Mashrabning g ‘azallarida boshqa ko‘pgina shoirlar g'azallarida
ko‘zga tashlanuvchi raqib obrazi deyarli yo‘q.
Oshiq-lirik qahramon ko‘p hollarda o'z orzu-maqsadiga erishadi.
Chunki uning she’rlarida tasvirlangan go‘zal mahbubabechora oshiqqa
doimo sadoqat, iltifot ko‘rsatishga harakat qiladi. Visol lazzatidan
uni bahramand etish ishtiyoqida yonadi. Buni quyidagi g'azalda
yaqqol kuzatish mumkin:
Nogoh ko‘rinib ko'zuma dilbar boqa qoldi,
Burqa ko'tarib qoshini ul dam qoqa qoldi.
Ruhim eritib yoshirin, vah-vah, yuz i otash,
Ishq chaqmog'ini jonima, naylay, choqa qoldi.
Aydi: «Na tilarsan» Dedim: «Sham 4 jamoling»,
Ко ‘rsatdi yuz in, maqsud hosil bo 4a qoldi...
Uning oshiqona lirikasida tasvirlangan shaxslar —
yigit va qiz
bir-biri bilan tabiiy munosabatda bo'ladi. Bir-biriga dilidagi ko'ngil
dardlarini samimiy izhor etadi. Mashrabning ko‘pgina g'azallari
aruzning yengil o'ynoqi vaznlarida yozilgan, ular xalq qo‘shiqlarini
yodga tushiradi, musiqiy jarangga ega:
Rishtai jonim bila sochbog‘iman,
Oyoq ostig‘a kiyar boshmog ‘iman.
Kechasi ichidagi chaqmog‘iman,
Oshig‘i ichra yuragi dog‘iman.
Yoki:
Guldek egilib kirsang eshikdan,
Afg‘on qilurman ovoz birlan.
Mashrab g ‘aribni kuydirdi hajring,
Nola qiladur qish, yoz birlan.
Mashrab xalq she’riyatiga xos a n ’analam i
ham yuksak darajada
qadrlagan, undagi go‘zal jihatlam i qabul qilib, barmoq vaznidagi
o ‘ynoqi she’rlar yaratgan. Uning ijodida xalq qo'shiqlaridan biri
sifatida aruzga moslashtirilgan mustazod namunalarining ko'pligi,
murabba va termalarga o'xshash yuqorida zikr etilgan nam unalar
shoir ijodi oziqlangan asosiy o'zanlaridan, manbalaridan biri xalq
og‘zaki she’riyati bo'lganligini isbotlaydi.
U hassos shoirlardan biri sifatida salaf shoirlaming ko‘plari bilan
bellasha oladigan ustoz shoir darajasiga ko‘tarildi.
Alisher Navoiydan so‘ng o ‘tgan iste’dodli o'zbek shoirlari ichida
Boborahim Mashrabning ham ustod Navoiy bilan bog'lanadigan
jihatlari ko‘pdir. U Navoiyning lirik
va epik ijodidagi tasaw uf-
naqshbandiylik qarashlarini o‘z davri talablaridan, mafkuraviy
g‘oyalaridan kelib chiqib rivojlantirgan yana bir m utafakkir
s h o ir la r d a n b ir id ir . G a r c h a n d M a s h ra b n in g a n c h a g in a
muxammaslari ichida to'g'ridan to ‘g ‘ri Navoiy g‘azallari asosida,
g 'azal baytlariga tazm in -tax m is ta rz id a
yozilgan n a m u n alar
uchram asa ham, uning lirik she’rlari ichida turli yo'llar bilan ulug'
salaf ijodi bilan bog'laydigan jih a tla r ko'p. Bu mavzu taniqli
navoiyshunos olim professor A. Abdug'afurovning 1995 yili chop
etilgan «Buyuk beshlik saboqlari» maqolasida ancha chuqur yoritib
berilgan. M uallifning to 'g 'ri ta ’kidlashicha, «M ashrabning eng
yetuk asarlarida Navoiy an ’analarining aniq izlarini, ulug' shoir
merosining g'oya va
obrazlari bilan hamohanglikni, voqelikning
navoiycha tahlili va talqinini» ko'ram iz.1
Chindan ham Mashrabning yaratuvchi Haq vasli oldida Ka’bani
ziyorat qilish, do'zaxu jannatning tashvishini tortish behuda ekanligi
haqidagi isyonkorona
Do'stlaringiz bilan baham: