O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

Adabiy-badiiy jarayon. 
Bu davr adabiyotining asosiy xususiyati adabiy 
jarayonda o'sha davr hukmdorlari ta'sirining sezilib turganligi bilan xarakterlanadi. 
Hukmdorlarning o'zlari she'riy, nasriy va tarixiy asarlar yaratishga bo'lgan 
intilishlari bilan ko'zga tashlanib turganlar. Bu holat Shayboniylar, Ashtarxoniylar, 
va hatto, rus istilosigacha bo'lgan hukmdorlarning deyarli barchasiga xos bo'lgan 
xususiyatdir. 
Muhammad 
Shayboniyxon, 
Ubaydullaxon, 
Abdulazizxon, 
Subhonqulixon, Abulg'ozixon, Qo'qon xoni Umarxon, Xivaning so'nggi xonlaridan 
Muhammad Rahimxon (Feruz) va boshqalarning she'riyat, nasr va tarix sohalarida 
qalam tebratganlari fikrimizning dalilidir. She'riyatda qalam tebratgan 
hukmdorlardan biri Muhammad Shayboniyxonning o'zidir. U o'z umrining ko'p 
qismini jangu jadalda o'tkazsa-da, ilm-fan va san'atga qiziqishi ancha baland 
bo'lgan. U yaxshi ta'lim-tarbiya olgan. Natijada iste'dodli shoir, musavvir, 
musiqachi va xushovoz qiroatxon bo'lgan.
 
Shayboniylar sulolasining yana bir vakili Ubaydullaxon ham ilm-fan 
adabiyot va san'atga qiziquvchi hukmdorlardan biri bo'lgan. U “Ubaydiy” taxallusi 
bilan o'zbek va fors tillarida ijod etgan. Asosan g'azallar, ruboiylar va qit'alar 
bitgan. Ubaydullaxonning o'g'li Abdulazizxon ham “Aziziy” taxallusi bilan 
g'azallar yozgan. Abdulazizxon o'z saroyida Hofiz Sulton Ali Ubaxiy, Vosifiy, 
Baqoiy, Majlisiy, Kavkabiy, Surudiy, Shaydo kabi shoirlar va san'atkorlarni 


118 
to'playdi, ularga ko'plab iltifotlar ko'rsatadi. U o'z saroyida shoirlar bilan 
muntazam ravishda mushoiralar o'tkazib turadi. Shuningdek, Abdulazizxon 
mamlakat obodonchiligi yo'lida ko'plab qurilishlarni amalga oshiradi, me'moriy 
binolar qurdirib o'z saroyi qoshida yirik kutubxona tashkil ettiradi. 
Shayboniylardan keyingi davrda taxt tepasiga kelgan Ashtarxoniylar ham o'z 
davrining o'qimishli va yetuk kishilari bo'lganlar. Ularning ko'pchiligi uch tilni 
(turk, fors va arab tillarini) mukammal bilganlar. Dunyoviy va diniy ilmlarni 
egallaganlar. Imomqulixon, Nazarmuhammadxon, Abdulazizxon, Subhonqulixon 
she'riyatda qalam tebratganlar. Masalan, Subhonqulixon Nishoniy taxallusi bilan 
she'r bitgan. Imomqulixon yetuk siyosatchi, insonparvar va ra'iyatparvar 
bo’lganligi uchun ham 30 yildan oshiqroq hukmdorlik qilgan. Uning davrida 
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlik vujudga kelgan. Imomquhxon chiqarilgan 
qonun va farmoyishlarning bajarilishini nazorat qilib borgan. 
Shunga qaramasdan, ashtarxoniylar davrida mamlakatni holdan toydiruvchi 
o'zaro taxt talashishlar, beklar va boylar o'rtasidagi ixtiloflar davom etgan. 
Xalqning o'zaro kurashlardan qiynalayotganligini ko'rgan ijod ahllari, masalan, 
Turdi (Farog'iy), Boborahim Mashrablar o'z asarlarida hukmdorlar, beklar, 
sultonlar va ayrim din rahnamolarini qattiq tanqid ostiga olgan. Chunki ularga 
nisbatan xalqda ishonch qolmagan edi. Ular diyonat, insof, adolat va 
xalqparvarlikdan uzoqlasha boshlagan edilar. Ma'lumki, qayerda diyonat, imon-
e'tiqod, adolat hukm surarkan, o'sha joyda el hukmdordan xursand, o'sha yerning 
shoirlari hukmdorlar madhida bo'lgan, xalqning turmushi, ijtimoiy munosabatlar va 
hodisalar, botiniy va zohiriy ishqning kuychisiga aylangan. O'zaro nizolar esa 
xalqni hayotdan bezdiradi. Tarafkashlik kuchayadi. Tinch va osuda hayot, 
ra'iyatparvar hukmdorlar xalqning orzusiga aylanadi. Shu boisdan Turdi o'z 
asarlarida mamlakatni parchalab, boylik to'plashga intilayotgan yuqori tabaqa 
vakillarini tanqid ostiga oladi.
Jamiyat hayotining taqdiri butunlay ruhoniylar qo’liga o'tgach, ya'ni XVII 
asr oxiridan boshlab Markaziy Osiyo madaniyatida tushkunlik kayfiyatlari 
kuchaydi. Tasavvuf ta'limotining ildizlari jamiyat ma'naviy hayotining ko'pgina 


119 
sohalariga chuqurroq kirib bordi. Ayniqsa, tasavvufning qalandarlik oqimining 
ta'siri kuchaydi. Qalandarlar tasavvuf ta'limotini yoyishning qudratli vositasiga 
aylandilar. Ular nafaqat diniy ta'limotni, balki tarki dunyochilikni targ'ib qilishni 
ham asosiy vositasiga aylanganlar. Shuningdek, ular devonalik yo'li orqali 
adolatsizlikka qarshi kurashganlar ham. 
Umuman olganda, bu davr abadiy jarayonida bir tomondan ko'proq botiniy 
va zohiriy ishq-muhabbatni kuylash ko'zga yaqqolroq tashlansa, ikkinchi 
tomondan, riyokor dindorlar, ochko'z boylar, boylik to
l
plashga intiluvchi beklar 
tanqid ostiga olinadi, uchinchi tomondan esa, inson qismati taqdirning azaliy 
hukmi ekanligi g'oyasi ilgari suriladi. Ham Shayboniylar, ham Ashtarxoniylar o


saroylari qoshida ko'plab san'atkorlarni to'plab, ularga homiylik qilganlar. Natijada 
nafaqat she'riyat va me'morlik san'atlari, balki musiqa san'ati ham taraqqiy etadi. 
Ikkala sulola hukmronligi davrida mohir sozanda va xonandalar, shoir-
bastakorlardan Mavlono Kavkabiy, Mavlono Rizo, Mavlono Pirmuhammad Kulol, 
Ali Do'st Noiy, Amir Ali Akbar Samarqandiy, Amir Masti Kobuziy va boshqalar 
xalq orasida mashhur bo'lgan. 
XVI-XVII asrlarda yashagan Mavlono Kavkabiy va Darvesh Ali Changiylar 
musiqashunoslikka oid asarlar yaratishib, kuy va qo'shiq, ularning turlari hamda 
shakllari masalasini yoritib berdilar. Masalan, Hasan Xoja Nisoriyning yozishicha, 
“Va mullo Kavkabiy musiqa sohasida Ubaydullaxon nomiga bir risola tasnif etib, 
unda ta'lif va iyko' haqida so'z yuritgan, hajm, jinslar bahsini ham keltirib, yettita 
bo'lgan birinchi tabaqa zarbidan va o'n uchta bo'lgan ikkinchi tabaqa zarbidan hosil 
bo'luvchi 12 maqomni 6 ovozda nazm qilib, manzumaga kulliyot bog'langankim. 
musanniflar bir ovozdan bu dilkash amalga tahsinlar aytib kelmoqdalar”. Kavkabiy 
maqom yo'llari va musiqaning nazariy tomonlarini yoritib bergan. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish