Markaziy Osiyo hududidagi uch xonlik va madaniy hayot.
XVIIasrning
birinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyo hududida uchta yangi davlat: Buxoro
amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklari vujudga keldi. O'rta asrlarda butun dunyo
madaniyati va ma'naviy hayotiga o'zining muhrini bosa olgan hududlarda iqtisodiy,
siyosiy va madaniy hayot butunlay izdan chiqa boshladi. Bu uchala davlatda ham
beqarorlik, o'zaro yakdillikka rahna solindi. Jaholatparastlik kuchaydi. Fan va
madaniyatga bo’lgan e'tibor susayib, o'zaro iqtisodiy, madaniy va savdo-sotiq
aloqalari izdan chiqa boshladi.
XVIIIasr madaniyatining asosiy xususiyati – ma'naviy hayotida o'ta tushkun
kayfiyatning hukmronlik qilishidir. Bu davrda tabiiy fanlar rivoji uchun barcha
yo'llar berkitib qo'yilgan, hukmdorlar ruhiyatiga zid keladigan barcha g'oyalar va
qarashlarga keskin zarba berilgan. Mintaqa madaniy hayotida muhim rol o'ynagan
buyuk karvon yo'llarining ahamiyati ham ancha susaygan edi. Din va davlatning
kuchi bir joyga birlashtirildi. Shu boisdan endigina shakllanayotgan demokratik
fikrlar ana shu qudratli kuch oldida ojizlik qilib qoldi. Jamiyatning yakka
mafkuraviy hukmroni hisoblangan din jamiyatning moddiy va ma'naviy
122
taraqqiyotiga, uchala xonlikda istiqomat qiluvchi xalqning yakdilligiga to'sqinlik
qildi.
Bu davr madaniyatining asosiy tomonlaridan yana biri – xalq og'zaki ijodi va
xalq tomosha san'atining rivojlanganligidir. Bu davrda xalq baxshilari, sozanda va
xonandalari, qiziqchilari va masxarabozlari xalq tomonidan yaratilgan ko'plab
hikoyatlar, rivoyatlar, dostonlar, masallar va matallarning haqiqiy targ'ibotchilariga
aylandilar. Bu davrda “Yusuf va Zulayho”, “Tohir va Zuhra”, “Bo'z o'g'lon”,
“Yusuf va Ahmad” kabi dostonlar vujudga kelgan bo'lsa, “Alpomish” va
“Go'ro'g'li” dostonlarining ko'plab variantlari yaratila boshlandi. Qiziqchi va
masxarabozlar hamda qo'g'irchoqbozlar esa xalqning nochor ahvolini tasvirlovchi
sahna ko'rinishiarim, hukmdorlar, boylar va ularning gumashtalari munofiqliklarini
fosh etuvchi kichik-kichik asarlarni namoyish qildilar.
Umuman olganda, xalq og'zaki ijodi va tomosha san'ati targ'ibotchilari
hisoblangan baxshilar va san'atkorlar o'zlarining ijodlari hamda tomoshalari bilan
uchala xonlikda istiqomat qiluvchi, yagona diniy e'tiqodga. Turmush tarzi va
ma'naviyat qadriyatlariga ega bo'lgan elatlarning boshini bir joyga qovushtirishga
va milliy o'zligini anglatishga xizmat qildilar.
XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida adabiy jarayon quyidagi uch
yo'nalishda mavjud bo'lganligini ko'rish mumkin. Birinchi yo'nalish saroy
adabiyoti doirasidagi, ikkinchi yo'nalish unga qarama-qarshi yo'nalishdagi va
uchinchi yo'nalish – bu azaliy an'analarga sodiq qolgan va uning rivojlanishiga
ulkan hissa qo'shgan ijodkorlarning faoliyati shaklidagi adabiy jarayondir.
Birinchi yo'nalishda ijod qilgan shoirlar asosan hukmdor va yirik mulk
egalarining madhi bilan shug'ullanganlar. Ikkinchi yo'nalishda ijod qilgan shoirlar
esa o'z asarlarida ko'proq xalqni talash evaziga boylik orttirayotgan, elga zulm
o'tkazayotgan amaldor va boylarni tanqid ostiga olganlar. Xalqning ularga bo'lgan
noroziliklari hamda g'azabini tasvirlaganlar. Masalan, bu davrda ijod etgan
Muhammad Sharif Gulxaniy, Maxmur, G'oziy kabilarning asarlari xalqning nochor
ahvoli, boy-badavlat kishilar, amaldorlar, riyokor nihoniylarning qilmishlarini
tasvirlab beradi.
123
Uchinchi yo'nalish – azaliy an'analarni davom ettirgan ijodkorlar o'z asarlari
orqali o'tgan asrlar davomida shakllanib va rivojlanib kelayotgan poetik ijodning
hali noma'lum bo'lgan qirralariga qo'l urib, o'zlarining lirik g'azallari bilan inson
ruhiy kechinmalarining sahifalarini ochib beradilar. Bu an'anaga sodiq qolgan
shoirlar har uchala xonlik hududida o'ziga xos ijodiy-badiiy jarayonni vujudga
keltira olganlar. Bu davrda Qo'qon xonligida Amiriy taxallusi bilan g'azallar bitgan
Qo'qon xoni Umarxon, uning rafiqasi, Nodira taxallusi bilan ijod qilgan
Mohlaroyim, shuningdek, o'z davrining mashhur shoirlari sanalgan Uvaysiy,
Mahzuna, Maxmur, Mushtariy, Fazliy Namangoniy kabilar ijod etganlar. Buxoro
amirligi hududida esa “Malik ush-shuaro” nomini olgan Mushfiqiy, Shahrisabzda
ijod qilgan Xiromiy o'z davrining yirik iste'dod egalari bo'lganlar. Xiva xonligida
Munis Xorazmiy va Ogahiylar mashhurlikda tengsiz shoirlar edi. Munis nafaqat
o'zining lirik g'azallari bilan dovrug' taratgan, balki hokimiyat uchun kurashib, xalq
boshiga og'ir kunlarni solayotgan, ko'plab kulfatlarning sababchilari bo'lgan
hukmdorlar va boylarni tanqid ostiga olgan. Ogahiy she'riyati esa o'zining
xalqchilligi, fikrlar nafisligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi.
Bundan tashqari, Ogahiy tarixchi olim sifatida ham mashhur bo'lgan. U XIX
asrda Xiva xonligi va uning atrofidagi davlatlar tarixini yoritib beruvchi “Zubdat
ut-tavorix”, “Riyoz ud-davla”, “Jomiy ul-voqeoti Sultoniy” nomli asarlar yozgan.
Shuningdek, Ogahiy ko'plab tarixiy asarlar, masalan, Muhammad Mahdixonning
“Nodirnoma”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Muhammad Mun-Yusuf
Munshiyning “Tazkirai Muqimxoniy”, Nizomiddin Ahmad Xiraviyning “Tabaqoti
Akbarshohiy”, Rizoqulixon Hidoyatning “Ravzat us-safoi Nosiriy” kabi asarlarini,
Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Sa'diy Sheroziyning “Guliston”, Xusrav
Dehlaviyning “Hasht bihisht”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho”,
“Solomon va Ibsol”, “Bahoriston”, Badriddin Hiloliyning “Shohu gado”,
Vosifiyning “Badoye' ul-vaqoye'” asarlarini hamda falsafiy-axloqiy mavzudagi
Kaykovusning “Qobusnoma”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”
asarlarini o'zbek tiliga tarjima qildi.
124
Xulosa qilib aytganda, uchta xonlikning vujudga kelishi, eng avvalo,
hududiy va milliy parchalanishning yaqqol namunasi bo'lgan. O'z navbatida, milliy
parchalanish milliy yakdillikni yemirib, mahalliychilikning avj olishiga zamin
hozirlab berdi. Milliy parchalanish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab milliy
va ma'naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulni kuchaytirdi, davlatlarning iqtisodiy va
harbiy qudratini yemirib tashladi. Milliy parokandalik Markaziy Osiyo xalqiarini
Rossiya imperiyasiga iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy qaramlikka olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |