S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

«Sabot ul-ojizin» asari.
So‘fi Olloyoming masnaviy ilohiynoma 
asarlari ichida aw al forsiy tilda yaratilgan, keyin o ‘zi tom onidan 
turkiy tilda ham nazm silkiga tushgan «Sabot ul-ojizin» masnaviysi 
alohida ahamiyatga egadir. Bu asarida mutafakkir shoir Qur’oni karim 
oyatlarini, Hadisi sharif hikmatlarini, musulmon um m ati uchun 
farz va sunnat bo‘lgan axloq normalarini masnaviy shaklida ifodalagan. 
Shu tariqa, sabotga muhtoj ojizlarga to ‘g‘ri yo‘lni-najot yo‘lini 
ko'rsatib bergan. Asarda insofu adolat, tenglik ulug‘lanadi, zulm va 
shafqatsizlik, xudbinlik, nopoklik, nafs-havoga berilish shariat 
nomidan qoralanadi, mehr va m uruw at, pokko'ngillilik, him m at 
va saxovat, xilvat va uzlat gashti, shirin tillilik, kamtarlik fazilatlari 
madh etiladi. Ulaming ta’rif va tavsiflari uchun diniy muqaddas 
kitoblardan q an ch ad an -q an ch a hikoyalar, rivoyatlar, naqllar, 
m a’vizalar keltiriladi. Pim ing shogirdlarga m a’vizalari, talab va 
n asih atlari, p ir va shogird m u n o sab atlari asar kom p o zisio n
qurilishini tashkil qiladi.
«Sabot ul-ojizin» asari shoir yashagan zam ondan boshlaboq 
musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan, maktab va madrasalarda 
o ‘qitilgan. Matbaa paydo bo‘Igach, Qozonda, Bokuda, Toshkentda, 
Xivada qayta-qayta bosilib chiqqan. «Sabot ul-ojizin»ni o ‘ziga xos 
ilohiynoma, din-shariat ahkomlaridan bahs etuvchi axloq va pand- 
nasihat kitobi deyish mumkin. U inson m a’naviy-ruhiy sabotini 
ulug‘lovchi, inson aql va sabotga tayanganda har qanday oshiqlik 
kuch va matonatga aylanishini tasdiqlovchi asardir. Bu asaiga sharhlar 
yozilgan. Shunday tafsir-sharhlardan biri Rusiyaning b u lg 'o r 
qavmidan bo‘lgan Tojuddin Yolchig‘il qalamiga mansubdir.


1796-1797 yili yozilgan bu risola XIX asrdayoq Qozon va 
Istanbulda nashr qilingan. U nda «Sabot ul-ojizin»dagi har bir 
masnaviy baytning mazmuni, sodda sharhi berilgan. Risolada islom 
dunyosining ba’zi buyuk kishilari haqida lavhalar, hikoyalar, qissalar 
ham keltiriladi.
Shunday sh arhlardan yana biri U baydulloh ibn Islom quli 
qalamiga mansub «Sharhi sufiya» kitobidir. U nda ham S
0
T
1
Olloyor 
merosiga oid ilohiy jihatlarning mag‘zini, mohiyatini anglab olishga 
taalluqli jihatlar mavjud.
So'fi O lloyor «Sabot ul-ojizin»ni yaratishda 
ikki buyuk 
chashmadan oziq oldi. Birinchisi, islom ta’limoti va uning muqaddas 
kitobi Q ur’ondagi ezgulik, hadislar, payg‘ambarimiz M uhammad 
alayhissalom, boshqa din-tasaw uf namoyandalarining ibratli hayot 
yo‘li. Ikkinchisi, adabiy an ’analar bo‘lib, islom ta ’limoti va uning 
maqsad-mohiyatini taig'ib qilgan badiiy asarlar. Bu o ‘rinda, ayniqsa, 
Sulton ul-orifin shayx Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, 
Nosiriddin Rabg‘uziy, Navoiy, Bobur asarlarining ta’siri sezilarlidir.
Muallifning o ‘zi ham «Sabot ul-ojizin» islom dini asoslarini 
o ‘igatuvchi eng m uhim fan bo‘lgan aqoid masalalarining turkiydagi 
sharhi ekanligini ta ’kidlaydi:
Yozildi forsiy til birla maktub,
Aqidotu furui qurbi mahbub.
Anikim ko ‘rdilar turkiy yoronlar,
Dedilar: «Gar duo qilsa eronlar.
Bitilsa turkiy til birla aqida,
Ko‘ngillar boЪа ondin oramida».
«Sabot ul-ojizin» aqida (e’tiqod, ixlos, ishonch) haqidagi kitob 
ekanligini muallif asam ing boshqa o‘rinlarida ham eslatib o‘tadi va 
o ‘z muxlislarini, toliblam i unga sidqidildan rioya qilishga d a’vat 
etadi:
Aqida so‘zlarini qildim isbot,
Anga qoydum «Sabot ul-ojizn» ot.


О ‘zumdek xastalar blaymu deb shod,
Nasoyihdan ham andak ayladim yod.
Nasihat tinglamas dil soxta mahjub,
Ко‘karmas toshga yomg'ur yog‘sa ham ko‘b.
Tonimoq (angrini, tonmoq havodin,
Keyin tunnoq fioli noravodin.
Aqida bilmagan shaytoni eldur.
Uyalma m a’rifatni o ‘rganurdin,
Tanur joying bo‘lur qolsa tanurdin...

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish