O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi


Me'morlik va musiqa madaniyati



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

Me'morlik va musiqa madaniyati. 
Shayboniylar davrida nafaqat 
hukmdorlar, balki o'z davrining ko'zga ko'ringan va katta moddiy imkoniyatga ega 
bo'lgan shaxslari ham ko'plab me'moriy yodgorliklar qurganlar. Bu davrda 
Samarqandda Muhammad Shayboniyxon qurdirgan Xoniya, Abu Said nomli 
madrasalar, Buxoroda shahar devonining ta'mirlanishi, Mir Arab (Ubaydullaxon 


120 
qurdirgan), Abdullaxon, Modarixon (Abdullaxon o'z onasiga atab qurdirgan). 
Govkushon, Fatxulla Qushbegi, Muhammad Xoja Porso, Juybor, Ko'kaldosh, 
Qulbobo madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, Baland, Chor Bakr, Abdullaxon 
masjidlari, toqi Sarrafon, toqi Zargaron, toqi Urdfurushon, toqi Tirgaron, toqi 
Telpakfurushon kabi beshta toqilar, Abdullaxon timi, Toshkentda Ko'kaldosh va 
Baroqxon madrasalari, Kaffoli Shoshiy maqbarasi, Turkistonda Muhammad 
Shayboniyxon masjidi, Balxda Abdullaxon va Quibobo Ko'kaldosh madrasalari 
hamda boshqa me'moriy yodgorliklar qurilgan.
 
Ashtarxoniylar davri ham ko'plab me'moriy yodgorliklarning bunyod 
etilganligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Buxoroda Abdulazizxon, Ubayduhaxon 
madrasalari, Boqi Muhammad va Ubayduhaxon masjidlari, Subhonqulixon 
qurdirgan kasalxona, madrasa, Balx shahrida Nazar Muhammad va Subhonqulixon 
madrasalari, qator chorbog'lar, Mozori Sharifda Hazrat Ali qabridagi gumbaz va 
boshqa binolar barpo etiladi. Albatta, Ashtarxoniylar davrida ham o'ziga to'q 
kishilar, amirlar, amaldorlar ham o'zlarining mablag'lariga ko'plab me'moriy 
yodgorliklar qurdirganlar. Masalan, XVII asrda Xivada Arab Muhammadxon, 
Xojamberdi, Sherg'ozixon madrasalari qurilgan bo'lsa, Buxoroda Poyandibiy otaliq 
masjidi, Shodimbek, Nazrdevonbegi madrasalari, Bozori Gusfand madrasasi, 
Samarqandda Amir Yalangto'shbiy tomonidan Registon maydonida Sherdor va 
Tillakori madrasalari bunyod etilgan. 
Bunday ulug'vor va hashamatli binolar hukmdorning qudratidan dalolat 
berishini, ularning nomlarini abadiylashtirishning eng maqbul yo'li ekanligini 
anglab yetganlar. Shuning uchun ham Shayboniy hukmdorlar bir tomondan nafaqat 
Buxoro, balki o'zlari bosib olgan boshqa shaharlarda ham ko'plab madrasalar, 
masjidlar va xonaqohlar qurdirgan bo'lsalar, ikkinchi tomondan, o'zidan oldin yetti 
iqlimni bo'ysundirib o'zining qudratini namoyish qilgan Amir Temurga g'ayrlik 
bilan qaraganlar va Temur tomonidan bunyod etilgan eng hashamatli va 
ulug'vorlikda boshqa me'moriy yodgorliklardan ustun bo'lgan “Oqsaroy”ni vayron 
qilishga harakat qilganlar “Oqsaroy”ni XVI asrdayoq Shayboniylar xonadoniga 


121 
mansub yangi hukmdorlar nafaqat a'lo sifatli g'ishti uchun, balki saroy 
bunyodkorining ulug'vor xotirasini unittirish uchun ham buzib tashladilar. 
Xulosa qilib aytganda, temuriylar davridan keyingi madaniy hayotda adabiy-
badiiy jarayon sezilarli darajada rivojlanishda davom etdi. Lekin hayotning barcha 
sohalarini qamrab olgan mutanosiblik ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga, 
ayniqsa, aniq fanlar taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Shuningdek, diniy 
mutaassiblik ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga ham salbiy ta'sir ko'rsatgan. 
Natijada moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish oldingi davrlar – ilk 
Uyg'onish va temuriyiar davriga nisbatan birmuncha sust rivojlangan. Aholining 
ilm-fanga boigan qizikishi ham, ilmiy tafakkur taraqqiyoti ham bir qadar susaya 
borgan. Bu davr madaniyatining xarakterli xususiyati o'zligini anglashga bo'lgan 
intilishning kuchaya borganligi bilan xarakterlanadi. Natijada tarix fani taraqqiy 
etdi, hukmdorlarning nomlarini abadiylashtirishga bo'lgan intilishlari esa 
me'morchilikning rivojiga olib keldi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish