Aralash ta’sirli preparatlar.
Ya’ni depolyarizasiya tipli ta’sirga ega
dori antidepolyarizasiya
ta’siriga ega tipli bilan birga kechadi. M-n: dekametoniyning depolyarizasiyali mushak-nerv sinapsini
blokada qilish qobiliyatini uni ko’p marta qo’llanilganda, antidepolyarizasiyali ta’sir mexanizmi bilan
almashinadi.
Kuraresimon
vositalar
mioparalitik
faolligiga
qarab
quydagicha
o’rin egallaydilar:
pavulon→anatruksoniy→tubokurarin→ditilin→melliktin.
Kuraresimon moddalarning ta’sirida skelet mushaklarning bo’shashishi ma’lum tartibda bo’ladi.
Eng avval yuz va bo’yin mushaklar, keyin qo’l va oyoq, keyin tana, nafas mushaklari va eng oxiridia
fragma mushaklari bo’shashadi, natijada nafas olish to’xtaydi. Ta’sirining davomliligiga qarab
kuraresimon vositalar shartli ravishda 3 guruhga bo’linadilar:
Qisqa ta’sirli (5-10 min) –
ditilin, dekametoniy
o’rtacha ta’sirli (20-40 min) –
tubokurarin, pavulon, diplastin
davomli (uzoq) ta’sirli (60 min va koproq) –
anatruksoniy, melliktin
Ko’pchilik kuraresimon vositalar asosan (tanlab) nerv-mushak sinapslariga ta’sir ko’rsatadilar,
lekin bir qator antidepolyarizasiyalovchi ta’sirli vositalar o’rtacha ganglioblokatorlik faolligiga
egadirlar. Shuning uchun ularni qo’llaganda sinokarotid koptokchasi va buyrak usti bezining miya
qismiga bloklovchi ta’sir etib qon bosimini pasaytiradilar (ayniqsa tubokurarin). Ba’zi kuraresimon
vositalar kuchli atropinsimon (vagolitik) ta’siriga egalar (m-n: anatruksoniy, pavulon) va ishlatilganda
taxikardiya chaqiriladilar. Ba’zi kuraresimon vositalar semiz (tuchniy)
hujayralardan gistamin
ajralishiga olib keladilar va natijada bronxospazm rivojlanadi, qon bosimi pasayadi. Depolyarizasiya
ta’sirli kuraresimon vositalarning qonda kaliy ionlari miqdorini ko’paytiradilar
va aritmiya hamda
mushaklarda og’riq bo’lishiga sabab bo’ladilar.
Kuraresimon vositalarning qo’llanilishi:
Anesteziologiyada traxeyani intubasiyalashda, bronxoskopiyada, chiqqan
va singan suyaklarning
o’z joyiga joylashtirishida, qoqshol kasalligida, elektro-tirishish muolajasida.
Nojo’ya ta’sirlari
:
Qon bosimining pasayishi
(tubokurarin, anatruksoniy)
qonbosiminiko’tarilishi
(ditilin)
taxikardiya
(anatruksoniy)
yurak aritmiyasi
(ditilin)
bronxospazm
(tubokurarin)
ko’z ichki bosimining ortishi
(ditilin)
mushaklarning og’rishi (
depolyarizasiya ta’sirli vositalar
)
Antidepolyarizasiya ta’siriga ega kuraresimon vositalar
dozasi ortib ketganda, ularning
antagonistlari
– antixolinesteraz vositalar qo’llaniladi. (
prozerin,
galantamin
).
Lekin
depolyarizasiyalovchi ta’sirlilarning antagonisti yo`q. Shuning uchun
yangi sitratli qon quyiladi,
chunki ularning tarkibida psevdoxolinesteraza fermenti preparatni gidrolizlaydi (M-n: ditilinni).
Kuraresimon moddalar nafas mushaklarini falajlaganlari uchun nafas olish to’xtaydi, shuning uchun
ularning antagonistlari va suniy nafas (apparati) oldirish imkoniyatlari bo’lmagan hollarda qo’llab
bo’lmaydi.