Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
53 
UDK: 415 
SO‘Z TARTIBINING KOMMUNIKATIV, SINTAKTIK VA USLUBIY
VAZIFALARI 
A.Q.Sobirov 
Samarqand davlat universiteti 
anvarsobir@mail.ru  
 
Annotatsiya. 
She’riyatda so`z tartibi (Hozirgi o‘zbek she’riyati misolida). Maqolada rus va 
o‘zbek tilshunosligida so‘z tartibiga oid ilmiy ishlar o‘rganilgan. Shuningdek, she’riy matnda odatdagi 
va o‘zgargan so‘z tartibining kommunikativ, sintaktik, uslubiy vazifalari haqida ilmiy mulohazalar 
bayon qilingan. Matnda so‘z tartibini belgilovchi asosiy omil “kesim” degan xulosaga kelingan.
 
Kalit so‘zlar: 
so‘z tartibi, odatdagi tartib, o‘zgargan tartib (inversiya), kommunikativ, 
sintaktik, uslubiy vazifa, takror, akromonogramma.
 
Коммуникативные, синтаксические и методические задачи порядка слов 
Аннотация

В статье изучены порядок слов в узбекском и русском языках. 
Представлены научные выводы коммуникативных, синтактических и стилистических задач 
обычных и измененных порядка слов. Сделано заключение, что «сказуемое» является 
основным фактором порядка слов. 
Ключевые слова:
порядок слов, обычный порядок слов, измененный порядок слов 
(инверсия), коммуникативный, синтактический, стилистическая задача, повторение, 
акромонограмма.
 
 
Communicative, syntactic, and methodical functions of word order 
Abstract.
In th
е article word order in the Uzbek and Russian languages are studied. The 
scientific conclusions of communicative, syntactic and stylistic tasks of ordinary and altered word 
order are presented. It is concluded that the "predicate" is the main factor in the word order. 
Keywords:
word order, common order, changed order (inversion), communicative, syntactic, 
stylistic task, repeated, acromonogram. 
Aloqa aralashuv jarayonida ishtirok etuvchi har bir til birligi tilning qaysi sathiga aloqador 
bo‘lishidan qat’i nazar, bajaradigan eng muhim uch ijtimoiy vazifa – aloqa, xabar, ta’sir etishdan 
birining amalga oshirishiga xizmat qiladi. Shu bois tilning aloqani ta’minlash vazifasi so‘zlashuv 
nutqida, xabar vazifasi odatda rasmiy va ilmiy uslublarda, ta’sir etish vazifasi esa badiiy va qisman 
publitsistik uslub doirasida ko‘proq namoyon bo‘ladi [1. 6-bet]. Nutqning bu ko‘rinishlari til 
birliklarini qamrab olishi, lug‘aviy tarkibi, grammatik xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. 
Insonning nozik his tuyg‘ularini ifodalashda o‘zgargan so‘z tartibi (inversiya) ham muhim rol 
o‘ynaydi. O‘zbek tilida ushbu masalaga birinchilardan bo‘lib e’tibor qaratgan Karim Xayitmetovning 
fikricha, gap bo‘laklari tartibi “qatiyligi“ til tarqaqqiyoti davomida “erkinnlikka” o`tib bormoqda [2. 
69-bet]. Buni aruz vazni davrlar o`tishi bilan o`z o`rnini barmoq vazniga, barmoq vazni esa o`z o`rnini 
erkin vaznga bo`shatib berayotganligidan ham sezish mumkin, bizningcha. Rivojlanish natijasida nutq 
birliklari mavjud qoliplarga sig‘may, yangi-yangi shakliy ko`rinish kasb etmoqda. Aytmoqchimizki, 
so`z tartibiga doir qoliplar o‘zgarib, yangilanib boryapti. O‘zbek tili morfologik jihatdan agglyutinativ 
tillarga kirganligi va ko‘p hollarda so‘z shakllari uning sintaktik o‘rinlarini ham tayinlab turganligi 
sababli gap bo‘laklarining tartibi amorf tillariga nisbatan ancha erkin. Gap bo‘laklari tartibining 
o‘zgarishi ko‘pincha bu bo‘laklarning sintaktik o‘rnini va gapning umumiy mazmunini 
o‘zgartirmaydi” [3. 11-bet]. 
So‘z tartibining poetik sintaksisda muhim o‘rin tutuvchi vosita ekanligi ilgaridan tilshunoslar 
e’tiborini o‘ziga qaratib, bu haqdagi dastlabki ilmiy talqinlar rus tilshunoslari T.S.Yadixanova [4], 
O.B.Sirotinina [5], I.I.Kovtunova [6] kabi olimlar tomonidan ilgari surilgan edi. Tadqiqotchilar haqli 
ravishda so‘z tartibini gapning akutal bo‘linishi, u bajaradigan kommunikativ vazifa to‘laligicha 
muloqot maqsadi va u amalga oshadigan nutqiy vaziyat bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar. O‘zbek 
tilshunosligida so‘z tartibiga bag‘ishlangan dastlabki ish sifatida Ayub G‘ulomovning “O‘zbek tilida 
so‘z tartibi” maqolasini ko‘rsatish mumkin [7.123-124-betlar]
Muallif ushbu maqolada, asosan, nasriy 
matnda so‘z tartibining vazifalari, strukrural-grammatik ko‘rinishlari, aniqrog‘i ega va kesim tartibi, 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish