Balansdagi schetlar
Balansdan tashkari schetlar
(balansdagi schetlar, balansdan tashkari schetlarga
karang).
Vazifa va tuzilishiga kura:
asosiy aktiv schetlar;
asosiy passiv schetlar;
tartibga soluvchi schetlar;
taksimlovchi schetlar;
takkoslovchi schetlar;
kalkulyatsiya schetlari.
Asosiy aktiv schetlar
guruxi materiallar va pul mablaglarining xarakatini, xamda
debetorlar bilan xisob-kitob ishlarini olib borishga muljallangan (asosiy vositalar, materiallar,
tayyor maxsulot, kassa, valyuta xisobi va x. k.)
Asosiy passiv schetlar
xujalik yurituvchi sub’ektlarni xujalik mablaglari
manbalarining xisobini yuritishga muljallangan (ustav kapitali, jamgarma fondlari, kreditorlar
bilan xisob-kitob scheti va boshkalar).
Tartibga soluvchi schetlarga
olinadigan xujalik mablaglari va ularning tashkil topish
manbalarining baxosini tartibga solishga muljallangan schetlardir (asosiy vositaning eskirishi,
nomoddiy aktivlarning eskirishi, savdo ustamasi va boshkalar). Bu schetlarning axamiyati
shundan iboratki, buxgalteriya xisobida ba’zi vaktlarda ob’ekt buyicha ikki baxoda
kursatkichlar zarur bulib koladi. Masalan, asosiy vositalarning boshlangich va koldik kiymati,
materiallarning xakikiy tannarxi va ulgurji yoki rejadagi tannarxi va x. k.
Taksimlovchi schetlarning
ikki turi mavjud: yigib taksimlovchi schetlar, xisobot
davrida taksimlovchi schetlar.
Yigib taksimlovchi
schetlar -
ishlab chikarish xarajatlari, ya’ni muomala
xarajatlarining ob’ekti bulib, sotilgan maxsulot turi va boshkalar buyicha taksimlash
maksadida yigishga muljallangan buxgalteriya schetlaridir. Bunday schetlarga 2310 “Yordam
va boshka ishlab chikarish”, 2510 “Umumishlab chikarish xarajatlari”va boshka shu kabi
schetlar kiradi. Bu schetlarning debetiga xisobot davrida xarajatlar yozib boriladi va shunga
mos ravishda 1000-“Materiallar”, 6710-“Xodimlar bilan mexnat xaki yuzasidan xisob-
kitoblari”, 6520-“Ijtimoiy sugurta buyicha xisob-kitoblar”schetlari va boshka schetlar
kreditlanadi. Xisobot davri oxirida esa, bu xarajatlar taksimlanadi va yigib taksimlovchi
schetlar kreditidan uchiriladi. Masalan, 2300 “Yordam va boshka ishlab chikarish”scheti,
2510 “Umumishlab chikarish xarajatlari”, schetlari debetidagi yigilgan xarajatlar 2010
“Asosiy ishlab chikarish”schetlar debetiga mos ravishda utkaziladi.
9400-“Davr
xarajatlari”schetidagi xarajatlar esa, 9900-“Yakuniy moliyaaiy
natija”schetiga utkaziladi.
Xisobot davrida taksimlovchi
schetlarga 3100-“Kelgusi davr xarajatlari”, 4910-
“Gumonli karzlar buyicha zaxira”, 8910-“Kelgusidagi sarflar va tulovlarning zaxira”schetlari
misol buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |