2.5
.
Fizika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‟llari
Kompyuterli prezentasiya darslarida asosan Power Point programmasidan
foydalaniladi. Undan tashqari o‘lchami katta ilmiy – ommabop filmlarni mavzuga
oid qismlarini ajratib olish va mantaj qilish uchun Movie Maker programmasidan
foydalaniladi. Power Point programmasi yordamida darsning slaydlardan iborat
matni tayyorlanadi; bunda matin tezis sifatida bo‘lib, asosiy tushunchalar
keltiriladi va kerakli rasmlar joylashtiriladi.
Movie Maker programmasi yordamida tayyorlangan film va animasiyalar
ham prezentayiyaga joylashtiriladi. Power Point programmasi imkoniyatlaridan
foydalanib bezaklar beriladi va ish yakunlanadi.
Mavzu bo‘yicha tayyorlangan prezentsiya kompyuter va videoproyektor
uskunalari orqali namoyish qilinadi. O‘qituvchi slaydlardagi tezis sifatida
keltirilgan matinlarni kengaytirgan holda tushuntirib boradi. O‘quvchilar matinni
daftariga yozib boradi. Rasmli slaydlarnda keltirilgan rasmlar o‘qituvchi
tomonidan yoritilib boriladi. Agar slaydda animasiya yoki video materiallari
bo‘lsa faqat nomoyish qilinadi.
Bu texnologiya asosida o‘quvchilar materialni o‘zlashtirish darajasi katta
bo‘ladi, chunki ham ko‘rish, ham eshitish analizatorlari parallel ishlaydi va
ma‘lumotlarni qabul qiladi. O‘qib yoki ayrim rasmlar orqali materialning to‘liq
tasavvuri xotirada shakllanishi mushkul. Bu muammo animasiyalar va video
materiallari yordamida yechiladi.
Ta‘lim tizimini axborot texnologiyalari asosida tashkil etish va rivojlantirish
vazifasi biologiya fanlarini o‘qitish jarayonini takomillashtirish borasida ham
o‘ziga xos talablar qo‘ymoqda. Fizika fanlarini o‘qitishda multimedia vositasidan
foydalanish, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini yaratish va o‘tkazish ta‘lim
tizimini zamonaviylashtirish talablarini bajarilishini ta‘minlaydi.
Multimedia texnologiyalari odatiydan farqli ko‘rgazmali tarzda namomoyish
etilishi, o‘zlashtirilgan bilim darajasini tez nazorat qilish imkoniyati, o‘quvchilar
bilan ishlashda tashkiliy shakllarning, shuningdek, o‘qituvchi uslubiy faoliyatining
xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Biologik jarayonlarning aksariyati murakkabligi
bilan farqlanadi. Obrazlar yordamida fikrlovchi bolalar mavhum umumlashmalarni
qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar, ko‘rgazma va rasmlardagi murakkab hodisa va
jarayonlarni tushunishlari qiyin kechadi. Ularda mavhum tafakkurning
rivojlanishi obrazlar vositasi orqali shakllanadi.
Multimedia
animasiya
modellari
o‘quvchining
ongida
biologik
jarayonlarning to‘liq ko‘rinishini shakllantirish imkonini bersa, interaktiv modellar
jarayonlarni mustaqil loyihalash, xatolarini tuzatish, mustaqil o‘qish imoknini
beradi.
Axborotlashtirish o‘zida quyidagilarni yoritadi
-
kompyuterlashtirish
— izlanish vositalarini takomillashtirish va
ma‘lumotlarga ishlov berish jarayoni;
- intellektuallashtirish — insonlarning bilim va qobiliyatlarini rivojlantirish
orqali ma‘lumotlarni qabul qilish va yaratishga yo‘naltirish jarayoni;
- mediatizasiyalash — axborotlarni to‘plash, saqlash va tatbiq etish
vositalarini takomillashtirish jarayoni.
Fan ma‘lumot muhitini loyihalash — o‘qitish metodikasining yangi
vazifalaridan sanalib, didaktika, psixologiya, boshqaruv sohasida maxsus bilimlar
talab etadi.
Axborot texnologiyalari:
- har bir o‘quvchiga shaxsiy ta‘lim olish yo‘nalishini ta‘minlovchi ochiq
ta‘lim tizimini yaratadi;
-o‘qitish
jarayonini tubdan o‘zgartiradi, o‘quvchilarning tizimli
fikrlashini shakllantiradi;
- o‘quvchilarning o‘quv-tarbiya jarayonida bilish faoliyatini natijali tashkil
etishga erishiladi;
- ta‘lim jarayonini individuallashtirish maqsadida komp‘yuterdan
foydalanish yangi bilish vositalariga murojaat qilishni taqozo etadi;
- mikro va makro dunyolarga xos hodisa va jarayonlarni, ichki murakkab
texnik va fizik tizimlarni kompyuter grafikasi va modellashtirish vositalarini
qo‘llash asosida o‘rganishni ta‘minlaydi;
- turli fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni o‘rganish uchun qulay
kattalikda, juda aniq katta yoki sekin tezlikda takdim etishga imkon yaratadi.
Fizika darslarida va darsdan tashqari fakultativ mashg‘ulotlarda
"Kimyo", "Biologiya", "Astronomiya" elektron DVD disklaridan foydalanish
mumkin. Ushbu elektron manbalar va boshqa elektron darsliklar kuyidagi didaktik
vazifalarni hal etishga yordam beradi:
- fanga oid tayanch bilimlarni o‘zlashtirish;
- o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish;
- imtihonlarga ruhiy tayyorlash;
- birmuncha chigal savollarga javob berishga tayyorlash;
- yangi axborot texnologiyalarini (YaAT) qo‘llash asosida o‘quv materiallari
bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish,
-
o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- o‘quv motivlarini yaxlit yoki fizikaning xususiy muammolari doirasida
shakllantirish;
- o‘quvchilarga o‘quv materiallari ustida mustaqil ishlashlari uchun o‘quv-
metodik yordam ko‘rsatish;
- qulay ta‘limiy muhitni ta‘minlash va ma‘lumot manbalarini izlashda va
qo‘llashda mustaqil tanlash imkonini berish, eng qisqa muxdat ichida o‘quvchilarni
imtihonlarga tayyorlash hamda foydali umumo‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ajablanarli dalillarni bayon etish orqali mustaqil fikr yuritishni vujudga
keltirish.
Fizikani o‘qitishda "Impul" mavzusini o‘rganishda o‘qituvchi tomonidan
quyidagi dalilni bayon etilishi o‘quvchilarni mustaqil fikr yuritish, o‘zlashtirgan
bilimlari asosida hayotiy tajribalarga ega bo‘lishiga zamin tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |