S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

S O ‘ F I O L L O Y O R
0 ‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi diniy-tasawufiy qarashlami 
falsafiy badiiy-tashviqiy yo'sinda davom ettirib, bir qancha salmoqli 
masnaviy asadar yaratgan ilohiyotchi mutafakkir shoirlardan biri 
So‘fi Olloyordir. Uning o'ziga xos boy merosini chang g'uborlardan 
tozalab, xolis o'rganish va baholashga mustaqillik yillarida kirishildi. 
Hozirgacha bir qancha muhim ilmiy-tadqiqotlar yuz aga keldi. «Sabot 
ul-ojizin» asari ikki m arta chop etildi.
Uning adabiy merosi va o'zbek adabiyotidagi a n ’analari bo'yicha 
iste’dodli adabiyotshunos olim va mudarris I. Suvonqulov 1997 yili 
doktorlik dissertasiyasi yoqladi, o'nlab ilmiy maqolalar, risolalar 
nashr ettirdi. Professor Sh. Sirojiddinovning 2001 yili nashr qilingan 
«So'fi Olloyor ilohiyoti» asari ham bu mutafakkir shaxsning «Sabot 
ul-ojizin» asaridagi zohiriy ham da botiniy mazm unni, bu asaming 
diniy-islomiy asarlar turkum ida tutgan o'ziga xos o'm ini belgilashda 
muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Keyingi yillari taniqli adabiyotshunos olim lardan akdem ik
B.Valixo'jaev, I.Haqqulov, R.Sayfiddinov, Zohid Rashid, Nilufar 
Olloyorova, Nodira Baratovaning maqola va tadqiqotlarida mutafakkir 
shoir merosining turli jihatlari yoritildi.
Hayoti va faoliyati.
So'fi Olloyor o'zbek mum toz adabiyotida 
islomiy-irfoniy adabiyot a n ’analarini davom ettirib, o'ziga xos adabiy 
maktab yaratgan iste’dodli shoir, adib va ilohiyotchi mutafakkirdir. 
U 1644 yili K attaqo'rg'on bekligiga qarashli Minglar qishlog'ida 
xitoy-qipchoq qabilasining o 'tarchi urug'idan bo'lgan Olloquli 
(Temiryor) xonadonida dunyoga kelgan. Shayxlar qishlog'idagi 
ibtidoiy maktabdan so'ng 12 yoshlarida Buxoroga madrasa tahsilini 
olish u ch u n borgan. U ning otasi o'qim ishli, taqvodor b o 'lib , 
o'g'illarining, jum ladan, Olloyoming islomiy ilm olishiga alohida 
e ’tibor bergan. Olloqulining katta o'g'li Farhod Otaliq beklik mavqeiga 
k o 'ta r i lg a n , O llo y o r e sa , o 'z z a m o n a s in in g islo m d in i 
rahnamolaridan biri sifatida shuhrat qozongan.
Yosh Olloyor tahsil yillaridan so'ng oz m uddat Abdulazizxon 
saroyining boj yig'uvchilari qatorida davlat xizmatida bo'lgan. Biroq


u bu xizmatni ixtiyoriy tarzda tark etib, jo'ybor shayxlari ta ’sirii va 
o'zining e ’tiqodi qistavi bilan islom ta ’lim otining Buxorodagi 
s a rv a rla rid a n N a v ro 'z E sh o n g a m u rid tu sh ib , o 'z u m rin i 
naqshbandiya yo'liga astoydil bag'ishlagan.
So'fi Olloyoming forsiy tildagi «Maslak ul-muttaqin» asarida 
piri komil hazrati N avro'z haqidagi quyidagi nazm iy qaydlar 
uchraydi.
M azm uni: Asr shohi (B uxoro xoni) Abdulazizxon (1645— 
1680) huzurida xizmatda edim. yegan nonim zahar-zaqqum edi. 
Nogahon Ollohning inoyati bilan ul zotning muhabbatiga bog'landim. 
Ul Ollohning habibi yo'lida bo'lgan murshidning muborak nomi 
Navro'z bo'lib, boshdan-oyog'i dardu so'zdir. Ul zotning vasfini 
bayon etmoq mushkuldir. Uning jazbasi shunchalik tortdiki, eng 
nozik tomirlaru har bir soch tolasigacha harakatga keldi. Darhol 
poyiga tiz cho'kdim va unga qo'l berdim .1
Buxoroi sharifning eng nufuzli shayxlari tahsili va ta’siriida bo'lgan 
Olloyor o 'n ikki yil o'tib, o'zi ham shayxlik unvoniga ko'tariladi, 
dinu diyonat rahnamolaridan biriga aylanadi. So'fi Olloyor bu yillari 
birin-ketin diniy-m a“ rifiy yo'nalishdagi «M aslak-ul-m uttaqin» 
(Taqvodorlar maslagi), «Sabot ul-ojizin» (Ojizlar saboti, najoti), 
«Murod ul-orifin» (Orifiar m urodi), «Najot ut-tolibon» (Toliblar 
najoti) kabi asarlari bilan taniladi. Bu asarlarda biz So'fi Olloyoming 
islom tarixini, Q ur’oni karim ni, Hadisi shariflarni, fiqh ilmini 
chuqur bilgan dinshunos olim ham da ulami badiiy so'z san’ati 
orqali yuksak m ahorat bilan tashviq etishga qodir shoir va adib 
darajasiga ko'tarilganligiga to 'la qanoat hosil qilamiz. Shu asarlari 
orqali u shayx va shoir sifatida musulmon bandalariga salaflari — 
Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniydek hidoyat va najot 
yo'lini ko'rsatib berishga muvaffaq bo'ladi. Bu asarlarida So'fi Olloyor 
dunyoni islom nuri va tasaw uf timsollari ko'zgusida ko'radi, u orqali 
badiiy bir dunyo kashf etgandek bo'ladi.
M a’lumki, So'fi Olloyor va Boborahim Mashrab bir davming 
mutafakkir so'z ustalaridir: H ar ikkala shoir haqidagi qo'lyozma
1
Шуҳрат Сирожидцинов. Сўфи Оллоёр илоҳиёти — I —қисм.—Т., 2001, 9- 
бет.


manbalarda, shuningdek, ulaming o 'z asarlari tarkibida biri so'fiy, 
ikkinchisi q a la n d a r sifatida m ash h u r b o 'lg a n bu avliyosifat 
siymolarning uchrashganliklari, m uloqotda bo'lganliklariga doir 
lavhalar bor. Mashrab So'fi Olloyor bilan diydor ko'rishish orzusida 
uning tug'ilib o'sgan vatani K attaqo'rg'on mavzeida, keyinchalik 
esa, So'fi O lloyom ing G 'u zo rd ag i so'nggi yillar q o 'n im joyi 
Vaxshivorda bo'lgan. «Devonai Mashrab»da bu ikki buYuk zotning 
uchrashuviga oid naql-lavhalar keltiriladi. Bu uchrashuvlar tasodifiy 
bo'lmagan, albatta. H ar ikkala siymoning Haqqa intilishlari, visol 
orzulari bir xildir. H ar ikkalasi ham davming diniy rahnamolari, 
u s to d la ri d a ra ja s id a u lk a n e ’tib o r q o z o n ish ib , m u su lm o n
ummatlarini gunohlardan, noshar’iy harakatlardan saqlanishga da’vat 
etganlar. Biroq bu maqsadni Boborahim Mashrab asosan Haqning 
o'ziga erishish, uning yo'lida riyozat chekishda ko'radi. Shariat va 
dinu islomning boshqa aqida va arkonlarig'a loqayd qaragandek bo'ladi. 
So'fi Olloyor esa, Olloh taolo yaratgan jannatu do'zaxga ham , 
musulmonchilikning boshqa ham m a farzu sunnatlariga ham e ’tiqod 
qo'ygan va ulam i kuchli taig'ib qilgan mutafakkirdir.
S o 'fi O llo y o r o 'z u m rin in g oxirgi y illari B uxoro a m iri 
tom onidan akasi Farhod Otaliqning taqib etilishidan xavfsirab 
G 'u zo r bekligiga ketib, Dehnav muzofotida yashay boshlaydi. U 
ancha uzoq um r ko'rib, 1724 yili Katta Vaxshivor qishlog'ida qazo 
qiladi. So'fi Olloyom ing o 'z jigari Farhod Otaliqqa yozgan bir 
maktub-muxammasida uning o'zga yurtlaiga ketishining sabablariga 
doir ishoralar bor. Allomaning bir o'g'li va ikki qizi bo'lib, ulaming 
q a d a m jo la ri S a m a rq a n d v ilo y ati P a s td a rg 'o m tu m a n in in g
Cho'nqaym ish qishlog'idadir. So'fi Olloyor Buxorodan qaytgach, 
ancha yillar K attaq o 'rg 'o n d a yashaganligi, masjid va xonaqoh 
qurdirganligi haqida m a’lumotlar bor. U hayot kechirgan mahaUani 
So'fi guzari deb atashgan, hozir ham shunday. So'nggi yillari So'fi 
Olloyor tavallud topib, ancha yillar yashagan maskanlarda uning 
sharafiga ilmiy anjum anlar o'tkazildi, xotira, yodgorlik maydonlari 
ochildi, yodgorlik haykallari, m arm ar lavhalar o'm atild i. So'fi 
Olloyoiga zamondosh O'qimishli, orif shoirlardan biri shoir vafotiga 
bag'ishlab marsiya-tarix yozgan. Bu tarix-she’rdagi tarix moddasidan


abjad hisobiga ko‘ra hijriy 1333, milodiy 1724-1725 yil chiqadi. 
Shu tarix-marsiyada So‘fi Olloyoming islom m a’naviyatida tutgan 
o ‘rni yuksak b ah o lan ib , «Abu H anifai vaqt ast» — han afiy
m azhabidagi m usulm onlarning sardori Im om A“ zam Jiloniy 
(Giloniy) bilan bir qatorga q o ‘yiladi. M a’lumki, Im om A“zam
sunniy (hanafiy) m usulm onlarining rahnamosi b o'lib, «Savodi 
A'zam » ilohiyot kitobida Q ur’oni karim va Hadisi sharif asosida 
shariat aqida hamda ahkomlarini tartibga solgan fikh olimlarining 
to‘ng‘ichidir.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish