472
Uzum hosildorligi bo‘yicha esa Farg‘ona (270,8 sentner/ga), Andijon
(224,1 sentner/ga) va Buxoro (203,8 sentner/ga) viloyatlari yuqori
ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bo‘lsa, Surxondaryo viloyati (99,0
sentner/ga), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (98,2 sentner/ga)
va Jizzax
viloyatida (86,9 sentner/ga) eng past ko‘rsatkich qayd etilgan.
Yurtimizning janubiy mintaqasi bo‘lgan Surxon vohasi o‘ziga xos
iqlim sharoitlariga ega va bu ayrim mevali daraxtlarni, jumladan, anor,
xurmo, anjir va boshqalarni yetishtirish imkonini beradi. Bundan
tashqari, viloyatda mevalar boshqa viloyatlarga nisbatan ertaroq pishib
yetiladi.
Ushbu
imkoniyatlardan
samarali
foydalangan
holda
Surxondaryo
viloyatida
mevachilikdan
yuqori
daromad
olish
imkoniyatlari mavjud va shu imkoniyatlardan foydalanish lozim.
Jumladan, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani anor,
Oltinsoy
tumani uzum, Denov tumani xurmo, Sariosiyo, Uzun va Boysun
tumanlari esa olma, gilos, pista kabi mevalarni yetishtirish uchun juda
qulay tabiiy sharoitlarlarga ega. Ushbu
imkoniyatlardan samarali
foydalanish uchun ushbu hududlarda bog‘dorchilikka ixtisoslashgan
fermer xo‘jaliklari va klasterlar faoliyatini rivojlantirish, mevalarni
saqlash inshootlarni ko‘paytirish, mevalarni qayta ishlovchi korxonalar
faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ichki va tashqi bozorlarda sotishni samarali
tashkil etish uchun esa logistika markazlarini tashkillashtirish maqsadga
muvofiqdir.
Tabiiy-iqlim sharoitlari ta’sirida yurtimizda
yetishtirilayotgan
meva va uzumning sifati va ta’m xususiyatlari juda yuqori darajada
bo‘ladi. Shu sababli respublikamizda yetishtirilgan mevalarga xorijiy
mamlakatlarda, ayniqsa Rossiya Federatsiyasida talab yuqori. Shuni
e’tiborga olgan holda, meva va uzum yetishtirishni ko‘paytirish, aholi
ehtiyojlarini to‘liq qondirish hamda xorijiy
mamlakatlarga eksport
qilishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbirlarni izchil amalga oshirib borish
lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-
iyundagi 481-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona
xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona
xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga
ko‘ra, maydoni 35 gektardan ziyod bog‘larda suvdan maxsus
foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo’yicha vakolatli
organlar tomonidan beriladigan tegishli
ruxsatnomaga asosan suv
chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar
473
va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini
qurishga har 35 gektar uchun 120 million so‘mdan oshmaydigan
miqdorda subsidiya ajratiladi. Yangi tokzorlar
uchun esa bir dona
artezian quduq yoki nasos stansiyasi qurishga har 10 gektarga 120 mln.
so‘mgacha subsidiya beriladi, ya’ni subsidiya beriladigan maydon hajmi
3 barobarga kamaytirilgan. Shuningdek, uzumchilikda ishlatiladigan
asbob-uskunalar va texnikalar bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan.
Mamlakatimizda ozuqa ekinlari ekilgan maydon to‘g‘risidagi
ma’lumotlar 20.15-jadvalda keltirilgan. Ushbu jadval ma’lumotlaridan
ko‘rinib turibdiki, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan,
Toshkent va
Farg‘ona viloyatlarida ozuqa ekinlari maydoni so‘nggi yillarda keskin
kamaygan. Vaholanki, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni
ko‘paytirishda chorva mollarini yetarli darajada ozuqa bilan ta’minlash
hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
20.15-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: