Buck G.
Assessing Listening. – Cambridge: Cambridge University Press, 2001. – P. 31.
2
Wilson J.
How to Teach Listening. – Malaysia: Pearson Education Limited, 2008. – P. 33-38.
3
Richards Jack C.
Teaching Listening and Speaking. – New York, NY 10013-2473: USA
Cambridge University Press, 2008. – P. 11.
IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLAR TA’LIMI
PEDAGOGIKA
2015, 6-son
94
mahoratini yaxshilash maqsadida har kuni radioeshittiruv yoki telekо‘rsatuv
tinglashi yoki haftada bir marta о‘rganilayotgan xorijiy tilda film tomosha qilishi
kabilardir. Sotsio-effektiv strategiyalar bu til о‘rganuvchining boshqalar bilan
о‘zaro muloqoti va ularning til о‘rganishga bо‘lgan munosabatidir. Bunga
talabaning har xil vaziyatlarga о‘zini qо‘yib rol ijro etishini misol qilib kо‘rsatish
mumkin. Bu esa talabada о‘ziga bо‘lgan ishonchni oshirishga yordam beradi.
Bu strategiyalarning ba’zi birlarini о‘rgatish mumkin. Imtihon paytida
tinglashdan oldin talaba bо‘sh qolgan joydagi ma’lumotni oldindan taxmin qilish
mumkin. Masalan, bо‘sh qolgan joyga sо‘zning qaysi sо‘z turkumiga
mansubligini (ot, sifat yoki fe’l), qanday turdagi ma’lumot ekanligini (joy nomi,
ism, raqam yoki yil) qо‘yishi mumkin. Ma’lumotni tinglash paytida esa eng
muhim kalit sо‘zlarni yozib olish ham tinglovchiga katta yordam beradi. О‘qitish
strategiyalarining darajasi bо‘yicha J. Uilsin uning uchta sababini keltiradi:
1. Tinglovchi muammoni tushunib, strategiyadan foydalanish talab
qilinadigan holatni aniqlay bilishi kerak.
2. О‘qituvchi strategiyalardan foydalanishni kо‘rsatuvchi mashq va
misollarni berishi va strategiyalardan foydalanishning samaradorligini kо‘rsata
olishi kerak.
3. Tinglash mashqlari mobaynida strategiyalardan muntazam foydalanish
lozim, chunki bu talabalarga о‘z bilimlarini g‘amlab, strategiyalarga ehtiyoj
tug‘ilganda tatbiq etishga xizmat qiladi.
Til о‘rganuvchilarni dars jarayonida turli strategiyalardan foydalanishga
о‘rgatishda о‘qituvchining roli bor. Bu haqida quyida J. Uilsin kо‘rsatib о‘tgan
fikrlar keltirilgan:
-
vazifani bajarishni rejalashtirish.
Talabalar vazifani tinglashdan oldin bu
strategiyani qо‘llashni mashq qilishi mumkin. Bunda о‘qituvchi savollar orqali
talabalarning tinglanilayotgan vazifaning shartini tushungan yoki yо‘qligini
aniqlashi mumkin bо‘ladi;
- tо‘g‘ri javoblarni oldindan taxmin qilishda dunyoviy bilimlardan
foydalanish.
Talabalarga tinglaniladigan vazifaning mavzu yoki sarlavhasini
berish orqali ularni tinglashga tayyorlash va mavzuga oid bо‘lgan qо‘shimcha
ma’lumotlarni eslashga va tatbiq etishga yordam beradi;
- javoblarni oldindan taxmin qilishda lingvistik bilimlardan foydalanish.
Bо‘sh qolgan joylarni tо‘ldirish (gap-filling)
mashqlari bu strategiyani
rivojlantirishga yordam beradi. Talabalar tinglashdan oldin bо‘sh qolgan joyga
qaysi sо‘z turkumiga oid sо‘z qо‘yish yoki qanday ma’lumot qо‘yilishi
mumkinligini oldindan taxmin qiladi va ma’lumotni tinglash jarayonida diqqatini
Do'stlaringiz bilan baham: |