S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Qilmadim shukronae, soldurdi tufrog‘ oshima,
Qilmadi juz dardu g ‘am hamdam musohib qoshima,
Haq о ‘zi rahm aylagay ohi sahar ко ‘z yoshima,
Tafriqa toshini yog‘durdi zamona boshima,
Xonumon ovora, selobi havodis surdiman.


Oh, bu umri kiromi satfi g ‘aflat ayladim,
G‘ussai beftuda asbobi nadomat ayladim,
Bilmadim о ‘z aybimi xalqqa mazammat ayladim,
Shukr shahdin bilmadim kufroni ne ’mat ayladim,
Zaxmi neshi ro‘zg‘or ahlini talhu tundiman.
Bu, albatta, hayotning turli-tum an zarbalariga duch kelib, 
alam idan o ‘ziga dushm an xonu beklarni, diyonatsiz kimsalarni 
ayamay fosh etgan, yurt qayg'usida iztirob chekib, o ‘z maqsadiga 
erisha olmagan dono, lekin jabrdiyda insonning umri oxiridagi achchiq 
saboqlari, Ollohdan shafqat so‘rab qilgan iltijolaridir.
Keksalik yillaridagi bunday pushaymonliklaming sabablari Turdi 
Farog‘iy umr daftarining yoshlik va o ‘rta yoshlik yillaridagi sahifalarini 
varaqlaganimizda ravshan bo ‘lib qoladi. Abdulazizxondan iltifot 
k o ‘rgan, saroyda yuz 
u ru g ‘i b o sh liq la rid a n b o ‘lgan T u rd i 
Subhonqulixon hokimiyatga kelgach, aziyat chekkan, izzat-hurmati 
haqoratlangan, oqibatda shoim ing qarashlari, xatti-harakatlarida 
«portlash» yuz beradi. Subhonqulixondan norozi bo ‘lgan urug‘ 
boshliqlariga qo'shiladi, hokimiyatga qarshi boshlangan va ancha yillar 
davom etgan qo ‘zg‘olonlarda qatnashadi. 0 ‘z siyosiy faoliyati va 
qalam i, so‘zining kuchi, ta ’siri bilan Subhonqulixonni, uning 
siyosatini, arkonu davlatini fosh etishga, badnom qilishga kirishadi. 
Ilgari A bdulazizxon saltanatini, uning xush zam onini m aqtab 
qasidanam o sh e’rlar, ishqiy-lirik asarlar yaratgan b o ‘lsa, endi 
mamlakat va xalq taqdiri, Subhonqulixon amaldorlarining qilmishlari 
haqidagi asarlami yozishga o‘tadi. Shu tarzda, Turdining hayoti va 
qismatidagi bir-biridan farq qiluvchi shart-sharoitlar uning siyosiy- 
ijtimoiy qarashlarida ham , badiiy ijodida ham ikki xil qutbning 
maydonga kelishiga sabab bo‘ladi.
U mamlakatda tinchlik va osoyishtalik vujudga keltiradigan siyosiy 
yo‘lni urug‘ oqsoqollari, beklar ham da amaldorlaming mamlakat 
h u k m d o ri b o s h c h ilig id a b a h a m jih a t b o ‘lgan h o ld a y u rtn i 
boshqarishida, adolat, insof va diyonat asosida ish tutishlarida deb 
bildi. U hukm dom i fuqaro ahvolidan doimo voqif bo‘lishga chaqiidi, 
unga maslahatlar berdi:


Shohlik uldur, oni hukmu so'zi bir kerak,
Adi yoyini qurnb, rost nishon tir kerak.
Rostrav, dini durust, peshasi tadbir kerak.
T urdining ayniqsa «Bu m ulk...», «Tor ko‘ngulli beklar...» 
g‘azallarida yurt va xalq taqdiri masalasi asosiy ijtimoiy mavzular 
sifatida nam oyon bo'ladi. T o ‘qson ikki o ‘zbek u ru g 'larin in g
parokandaligi, noittifoqliligi shoir yuragini qiynaydi, tug‘yonga 
keltiradi.Ulamingjipslashishi, bir yoqadanbosh chiqarishlari vatan 
va millat taqdiri uchun naqadar zarurligini iztirob bilan tashviq 
etadi. B uning sababchilari b o 'lg an o 'zb o sh im ch a beklarning 
befarosatligi va manmanliklarini achchiq, ta’sirii iboralar, tashbehlar 
orqali fosh qiladi, birlashish, ittifoqqa kelish shiorini o'rtag a 
tashlaydi:
Tor ко ‘ngulluk beklar man-man demang, kenglik qiling,
To ‘qson ikki bovli о ‘zbek yurtidir, tenglik qiling.
Bimi qipchoqu xitoyu, bimi yuz , nayman demang,
Qirqu yuz , ming son bo ‘lib, bir jon oyinlik qiling.
Bir yaqodin bosh chiqarib, barcha bir to ‘ng‘a kirib,
Bir о ‘hgurluk, bir tirizlik, bir yoqo, yenglik qiling.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish