394
•
hisob-variantli usul. Bu usulning mohiyati shundan iboratki,
rejaning turli bo‘limlarini ishlab chiqishda ishlab chiqarish tarmoqlarini
bog‘lashning,
ekin
maydonlari
tarkibining,
chorva
mollarini
oziqlantirish
ratsionining,
ishlab
chiqarish
jarayonini
mexanizatsiyalshtirishning turli variantlari ishlab chiqiladi. Reja
variantlarni talashda ikki guruh ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
birinchisi – mahsulot
miqdori va sotish hajmi; ikkinchisi – qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi (mehnat
unumdorligi, mahsulot tannarxi, rentabellik darajasi va hokazo). Ishlab
chiqilgan reja variantlari orasidan eng maqbuli tanlab olinadi.
•
iqtisodiy-matematik usul. Reja-iqtisodiy ma’lumotlarni qayta
ishlash, reja topshiriqlarining optimal variantlarini
iqtisodiy-matematik
usullar va kompyuter texnologiyalarini larni qo‘llamasdan aniqlab
bo‘lmaydi. Ushbu usul rejaning eng maqsadga muvofiq (optimal)
variantlarini aniqlashda, iqtisodiy, tashkiliy hamda texnik jarayonlarni
optimallashtirishda keng foydalaniladi. Masalan,
ekin maydonlarini,
poda strukturasini hamda mexanizatsiya ishlarini traktor markalari
o‘rtasida taqsimlashning optimal yo‘llarini aniqlashda juda qo‘l keladi.
Iqtisodiy-matematik usulni qo‘llashda kompyuter texnologiyalari bilan
bir qatorda zarur dasturiy ta’minot ham muhim ahamiyatga ega. Katta
hajmli ma’lumotlarni qayta ishlashda STATA, Eviews,
SPSS kabi
maxsus dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi.
•
dasturiy-maqsadli usul. Ushbu usul muhim ilmiy-texnikaviy,
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks dasturlar
ishlab chiqish hamda ularning asoslanganligini va yakuniy natijaga
yo‘naltirilganligini oshirishda ishlatiladi. Bu usul uzoq muddatli istiqbol
rejalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lad
Rejalashtirish tamoyillari va uslubiyotidan foydalanib rejalashtirish
tizimi ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi. Rejalashtirish uchun talab
etiladigan dastlabki ma’lumotlar
hamda istiqbol, joriy, operativ va
biznes-rejalarni ishlab chiqish – rejalashtirish tizimini tashkil etadi.
Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki (birlamchi)
ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
395
- xo‘jalikning o‘tgan yillarda erishgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
ko‘rsatkichlari;
- davlat buyurtmalari bo‘yicha nazorat ko‘rsatkichlari;
- ilmiy-ishlab chiqarish tavsiyalari;
- ilmiy asoslangan limitlar, normalar va normativlar;
-
istiqbolda
rivojlanishning
texnikaviy-iqtisodiy
prognoz
ko‘rsatkichlari;
- hududiy xo‘jalik yuritish tizimining shart-sharoitlari va usullari.
Rejalashtirish uchun dastlabki ma’lumotlar bazasi sifatida o‘tgan
yillarda korxona erishgan ishlab chiqarish natijalari va boshqa ijtimoiy-
iqtisodiy ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi. Buning uchun o‘tgan yillar
uchun
statistik, moliyaviy va operativ hisobotlar ko‘rsatkichlari chuqur
tahlil etiladi va ular asosida joriy yoki kelgusi yillar uchun reja
ko‘rsatkichlari belgilab olinadi.
Mahsulot ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiy, mehnat va
moliyaviy resurslarni
sarflash normativlari, ilmiy-ishlab chiqarish
sohasida to‘plangan tajribalar va tavsiyalar, istiqbolda rivojlanishning
prognoz ko‘rsatkichlari rejalashtirish jarayonining haqqoniyligi va ilmiy
asoslanganligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: