A. Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika Instituti “Fizika-astranomiya” yo‟nalishining 4-kurs talabasi Abdullaxatov Diyorning


 Fizikani o‟qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana05.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#739996
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
mikrosxemalarda qollaniladigan otkazgichlar asosida olingan tranzistorlarni ishlashini organish

 
2.4. Fizikani o‟qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish 
imkoniyatlari va istiqbollari
Talim sohasida olib borilayotgan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan davlat 
siyosati, jamiyat taraqqiyotini taminlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida 
etirof etildi va kadrlar tayyorlash mazmuni hamda tuzilmasini qaytadan tashkil 
etish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. Bu dolzarb va murakkab muammoning 
yechimini topish maqsadida Respublikada "Talim to‘g‘risida"gi, "Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi" haqidagi Qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi.
Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida, o‘quvchilarga zamonaviy kompyuter 
va aloqa vositalaridan foydalanib, murakkab vaziyatlarda tezkorlik bilan bir 
qarorga kelish, axborotni qidirish, uni olish, kommunikativ bilimlarini va boshqa 
shu kabi qobiliyatlarini oshirish uchun, eng qulay texnologik imkoniyatlari 
bo‘lgan shart sharoitlar yaratib berilishi kerak. Bizning hayotimizga shiddat bilan 
kirib kelayotgan axborot va kommunikasiya texnologiyalari (kamida bir avlod 
davri vaqtida) dunyo miqyosdagi (global) Internet tarmog‘i yaratilishi va shahsiy 
kompyuterlarning keng tarqalishi natijasida yuzaga keldi.
Talim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va bunda 
o‘qituvchilarning ko‘nikma va malakalarini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining jamoat talim axborot 
tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida"gi 2005 yil 28 sentyabrdagi PQ-191-sonli 
Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kompyuterlashtirishni 
yanada rivojlantirish va axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2002 yil 6 iyundagi 200-sonli, "O‘qituvchi kadrlarni 
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish 
to‘g‘risida"gi 2006 yil 16 fevraldagi M25-sonli Qarorlarining qabul qilinishi 


mazkur 
masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida etibor 
qaratilayotganligidan dalolat beradi.
«Sun‘iy intellekt» tushunchasi dastlab AQShda paydo bo‘ldi va sekin-asta 
boshqa davlatlarda ham keng qo‘llanila boshlandi. 
1956 yil AQSh da kompyuter va dasturlash soxasidagi 10 nafar amerikalik 
yetakchi mutaxassisning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Usha paytda 
mutaxassislardan ko‘pchiligi yaqin o‘n yil ichida sun‘iy aql yaratilishi 
mumkinligini taxmin qilardi. Chorak asrdan keyin, ya‘ni 1981 yili sun‘iy intellekt 
bo‘yicha Kanadada bo‘lib o‘tgan halqaro konferensiyada birinchi uchrashuvning 
o‘nta qatnashchisidan beshtasi qilingan bashoratlar o‘ta optimistik bo‘lganligini, 
muammolar esa anchagina murakkab ekanligini tan olishdi. Shunday bo‘lsada bu 
yo‘nalishda ko‘pgina ilmiy va amaliy natijalarga erishilgani qayd etildi. hozirgi 
kunda sun‘iy intellektni yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar ko‘pgina davlatlarda olib 
borilyapti. 
Sun‘iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo‘lgan, masalan, axborotni 
qabul qilish va undan ma‘lum masalalarni hal qilishda foydalana olishi kabi aqliy 
qobiliyatini ifodalaydi. 
Kompyuterda xal etilayotgan masalalar, xatto ayrimlari anchagina murakkab 
bo‘lsada, intellektual hisoblanmaydi. Bu o‘rinda maktabda bajariladigan arifmetik 
amallar intellektual emasmi, degan savol tuqiladi. Bu ifodada masalaga tegishli 
qandaydir noaniq element mavjud. Bu masalani yechishning aniq algoritmi 
noma‘lumligi yoki mavjud emasligidadir. Јandaydir standart materiallar masalani 
yechish metodini bilmaydigan o‘quvchi uchun javobni izlash, aniq aqliy mehnatni 
talab qiladigan intellektual amal hisoblanadi. Uslubni bilgan o‘quvchi, ushbu 
turdagi masalani avtomatik ravishda yechadi. 
Shunday qilib, masala qanday murakkab bo‘lmasin, agar uni yechishning aniq 
uslubi (algoritmi) topilgan va mos dasturi ishlab chiqilgan bo‘lsa, u ishni 
intellektual yoki haqiqatdan ijodiy xal qilingan deb hisoblasa bo‘ladi. Kompyuter 
uchun esa odatda bu ishning faqat mexanik amallarni bajarish qismi qoladi. Lekin 
bu barcha masalalarda ham emas. 
Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, masalani yechish algoritmi umuman topilmagan 
bo‘lib, anchagina vaqt sarflaganda ham uni kompyuterda yechib bo‘lmaydi. 
Bunday masalalar kam emas. Bular qatoriga obrazlarni topish, shaxmat o‘ynash 
dasturlarini yaratish, tarjimalarni avtomatlashtirish kabilarni kiritish mumkin. 
Inson shunday masalalarga duch kelganda, u qandaydir yagona yechimni yoki 
samarali uslubni topishga intilmaydi, balki masalani yechish jarayonida turli uslub 
va yo‘l, axborot manbalaridan foydalanishga xarakat qiladi. U mantiq qonunlarini, 
matematik munosabatlar, murakkab masalani maydaroq masalalarga ajratish 
yo‘llaridan yoki avval uchragan masalalarga o‘xshash mulohaza qilishdan 


foydalanadi. Bir so‘z bilan aytganda, bu o‘rinda inson fikrlashining 
moslashuvchanligi va ko‘p tomonlamaligi namoyon bo‘ladi. 
Sun‘iy intellekt sohasidagi ishlar, asosan, kompyuterni hozircha kam 
egallagan uslub va usullardan samaraliroq foydalanishga «o‘rgatish»dan iborat. 
hozirgi kunda bu sohada anchagina ishlar qilingan, ya‘ni intellektual 
vazifalarni xal qiladigan dasturlar yaratilgan. Mutaxassislar yaratilgan dasturlarni 
aniqroq, bexato ishlaydigan qilib yaxshilash va ularni takomillashtirish ustida 
qizgin ish olib borishmoqda. 
Kompyuterda muammoni yechishning optimal varianti tanlanadi. Chunki 
optimal variant tanlanmasa va masala to‘qridan-to‘qri yechiladigan bo‘lsa, unga 
juda ko‘p vaqt sarflashga to‘qri keladi. Masalan, uyingizdan maktabga yoki ishga 
borishning bir necha varianti bo‘lishi mumkin. Birinchi bor borayotganingizda eng 
yaqin yo‘lni topish uchun, albatta, yordamga muhtoj bo‘lasiz. 
Bunday masalalarda umumiy o‘xshashlik bor — ularni 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish