О‘simliklarda mineral elementlarni о‘zlashtirilishi Mineral elementlar ularning tashilishi va sitokinin kabi о‘simlik garmonlari yetishmasligi vaqtida
qayta tashilish xolatiga qarab klassifikatsiya qilinadi.
1-Guruh: Uglerod birikmalari tarkibigi kiruvchi mineral oziq moddalarining kamchiliklari. Bu
birinchi guruh azot va oltingugurtdan tashkil topadi. Tuproq hosildorligida azotning bо‘lishi tabiiiy va
qishloq xо‘jalik ekologik tizimlarida о‘simliklar olami uchun zaruriy holat hisoblanadi. Shu bilan birga
tuproqlar ortiqcha holda oltingugurt ham saqlaydi. Tuproqdagi azot va oltingugurtning birgalikda bо‘lishi
ularning oksidlanish-qaytarilish xossalarining keng chegaralarda о‘zgarib turishi bilan bog‘liq. Yuqori
oksidlanishgacha davom etuvchi bir qancha enegiyani kо‘p о‘zlashtiruvchi reaksiyalar uchun noorganik
moddalar tuproqdan aminokislotalar kabi organik moddalar tarkibidan kuchli qaytarilgan holda
о‘zlashtirib olinadi.
Azot о‘simliklar eng kо‘p talab qiladigan elementlar qatoriga kiradi. U о‘smliklar hujayralarining
juda kо‘p tarkiblariga kirishi bilan birga aminokislotalar va nuklein kislotalar tarkibida ham asosiy
element xisoblanadi.. Shu bois azotning yetishmasligi о‘simliklar rivojlanishini juda tez susaytirib
qо‘yadi. Azotning yetishmasligi uzoq vaqt saqlanganida kо‘pchilik tur о‘simliklarda о‘simlik asaslariga
yaqin joylashgan qari barglarda xloroz kuzatiladi (barglarning sarg‘ayishi).
Azotning og‘ir yetishmovchiligida bu barglar butunlay sarg‘ayib ketadi (yoki oftobda qorayib
ketadi) va tо‘kiladi. Yosh barglarda azotning yetishmasligi darhol namoyon bо‘lmaydi chunki qari
barglardagi azot yosh barglarga tashib berilishi mumkin. Shu yо‘sinda о‘simliklarda azot yetishmasligi
yuqori qismlardagi yosh barglarning yorqin yashil rangdaligi va sariq yoki jigarrang tusdagi pastki qari
baglarning paydo bо‘lishi bilan izohlanadi.
Azot yetishmasligi vaqtida о‘simliklar sekin rivojlanadi. Barglar esa sezilarli darajada yupqa
bо‘lib, yog‘ochlangan poyalar paydo bо‘ladi. Yog‘ochlanish jarayoni ainokislotalar va boshqa azot
saqlovchi birikmalar sintezlanishi uchun kerakli uglevodlarning о‘simliklarda tо‘planib qolishi bilan
izohlanadi. Azot metabolizmida ishtirok etmagan va о‘simliklarda tо‘planib qolgan uglevodlar
antotsianlar sintezlanishiga va bu pigmentning tо‘plpnishiga olib keladi. Bu jarayon natijasida pomidor va
makkajо‘xorining bir necha turlarida, azot yetishmasliga sababli, barglar bandlari va poyalar tо‘q qizil
rangga kiradi.