1.8. Shoshilinch yordam k o ‘rsatish
tizimi
Keyingi yillarda 0 ‘zbekiston t a ’lim va sogMiqni saqlash tizimida
katta o^garishlar ro ‘y berdi. Islohotlarning eng m uhim yo ‘nalish-
laridan biri shoshilinch tibbiyot xizmatining shakllanishidir. Turli
bosqichlarda shoshilinch yordam ni tashkillashtirish, diagnostika va
davolash usullariga, kadrlar tayyorlash va o ‘qitishga zam onaviy
yondashish 15—20 yil oldin boNganidan k o ‘p jihatdan farq qiladi.
0 ‘z - o ‘zidan shoshilinch
tibbiyot xizmati xodimlariga, shifokorlarga
h am da o ‘rta tibbiyot xodimlariga talablar kuchaydi. 0 ‘rta tibbiyot
x o d im in in g roli sezilarli ortdi. H olbuki, k o ‘pchilik rivojlangan
mamlakatlarda gospitalizatsiyagacha b o ‘lgan bosqichda shoshilinch
yordam ko‘rsatish o ‘rta tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklanadi. Baxtsiz
h o d isa la r G arohatlanish,
suyak sinishi, kuyish, z a h a rla n is h , to k
urishi va h.k.) va t o ‘satdan o ‘tkir kasallik - hayotga xavf soladigan
holatlar (hushdan ketish, yurak sanchig‘i va boshq.) ro‘y berganda,
kechasi-yu kunduzi k o ‘rsatiladigan yordam turi
shoshilinch yordam
ko'rsatish
deyiladi. Shoshilinch yordam hodisa yuz bergan joyda
(ko‘chada, uyda, ishda), bemorni kasalxonaga olib keta turib va tez
h a m d a s h o s h ilin c h tibbiy y o r d a m i b e riladiga n s h if o x o n a la rd a
ko‘rsatiladi.
Kasalxonagacha shoshilinch yordam ko ‘rsatish
xizm atini tez
tibbiyot xizmati xodimlari amalga oshiradi (shahar tez tibbiy yordam
ko‘rsatish shoxobchalarida). Tez tibbiy yordam k o ‘rsatish xodimlarini
chaqirish u c h u n yagona telefon raqami (103) joriy etilgan.
Tez tibbiy yordam shoxobchasi xodimlari m ehnatga qobiliyat-
sizlik varaqalari, sud-tibbiy eksperti xulosalari, shuningdek, bem or-
larga yoki qarindoshlariga yozma m a ’lumotlar berish huquqiga ega emas.
Shoshilinch tibbiy yordam barcha davolash-profilaktika muassasa-
larida ko‘rsatilishi shart. Qishloq joylarda kunning istalgan paytida tez
tibbiy yordam k o ‘rsatish, shifokorlar va o ‘rta
tibbiyot xodimlari
zimmasiga yuklangan. Olis va borish qiyin b o ‘lgan joylarda sanitariya
aviatsiyasi vositalari bilan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
T e z tibbiy y o rd am m ashinalari radiolashtirilgan b o ‘lib, ikki
t o m o n la m a telefon aloqasi bilan t a ’m in lan g a n , nafas va narkoz
berish a p p a ra tla ri, kislorod ingalatorlar va e le ktrokardiograflar
bilan jihozlangan. S h a h a rd a va yirik qishloq h u d u d la rid a ixtisos-
lashtirilgan brigadalar: r e a n im a ts io n , k ardiologik, ne vrologik,
toksikologik,
pediatriya, intensiv terapiya brigadalari tashkil etilgan.
Bu — uyda va y o ‘lda keta turib, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam
k o ‘rsatishga im k o n beradi.
28