomonlama foydalidir. Utgan davrdagi
buxgalteriya xisobi xujjatlari biror bir maksad uchun kerak bulib kolishi mumkin va undan
foydalanish imkoniyati buxgalteriya arxivi tomonidan yaratiladi.
Vedomost
-
birlamchi xujjat yoki xisob registri. Vedomost yigma xujjat bulishi xam
mumkin. Vedomostdan buxgalteriya xisobining xamma shakllarida xam foydalaniladi.
Xujalik jarayoni sodir bulgan vaktda tuzilgan vedomost birlamchi xujjat xisoblanadi.
Yigma vedomost esa, bir nechta birlamchi xujjatlar asosida tuziladi. Unda birlamchi
xujjatlarning ma’lumotlari yigiladi va xisob registrlarida keyingi yozuvlarni amalga oshirishni
engillashtiradi. Yigma vedomostlarni xisoblash mashinalari yordamida tuzish samaralidir.
Buxgalteriya xisobida jamgarma vedomostlari, tulov kaydnomasi, xisob-tulov vedomostlari,
solishtirma vedomostlardan foydalaniladi.
Kassa kitobi
-
korxona kassiri kassa jarayonlari xisobini yurgizishiga muljallangan
xisob registrlari. Ushbu kitob varakalari tartib rakamlariga ega bulishi lozim. Undagi yozuvlar
kassa jarayonlarini mexnat xakidagi Nizomga asosan xar bir kirim va chikim xujjatlari
buyicha olib boriladi. Kun oxirida kassir kirim va chikim summalarini, keyingi kungi pul
koldigini aniklaydi va yozuvda aks ettiradi. Kitobdagi yozuvlar ikki nusxada olib boriladi.
Ikkinchi nusxasi xar kuni yoki boshka belgilangan muddatlarda kassa xisoboti sifatida
buxgalteriyaga topshiriladi. Buxgalter kitobdagi yozuvlarning xakkoniyligi va tugriligini
tekshirib xujjatni kabul kilinganligini tasdiklaydi va imzo chekadi. Bosh buxgalter kassa
kitobining tugri yurgizilayotganligini muntazam ravishda nazorat kilib borishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: