S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Poetik mahorati.
She’rshunoslik ilmida badiiy tasvir jarayonida


muayyan maqsad bilan m ashhur tarixiy voqealar, adabiy asarlar, 
afsona va rivoyatlar, xalq maqollari, shaxs, qahram onlar nomiga 
ishora qilish san’ati ham mavjuddir. Bu talmih san’atidir. Jum ladan, 
Mashrab ham turli munosabatlar bilan talmih san’atiga murojaat 
etadi.
Mansuri Hallojdek ichib sharobi antahur,
Charx urub yig‘lab turarman ushbu dam dor oldida.
Bu baytda m ansur Halloj nomi bilan m ashhur bo'lgan tarixiy 
shaxs va uning «Anal-haq», ya’ni «Men xudoman» deganligi uchun 
mhoniylar fatvosi bilan doiga osilganligiga ishora bor. Qizig'i shundaki, 
bu o'rinda Mashrab o'zining taqdiri ham M ansur Halloj taqdiriga 
o'xshab qolishini bashorat qilgandek. Bu bayt orqali shoir tasawufiy 
e’tiqodining mustahkamligini ta ’kidlamoqchi bo'ladi.
Boshqa bir o 'rinda Mashrab: «Jahonni tark qildi M ashrabo 
Ibrohim Adhamdek» misrasini keltiradi. Bu bilan u qalandarlik yo'liga 
kirganligiga ishora qiladi. Shoir asarlarida ko'proq jafo chekkan, Olloh 
yo'lida cheksiz azobu uqubatlarga duchor bo'lgan ta sa w u f ahli 
vakillarining obrazlari, nomlari keltiriladi. Talmih yo'li bilan o'zining 
e’tiqodiga bog'liq g'oyalarini ifodalashga, tashviq etishga harakat 
qiladi. Uning g'azallari orasida she’r matlasidan maqtaigacha talmih, 
qiyoslash, tanosub sintezidan iborat nam unalar ham uchraydi.
Menga irshod bersang, Odamu Hawoni hozir qil,
G‘aribu xastaman, Nuhi nabiyullohni hozir qil.
m atla’li g'azalida N am rud, Xalilullo, Ayyub, Zikriyo, Ahm ad, 
Habibullo, H asan bilan Husayn, Zuhro va boshqa tarixiy-afsonaviy 
obrazlarga ishora bor.
Mashrab she’riyatida tazod badiiy san’ati asosida yuz aga kelgan 
namunalar, baytu misralar ham o'quvchi diqqatini o'ziga tortadi, 
shoir bunday o'rinlarda badiiy fikmi bo'rttirish va har bir baytdan 
kuzatilgan maqsadni tasdiq ettirish uchun birinchi misrada qo'yilgan 
tezisni shu baytning ikkinchi misrasida rad va inkor qilish orqali


qarama-qarshi fikrlar to ‘qnashuvini yuz aga keltiradi yoki qaram a- 
qarshi kayfiyat tug‘dirish yo'li bilan badiiy muddaoni ta ’kid va tasdiq 
etishga intiladi. Quyidagi baytda:
Yuz jonim agar bo ‘Isa saning yo ‘lingga nisor,
Xushdur bu gadolig‘, na qilay taxti Sulaymonni
der ekan, insoniy mehr-vafo va m uruw atni tasdiq va ta “ kid etish 
uchun «gadolig‘» va «shohlig‘» (taxti Sulaymon) tushunchalarini 
qarama-qarshi qo'yadi. Shoir o 'ta xalqchil quyidagi:
Tavofi olami dil qil jahonda har bashardan sen,
Agar bir dilni sen buzsang yuz ar Ка Ъа buzulmasmu ?
baytida ham ta’kid, so'roq (tamanni) san’atlaridan tashqari, tazod 
s a n ’atin i ham m a h o ra t bilan q o ‘llagan. S h e ’rning ikkinchi 
misrasining o'zida inson dili bilan muqaddas K a’bani bir-biriga 
taqqoslab, bir bechora inson ko'nglini vayron qilish, dilini og'ritish 
yuzlarcha Ka’bani buzishdan ham yomon jinoyatdir, degan o 'ta
oliyjanob insonparvarlik g'oyasini ifodalashga muvaffaq bo'lgan.
Mashrabning xalqchil lirikasida, orifona she’rlari tarkibida bu 
usulga yaxshi dalil bo'luvchi baytlar ko 'p . U ning nasim iyona 
mashhur, «Sig'mamdur» radifli g'azali to'liq tazod san’ati bilan 
jilolangandir.
Shoir lirikasi tarkibida boshqa qanchadan-qancha go'zal badiiy 
lavhalar bor. Ba’zilarini yana keltirish mumkin. Masalan, uning
Sorig‘ sadbarg, shirin so‘zluk yuz ingni kunda bir ko'rsam,
Yuz ingdan yuz о ‘gurmasman agar yuz ming balo ко ‘rsam
baytida m um to z sh e ’riyatim izda shakli o 'x sh ash , lekin k o 'p
m a ’nolarni anglatuvchi jinos san ’atidan tashqari, orzu qilish 
m a’nosini ham ifodalovchi «tamanni» badiiy san’ati ham ifodalangan. 
K o'pincha bu san’at g'azal m atla“idan boshlanib, keyingi baytlarda 
uning mohiyatini ochishga e’tibor qaratiladi. Shoiming



Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish