O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

 
 
 


111 
MAVZU: XVI-XIX ASRLAR MADANIYATI 
Reja: 
1.
 
Ijtimoiy-madaniy hayot va uning asosiy xususiyatlari. 
2.
 
Falsafiy tafakkur va tarix fanlari rivoji. 
3.
 
Adabiy-badiiy jarayon. 
4.
 
Me'morlik va musiqa madaniyati. 
5.
 
Markaziy Osiyo hududidagi uch xonlik va madaniy hayot. 
 
Mavzuning o’quv maqsadi: 
Talabalarga XVI-XIX asrlarda o’zbek 
xonliklari davrida ijtimoiy-madaniy hayot va uning asosiy xususiyatlari, tarix 
fanlari rivoji, adabiy-badiiy jarayon, me’morchilik va musiqa san’ati taraqqiyoti 
haqida ma’lumot berish. 
XV asr oxirlariga kelib temuriyzodalarning o'zaro taxt talashishlari Xuroson 
va Movarounnahr ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Siyosiy tanglik 
avj olib, madaniy hayot izdan chiqdi. Dehqonchilik, savdo-sotiq va boshqa 
hududlar bilan bo'ladigan madaniy aloqalarga putur yetdi. Movarounnahr mayda 
hokimliklarga bo'linib ketdi. Temuriyzodalar hokimiyatni qo'lga kiritish uchun 
Dashti Qipchoqda hukmronlik qilayotgan ko'chmanchi o'zbek va mo'g'ul xonlariga 
murojaat qila boshiadilar. 
Iqtisodiy va siyosiy tanglik ko'pdan beri Movarounnahrga ko'z olaytirib 
turgan ko'chmanchi o'zbek xonlari, dastlab Abulxayrxonga, so'ngra uning nabirasi 
Muhammad Shayboniyxonga qo'l keldi. Abulxayrxon temuriyzoda Abusaidga 
Samarqand tojini qo'lga kiritishga yordam bergan bo'lsa, Muhammad 
Shayboniyxon Sulton Ali Mirzoga yordam berish bahonasida uni qatl ettirib. 
Samarqand taxtini egalladi va Bobur Mirzo kuchlarini maglub etib
Movarounnahming yagona hukmdori bo'lib oldi. 1507-yili Hirot taxtini egallab, 
yirik Shayboniylar imperiyasiga asos soldi. 
Muhammad 
Shayboniyxon 
o'z 
davlatini 
mustahkamlab 
olgach, 
mamlakatning iqtisodiy hayotini yaxshilashga, uni ichidan mustahkamlashga 


112 
qaratilgan bir qator islohotlar o'tkazdi. Dehqonchilikning rivojlanishiga yordam 
beruvchi yer to'g'risida, vaqf masalalari bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga 
oshirdi. O'zaro taxt talashishlar natijasida tinch joylarni izlab, o'z yerlarini tashlab 
ketgan kishilarning qarovsiz yerlarini masjidlar, madrasalarga vaqf mulki sifatida 
berdi. 1502-yilda Zarafshon vohasida qaqrab va qarovsiz yotgan yerlarda 
dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida Ko'hak (Zarafshon) daryosiga suv-ayirgich 
va ko'prik qurdiradi. Mamlakatning ichki birligini mustahkamlash uchun 1507-
yilda barcha hududiy hukmdorlar zarb qildirayotgan pullarni bekor qilib, pul 
islohotini amalga oshiradi. Bu esa savdo-sotiqning rivojlanishiga, mamlakat 
siyosiy-iqtisodiy mavqeyining oshuviga yordam beradi. 
Bu davrda to'qimachilik, kulolchilik, duradgorlik, metallga ishlov berish, 
qog'oz va mato ishlab chiqarish taraqqiy etdi. Shuningdek, xalq amaliy san'atining 
yog'och, tosh, metall o'ymakorligi, kandakorlik. naqqoshlik, xattotlik rivoj topdi. 
Samarqandda yuqori sifatli qog'oz ishlab chiqarish yanada yuksaldi. Ipak qog'ozi 
deb ataluvchi oliy nav qog'ozlar asosan ipak paxtadan aralashtirib tayyorlangan. 
Samarqandlik usta Miribrohim “Sultoniy” va “Miribrohimiy” nomli qog'ozlarni 
ishlab chiqarish bilan mashhur bo'lgan. 
Samarqand qog'ozlarining keng ko'lamda ishlab chiqarilishi kitobat 
san'atining taraqqiy etishiga, o'z navbatida, Movarounnahrning ko'pgina madaniy 
jihatdan yuksalgan shaharlaridagi madrasalar qoshida hamda boy-badavlat kishilar 
tomonidan tashkil etilgan kutubxonalarning ko'payishiga olib keldi. Bu 
kutubxonalarda nodir qo'lyozmalar bilan birga tarix, tilshunoslik, adabiyot, 
geografiya, falsafa, mantiq, fiqhshunoslik, notiqlik, tibbiyot, matematika, 
astronomiya kabi ko'plab fan sohalariga oid kitoblar to'plangan. 
XVI asrdan boshlab Shayboniy hukmdorlar, ayniqsa, Abdullaxon Soniy 
savdo-sotiqning rivojlanishiga alohida e'tibor berdi. Hindiston, Xitoy, Eron, Rusiya 
va boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalari rivojlandi. Movarounnahrda ishlab 
chiqarilgan to'qimachilik buyumlari, ayniqsa, ip va ipak gazlamalar, kimxob, 
gilam, metall buyumlar savdo-sotiqning asosiy manbayi hisoblangan. 


113 
Shayboniylar davri madaniyatining rivojiga bevosita sulola vakillarining 
o’zlari sezilarli ta’sir ko'rsatdilar. Chunki sulolaning Muhammad Shayboniy, 
Ubaydullaxon, Rustam Sulton, Abdulazizxon, Abdullaxon Soniy va boshqa 
hukmdorlarining o'zlari o'qimishli kishilar bo'lishib, hatto she’riyatda qalam 
tebratganlar. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, Ubaydullaxon musiqa asboblarida kuy 
chalishning ustasi, nozikhusnixat sohibi bo’lgan. Shu boisdan Abdulazizxon va 
Abdullaxonlar o'z davrining yetuk kutubxonalarini tashkil etganlar. Kutubxonalar 
qoshida qo'lyozma asarlardan nusxa ko'chiruvchi, eskilarini ta'mirlovchi xattotlar 
va ustalar faoliyat ko'rsatganlar. 
Bu davr madaniyatining asosiy xususiyati – diniy mafkuraning davlat 
mafkurasiga aylanganligidir. Shu boisdan diniy mafkurachilarni tayyorlovchi diniy 
madrasalar faoliyatiga alohida e’tibor bilan qaralgan. Movarounnahrning ko'pgina 
shaharlarida (masalan, Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarida) 
yangi madrasalar bunyod etildi. Mazkur madrasalarda nafaqat sof teologik fanlar 
o’qitilgan, balki axloqshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, matematika, 
astronomiyaga oid fanlar ham o'qitilgan. 
Taxt tepasiga kelgan hukmdorlar izdan chiqib borayotgan ma’naviy hayotni 
qaytadan izga solish, ma’naviy tanazzulning oldini olish maqsadida o’sha davrda 
juda katta obro’ga ega bo’lgan shayxlarning yordamiga suyanishga majbur 
bo’ladilar. O’z navbatida, shayxlar mamlakatning siyosiy hayotiga bevosita o’z 
ta’sirini ko’rsata boshlaydilar. Masalan, Juybor qishlog’ilik mashhur shayxlar 
shayboniylar davrida ham, ashtarxoniylar davrida ham jamiyatning ma'naviy 
hayotini o’z qo’llariga oldilar. 
XVI asrdan boshlab madaniy taraqqiyot, ilm-fan, adabiyot va san’atning 
rivoji nafaqat umumjahon, balki mintaqa darajasidan ham pastga tusha 
boshlaganligi ko’zga tashlanadi. Mutaassiblikka yuz tutgan dinning ma’naviy 
hayotga ko’rsatadigan ta’siri natijasida madaniyat milliy mahdudlik qobig’iga 
o’rala boshladi. Natijada Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining ta’sir doirasi 
toraya bordi. Shuningdek, bu davr madaniy taraqqiyotining susayishiga, eng 
avvalo, Shayboniylarning qisqa muddatli bo’lsa-da, o’zaro taxt talashishlari ham 


114 
ta’sir ko’rsatdi. Natijada XVI asrdan boshlab Movarounnahr va Xuroson 
hududlarida faoliyat ko’rsatayotgan ko’pgina olimlar, shoirlar, san’atkorlar tinch 
joylarni izlab Eron va mo’tadil siyosat yurgizayotgan Boburiylar huzuriga – 
Hindistonga yo’l oladilar. Faqatgina Abdullaxon Soniy davriga kelib 
Movarounnahr madaniy hayotida ijobiy o’zgarishlar ro’y bera boshladi. Osoyishta 
hayotning boshlanganligi bilan birga, Boburiylar davlati bilan Movarounnahr 
o’rtasida madaniy aloqalarning yo’lga qo'yilishi bu rivojlanishning asosiy 
sabablaridan edi. Natijada Boburiylar huzuriga ketib qolgan, lekin hali o’z ona 
vatanlaridan butkul ko’ngil uza olmagan shoirlar, olimlar va san’atkorlar yana 
Movarounnahrga qaytib kela boshlaydilar. 
Shayboniylar davri madaniyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri –
Shayboniylarning ko’chmanchi va yarimko’chmanchi hayot tarzining ijtimoiy-
siyosiy, madaniy-ma'naviy hayotga ta’sir ko'rsatganligidir. Chunki bunday hayotga 
o’rgangan sulolalarda, birinchidan, ilm-ma'rifatning asosiy yadrosi (o’zagi) 
hisoblangan tabiiy fanlar rivojiga bo’lgan qiziqish yuqori darajada bo’lmaydi. 
Ikkinchidan, ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi hayotdan o’troq hayotga 
o’tayotgan kimsalarda ko’proq yangi diniy e’tiqodga bo’lgan ixlos nihoyatda 
baland bo’ladi. Xuddi shuningdek, Shayboniy, so’ngra Ashtarxoniy sulolalari 
hukmdorlarida ham islom diniga ixlos yuqori darajada bo’lgan. Shu boisdan ular 
Movarounnahr taxtiga o’tirganlaridan so’ng bu yerda hukmron mavqega ega 
bo’lgan sufiylik – Naqshbandiylik tariqatiga, uning talablari va qonunga kirgan 
“pir-murshid” tamoyiliga katta ixlos bilan qaradilar (bo’ysunadilar) va oxir-oqibat 
o’zlarining inon-ixtiyorlarini Juybor shayxlari qo’liga tutqazdilar. 
Har bir davrda kishilar va jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-
axloqiy vaziyatni barqarorlashtirib turuvchi ijtimoiy institutlar faoliyat ko’rsatib 
kelgan. Aynan islom dini XVI asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha mazkur 
vazifani bajargan. Islom dini arboblari jamiyatdagi o’zaro nizolarni, oddiy xalq 
bilan yuqori tabaqa o’rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etuvchi va 
barqarorlashtiruvchi asosiy kuch bo’lgan. Davlatni boshqarishda bevosita ishtirok 
etuvchi diniy arboblar, yirik-yirik yer egalari, mahalliy hokimlar, sarkardalar va 


115 
boy-badavlat kishilar o’rtasida o’sha davrda tez-tez ro’y berib turadigan 
kelishmovchiliklar va nizolarni bartaraf etishib, sulolalar vakillarining o’zaro taxt 
talashishlarining oldini olishga harakat qildilar, ularni birlikka da’vat etdilar. 
XVI asrdan boshlab sufizm (naqshbandiya tariqati)ning yirik vakillari 
davlatni boshqarishda faol ishtirok eta boshladilar. Natijada davlatni boshqarishda 
katta kuchga ega bo’lgan shayx ul-islom (jamiyatni boshqarish me’yorlarini ishlab 
chiquvchi, boshqaruv organlari qarorlarining to’g'riligini, avvalo, Qur’on, so’ngra 
hadislar bilan qiyoslovchi), mufti (diniy huquq va huquqiy masalalarga fatvo 
beruvchi) va bosh qozi (jinoyat va jazo masalalarini, ya'ni jinoiy ishlarni ajrim 
qiluvchi) kabi mansab egalari hukmdorlar (Shayboniylar va Ashtarxoniylar)ning 
pirlari, hukmdorlar esa ularning muridlari hisoblangan. 
Davlatni boshqarishda Buxoro yaqinidagi Juybor qishlog’ida istiqomat 
qiluvchi Muhammad Islom Jaloliddin Kosoniy (Mahmudi A’zam nomi bilan 
mashhur bo’lgan), Hoji Muhammadamin, Hoji Hoshimiy, Abu Rahim, Tojiddin 
Hasan, Xoja Saad; Samarqandda istiqomat qilib jamiyat ma’naviy hayotida muhim 
rol o’ynagan Xoja Ahror Valiy (asli Toshkentda tug’ilgan) va uning nabirasi 
Bakirxo’jalar; XV asrning 80-yillarida Movarounnahrga kelib Xoja Ahror 
Valiyning izdoshi va muridi bo’lgan Mir Arab (asli Yamanda tug’ilgan va 
Movarounnahrga kelib, Turkistondagi Sayram shahrida yashagan) Abdulloh at-
Arabi al-Yamanlilar katta ta’sir kuchiga ega bo’lganlar. 
Ikkinchi tomondan, naqshbandiylar sufiylar (o’z davrida Yassaviylik ham, 
Kubroviylik ham) millat ajratmasdan mahalliy o’troq, ko’chmanchi va yarim-
ko’chmanchi xalqlarning azaliy an’analari va turli diniy ibodat unsurlarining 
umumlashuvi hamda fors, arab va turkiy xalqiar madaniyatlarining o’zaro 
uyg’unlashib, hozirgi milliy madaniyatimizning shakllanishi hamda rivojlanishida 
muhim rol o’ynagan. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish