Бизнес вa тaдбиркорлик олий мaктaби


ELEKTRON TIJORAT RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY



Download 13,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/460
Sana01.07.2022
Hajmi13,48 Mb.
#728314
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   460
Bog'liq
ee9bfe9d1826e21d633179f4e774f8f2

ELEKTRON TIJORAT RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY 
TENDENTSIYALARI 
 
Ishanxodjayeva D.I. – TMI ”Elektron tijorat va raqamli 
 iqtisodiyot” kafedrasi kata o‘qituvchisi
Globallashuv 
jarayonlari 
chuqurlashayotgan va 
milliy 
iqtisodiyotning 
raqobatdoshligi o‘sayotgan pallada telekommunikatsiya sanoati iqtisodiyotning 
alohida olingan sohasi sifatida rivoj topishi hamda iqtisodiyotning boshqa sohalarida 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘lanishiga doir masalalar ustuvor 
ahamiyat kasb etmoqda. Texnik imkoniyatlar kengayishi va mazkur sanoatning 
salohiyatini amaliyotda to‘laqonli qo‘llash milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini 
kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi hamda shu tarzda xususiy va davlat tuzilmalarining 
strategik barqarorligini ta’minlaydi. Jahon bozorining zamonaviy rivojlanish 
yo‘nalishlariga 
ko‘ra, 
axborotkommunikatsiya 
texnologiyalari 
sohasida 
innovatsiyalarning kiritilishi va ularning samarali qo‘llanishi korxonalarda boshqaruv 
va texnologik jarayonlarning samaradorligini oshirishga zamin yaratib, iqtisodiyotning 
turli jabhalarida mavjud tovar va xizmatlar bozorlarini kengaytirib, yangi bozorlarni 
yaratish uchun sharoit yaratadi va shu orqali aholi turmush tarzi yaxshilanishiga sabab 
bo‘ladi.
Yaqin vaqtlar ichida O‘zbekiston Respublikasi aholisida uyidan yoki ish joyidan 
chiqmagan holda oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib maishiy va kompyuter texnikasini 
sotib olish, mobil aloqa, internet, telefon va kommunal to‘lovlarni amalga oshirish, 
shuningdek, kino va teatrga chiptalar sotib olish imkoniyati yuzaga keladi. Ortiqcha 
vaqt sarflab, do‘konma-do‘kon yurishning hojati qolmaydi. Internet orqali ishlaydigan 
ushbu tizimning xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektron raqamli imzodan 
foydalanilmoqda. Xullas, elektron to‘lovlar bozori tobora ishtirokchilar bilan 
gavjumlashib, elektron pul vositasida yuzaga keladigan va mamlakat iqtisodiyoti 
rivojiga hissa qo‘shadigan samarali tizim shakllanmoqda. Bundan kim ko‘proq 
manfaatdor?! Xizmatlari uchun to‘lovni olayotgan kompaniyalar (mobil aloqa, telefon, 
internet va kommunal xizmatlar) aholidan imkon qadar oson usulda va yanada ko‘proq 
mablag‘ to‘plamoqda. O‘rtada vositachi vazifasini bajarayotgan tizimlar ham 
xizmatlari evaziga o‘z hisoblarini boyitmoqdalar. Ushbu jarayonda ishtirok etuvchi 
banklar ham manfaat ko‘ryapti. Mijoz esa to‘lashi lozim bo‘lgan xizmatlar haqini 
hamda sotib oladigan mahsulotlarini ortiqcha vaqt sarflamay, o‘ziga qulay payt va 
sharoitda amalga oshiryapti.
Demakki, jarayon ishtirokchilarining biror biri foydadan chetda qolmaydi. 
O‘zbekiston iqtisodiyoti bosqichma-bosqich rivojlanishi natijasida biznes faoliyatini 
yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa, elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. 
Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron tijorat so‘zining 
ma’nosini tushunishga harakat qilgan. (kompaniya ichida axborot almashish) va 
ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. 


496 
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunida elektron 
tijoratga quyidagicha ta’rif berilgan: “Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga 
oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir 
tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir”.
O‘z navbatida Elektron tijorat tizimi uch sinfga bo‘linadi: chakana savdoni tashkil 
etish bo‘yicha (biznes-iste’molchi, B2C); biznes hamkor bilan aloqalar o‘rnatish 
(biznes-biznes, B2B); iste’molchilar o‘rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); 
Misol sifatida – virtual auksion www.Ebay.com ni keltirish mumkin. Elektron tijorat 
quyidagi o‘ziga xos qulaylik va ustunliklarga ega: xalqaro operatsiyalarda axborot 
olish tezligi oshadi; ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi; arzon kommunikatsiya 
vositalaridan foydalanish evaziga axborot almashish xarajatlari kamayadi. Kompaniya 
axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash orqali iste’molchi bilan ochiq munosabat 
o‘rnatish, mahsulot va xizmatlar to‘g‘risida xamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan 
ta’minlash, sotuvning muqobil yo‘llari, misol uchun tijorat saytlarida elektron 
do‘konlar ochish va yaratish imkonini beradi.
Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni 
rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo‘llanilgan quyidagi tamoyillarga amal 
qilishmoqda: elektron tijoratni rivojlantirishda korporativ sektor faol rol o‘ynashi 
lozim; elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli 
cheklovlar qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaslik lozim; davlat hokimiyati elektron tijorat 
jarayoniga, ushbu soha sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va huquq bazasini 
takomillashtirish maqsadida aralashishi mumkin; elektron tijoratni boshqarish chora-
tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Internetning o‘ziga xosliklarini inobatga 
olishi lozim; elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo‘linish va davlat 
chegaralariga bog‘liq bo‘lmagan ravishda, global miqyosda sodir bo‘lishi lozim. 
Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O‘zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o‘z 
mavqeini mustahkamlab bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, elektron tijorat 
infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida 
paydo bo‘lishini ta’minlash zaruratini keltirib chiqaradi. Bu muammolarning tezkor va 
aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi.
Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng 
tarqalgan bo‘lib, ularning to‘g‘ri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar 
vujudga kelishi mumkin. Ajratilgan ulanish (ADSL modem hamda WiFi) uchun yetarli 
shartsharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq 
qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu o‘z navbatida xizmat sifatining 
yetarli 
darajada 
bo‘lmasligiga 
olib 
keladi. 
Ikkinchidan, 
internetdan 
foydalanuvchilarning miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan 
shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi. To‘g‘ri 
oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu faqatgina 
ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir viloyat markazlar) o‘smoqda. 
Ko‘pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha qolmoqda.
Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo‘lmasdan turib elektron tijorat 
faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir. Uchinchidan, jismoniy 
shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to‘lovini amalga oshirishni 
ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklar tomonidan 


497 
chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib 
to‘lovni amalga oshirish mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar 
yordamida, to‘lovni qabul qilish uchun o‘rnatilgan maxsus modullar orqali, 
to‘g‘ridanto‘g‘ri on-line do‘konlarida to‘lovni amalga oshirish mumkin. Asosiy 
muammo shundaki, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line banking xizmati 
keng tarqalmagan. On-line banking bank mijozlari uchun Internet tarmog‘ida yoki 
mobil aloqa yordamida o‘z hisoblarini boshqarish va to‘lovlarni amalga oshirish 
imkonini beradi.
Bir necha banklar tomonidan shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston o‘zining yuqori 
darajali intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining 
qirg‘og‘ida qolib ketmasligi zarur. Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun 
quyidagi natijalarni beradi: Elektron tijoratning rivojlanishi O‘zbekiston mehnat bozori 
tuzilmasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish 
minglab yangi ish o‘rinlarini yaratadi. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, 
tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat 
rivojlanishining bir paytda sodir bo‘lishi eksport imkoniyatlarining oshishiga olib 
keladi. Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishi, marketing
menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari 
yildan-yilga o‘sib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Uning rivojlanishi 
milliy ishlab chiqaruvchilarga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish 
imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha tanlangan va 
amaldagi yo‘ldan to‘g‘ri borish, kelajakda O‘zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining 
yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha 
mavjud muammolarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘li tanlanganligi xalq farovonligida, 
jamiyat timizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishida o‘z aksini topadi. 

Download 13,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   460




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish