PEDAGOGIKA
2015, 6-son
51
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning oliy ta’lim tizimida talabalar tomonidan
о‘rganilishi gender yondashuv asosida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini
rivojlantirishga kо‘mak beradi. Oliy ta’lim tizimida о‘qitiladigan milliy istiqlol
g‘oyasi, ma’naviyat asoslari, jamiyatshunoslik, madaniyatshunoslik, О‘zbekiston
tarixi, pedagogika tarixi, dinshunoslik kabi fanlar talabalarning ijtimoiy faolligini
oshirishga imkoniyat yaratib, jamiyatga adaptatsiya jarayonini mukammal-
lashtiradi. Gender nazariyasi ta’lim jarayonida o‘g‘il va qiz bolalarga xos
xususiyatlarni farqlash masalasiga turli nuqtayi nazardan yondashadi. Bu
yondashuvda jinslar о‘rtasidagi asosiy farqlar ijtimoiy о‘ziga xosligida namoyon
bо‘ladi. Ushbu farqlar jamiyatda ijtimoiy institutlar, me’yorlar va madaniy
qarashlar vositasida shakllangan. Bunda gender farqlarning ijtimoiy jihatlari
muhim ahamiyatga ega. Gender tabaqalashtirish jamiyat va ta’lim tizimida
ijtimoiy-pedagogik jihatdan insonparvarlik tizimini rivojlantirishga asos bо‘ladi.
Hozirgi davrda oila, ta’lim, din, madaniyat kabi jamiyatdagi ijtimoiy
insititutlarning о‘quvchi va talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishdagi
tarbiyaviy ahamiyati mazkur jarayon samaradorligini oshiradi.
Bugungi kunda
pedagogika fanida erishilayotgan eng muhim yutuqlardan biri gender tenglik va
farqlar asosida ta’lim berish imkoniyatlarining ochilayotganligidir. Bu hodisa
ta’limni gumanitarlashtirish nuqtayi nazaridan ham alohida qimmatga ega.
Mazkur maqsadni amalga oshirish jarayonida mavjud о‘quv dasturlarini yangi
pedagogik texnologiya va zamonaviy usullarni qо‘llagan holda takomillashtirish
eng birinchi vazifa hisoblanadi. Takomillashtirilgan о‘quv dasturlarida о‘g‘il va
qiz bolalar tengligi, qolaversa, barcha fanlar bо‘yicha о‘quv materiallarining
gender tenglik va farqlar asosida belgilab berilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday ta’lim jarayoni yangi о‘quv vositalari, ya’ni metodik materiallar va
didaktik ishlanmalar yaratishni talab qiladi. О‘z navbatida, о‘quv-metodik
materiallar nazorat vositalari bilan bog‘liq ravishda tanlanishi lozim.
О‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-intellektual hayotida tub
о‘zgarishlar sodir bо‘layotgan hozirgi kunda о‘quv jarayonini shaxsning gender
tengligi va farqlari asosida tashkil etish masalasi ham pedagogik jarayon va
tadqiqotlarning tarkibiy qismiga aylanishi kerak, chunki о‘quv jarayonlari orqali
jamiyatda erkak hamda ayol orasidagi ijtimoiy munosabatlar qaror topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |