PEDAGOGIKA
2015, 6-son
49
zaruriyatini kо‘rsatdi. Istiqlolga erishilgan dastlabki yillardan boshlab
О‘zbekiston hukumati tomonidan bu tendensiyani bartaraf etish va barcha
jabhalarda ayollar mavqeini kо‘tarish borasida sezilarli sa’y-harakatlar amalga
oshirilmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonida о‘g‘il va qiz bolalarning jamiyat va
oiladagi mavqelarini anglatish, ularni oila va jamiyat hayotiga tо‘g‘ri
tayyorlashga dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Shu ma’noda,
О‘zbekiston hukumati 1995-yil 4-15-sentabrda Pekin shahrida bо‘lib о‘tgan
xotin-qizlar ahvoli bо‘yicha tо‘rtinchi umumjahon anjumanining yakuniy
hujjatlarida qabul qilingan qarorlarga to‘la qо‘shiladi
1
. Chunonchi, mazkur
qarorning 12-bandida: “Xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish va ahvolini
yaxshilashga, jumladan, fikrlash, e’tiqod, din va qarashlariga, axloqiy, ma’naviy,
ruhiy va intellektual talablarining individual tarzda yoki boshqalar bilan birga
qondirilishiga, natijada jamiyatda о‘z hayotini orzu-istaklariga mos ravishda
shaklantirishda о‘z salohiyatini tо‘liq namoyon etilishini kafolatlashga
qо‘shilishimizni tasdiqlaymiz” deyilgan. 27-bandda esa: “Xotin-qizlarga bazaviy
ta’lim, uzluksiz ta’lim, xat-savodga о‘rgatish, kasb-hunarga tayyorlash va
birlamchi tibbiy insonparvarlik yordamini kо‘rsatish orqali tо‘xtovsiz iqtisodiy
о‘sishni rag‘batlantirish” g‘oyalari bayon etilgan. 30-bandda esa: “Xotin-qizlar
va erkaklar uchun ta’lim va tibbiy yordam olishga keng imkoniyatlar yaratish va
ushbu sohalarda ularga teng munosabatni ta’minlash, xotin-qizlarning jinsiy va
reproduktiv salomatligini yaxshilashga, shuningdek, ularning ma’lumot
darajasini yaxshilashga erishish” haqida fikr yuritilgan
2
.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ta’lim tizimidagi gender
tenglikni ta’minlashning huquqiy asoslari yaratilgan. 1997-yilda qabul qilingan
“Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun asosida barcha о‘quv muassasalarida ta’lim
oluvchi, kasb tanlovchi о‘g‘il va qiz bolalarning teng huquqliligi ta’minlangan.
О‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning
“Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari” 3.3.1. bandida
“ijtimoiy-iqtisodiy tahlil inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga
nisbatan bо‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va
1
Ўзбекистон – Пекин Платформаси ва ҳаракат Дастури (ППҲД), БМТнинг “Хотин-қизлар
ҳуқуқлари камситилишининг барча шаклларига барҳам бериш тўғрисида” Конвенцияси
(CEDAW), минг йиллик ривожланиш мақсадларига эришиш (MDGs) асосида гендер
тенглигига эришиш йўлида. – Тошкент. cisc@uzsci.net, dkcisc@rambler.ru
2
Ўзбекистон Хотин-қизлар қўмитаси фаолиятини қўллаб-қувватлашнинг қўшимча чора-
тадбирлари тўғрисида: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2004 йил 25 майдаги
Фармони // Халқ сўзи, – Тошкент: 2004 йил, 26 май.
Do'stlaringiz bilan baham: |