S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

T U R D I F A R O G ‘IY
( v a f . t a x m . 1 6 9 9 - 1 7 0 0 y i l )
Turdi XVII asr o'zbek adabiyotida hajviy-tanqidiy yo'nalishning 
kuchayishida, xalqona uslubning ildiz otib borishida katta ta ’siri 
ko'rsata olgan iste’dodli shoirdir. Uning hayoti va ijodi ashtarxoniylar 
sulolasidan N odir devonbegi, Abdulazizxon ham da Subhonqulixon 
hukmronlik qilgan davrlarga to'g'ri keladi.
Aytish joizki, Turdining nomi ham, hozir bizga m a’lum bo'lgan 
she’rlari ham 1925 yili kashf qilindi. O 'sha yillari kattaqo'rg'onlik 
hajvchi shoir va adib Abdulhamid Majidiy K attaqo'rg'onda o'tgan 
shoir-adiblar adabiy m erosini aniqlash va o'rganish jarayonida 
qo'lyozm a asarlar orasidan Turdi, Farog'iy taxalluslari bilan bitilgan 
12 g 'azal, 5 m uxam m as, 1 fardni aniqlaydi. U o 'sh a yillari 
Samarqandda chiqib turgan «M aorif va o'qitg'uvchi» jumalining 
1925 yil 9-10-sonlarida «O'zbek shoiri Turdi» maqolasini hamda 
o 'z i to p g a n s h e ’rla rin i e ’lon q ilad i. Bu to p ild iq k o 'p g in a
adabiyotshunoslar e ’tiborini tortdi. Jumladan, S.Ayniy va Abdurauf 
Fitrat Turdi she’rlari haqida fikr yuritganlar, Majidiy m a’lumotlarini 
to'ldiruvchi, chuqurlashtiruvchi fikrlar bayon etganlar. O 'sh a 
she’rlar keyinchalik, 1960 yili professor H.Yoqubov, 1971 yili 
professor A .H ayitm etov tom onidan kirish so'zlari bilan nashr 
qilindi. Shoiming boshqa asarlari hozircha topilgan emas. Biroq gap 
Turdi yoki shunga o'xshash iste’dodli shoirlar asarlarining sonida 
emas, balki salmog'idadir. Aytish mumkinki, Turdi o'zining sanoqli 
g'azal va muxammaslari bilanoq o'zbek mum toz she’riyatida yangi 
bir g'oyaviy-badiiy yo'nalishni yuz aga keltirdi. U hayotiy voqea- 
hodisalami, real tarixiy shaxslar timsollarini she’rlariga mavzu qilib 
oldi.
Turdining bizga m a’lum she’rlari uning murakkab hayot yo'li va 
mashaqqatli ijod bosqichlarini boshidan kechirganligidan dalolat 
beradi. Uning, ayniqsa, «Muxammasi turki» asarida shu holatlam i 
aniqlab olishga imkon beruvchi avtobiografik lavhalar uchraydi.
Hajm jihatidan kattagina bu asarda shoir o'zining X o'jand 
hududida sezilarli nufuzga ega, 1645 yili ashtarxoniy hukmdorlardan


N odir Muhammadxonga qarshi isyon ko‘tarib Buxoroda uning o ‘g‘li 
Abdulazizxonning hokimiyatga kelishini ta“min etgan yuz urag'i 
qavmidan, shu urug'ning boshliqlaridan bo'lganini aytadi. Turdi va 
u mansub bo‘lgan yuz urug‘i boshliqlari 1646 yildan 1680 yilgacha 
Buxoroda xonlik qilgan Abdulazizxon hukmronligi davrida saroyda 
katta mavqe“ tutganlar, imtiyozlarga ega bo ‘lganlar. Davlat ishlari va 
mamlakat taqdirida ulaming ta’sirii sezilib turgan.
XVII asming oxirgi choragida o 'z akasiga qarshi toju taxt uchun 
tinimsiz urushlar olib borib, 1681 yili hokimiyatni qo ‘lga olgan 
Subhonqulixon davriga kelib esa, Turdining hayotidagi ro‘shnolik 
yo‘qoladi. Abdulazizxonning yaqin kishilaridan va tarafdorlaridan 
biri bo‘lganligi sababli yangi hukmdor, boshqa yuz urug‘i boshliqlari 
qatori, Turdini ham saroydan chetlashtiradi, ta“qib qila boshlaydi. 
«Muxammasi turki»da bunga shunday aniq ishoralar bor:
Hukm jori, so ‘z qabuli, bir duri dargo ‘sh edim,
Ahli davlatlar bilan yoru harif hamdo ‘sh edim.
Hoy-ho y i bazmlarda shahdi no‘sho no‘sh edim,
Xush zamonlar yuz qazoni boshida sarxush edim,
Bu zamon yuvg‘on qozon ostida qolg'on yundiman.
S h e’r m azm unidan m uxam m as sh o ir um rining oxirlarida 
yozilganligi anglashiladi. Chunki unda shoir o 'z um ri davomida 
boshidan kechirgan voqea-hodisalar, hayotining achchiq-chuchuk 
onlari, qiyinchiliklar, ulam ing shoir taqdiriga ko'rsatgan ta ’sirii 
xususida fikr yuritadi. Unda biz hayotning chag'ir toshli yo'llarini 
bosib o'tgan va undan oxir-oqibat, o'ziga yarasha xulosalarga kelgan 
n u ro n iy , d o n o va m u tafak k ir in so n in g o q ilo n a o 'g itla rin i, 
pushaymonliklarini eshitamiz:

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish