Sansizin jannatga borsam, xonai zulmat erur,
Nolayu afg‘on etib, bir mohi tobon istaram...
Gar nasib bo‘lsa bihisht, borsam, visoling bo‘lmasa,
Naylayin, volloh, kerakmas huru g ‘ilmoni menga.
Tohir Odilshohning go'zal qizi Mohim unga muhabbat izhor
qilganida ham , shoh unga toju taxt in“om etganida ham bularning
barchasidan bosh tortadi, o ‘z niyati, shirin orzularining amalga
oshishi yo‘lida har qanday qiyinchiliklami yengishga intiladi, mardlik
va jasorat ko'rsatadi.
Zuhra ham ozodlikka intiluvchi, o‘z ahdi va sevgisiga vafodor
in s o n d ir. H a , Z u h r a n in g sam im iy ish q y o 'lid a c h e k k a n
mashaqqatlari, nola-fig'onlari, ko'z yoshlari uning tengsizlik va
xo‘rlikka qarshi isyonidir. Jamiyatdagi jaholat Zuhraga o'xshash
minglab husn-m alohatda, odob va kamolotda yetuk bo‘lgan xotin-
qizlaming huquqlarini, orzu-umidlarini poymol etgandi.
Sayyodiy dostonda sevishgan yoshlarga g'ov bo'lgan zolim
Boboxon bilan Qora Bahodir kabi salbiy obrazlami ham yaratdi.
Boboxon o'z ahdini buzib, qizi Zuhraning xohishiga qaramay, uni
makkor va zolim Qora Bahodiiga tortiq qiladi, Tohimi esa shafqatsizlik
bilan qatl ettiradi. Asardagi Odilshoh obrazi esa, mamlakatni adolat,
tadbir bilan idora etish, fiiqaro ahvoliga achinish kabi xislatlari
bilan Boboxon va Qora Bahodir obrazlariga qarama-qarshi turadi.
Bu bilan shoir Sayyodiy Sharq adabiyotidagi adolatli va adolatsiz
h u k m d o rlar to 'g 'ris id a g i o ‘z o 'tm ish d o sh la ri konsepsiyasini
m a“qullab, uni o'z davri sharoitiga ko'ra talqin etadi, adolat va adolatli
hukm dor haqidagi ezgu orzularini ilgari suradi.
Shoiming voqea va qahramonlarga munosabati, taassurot va
xulosalari lirik m uqaddim a, lirik chekinish va lirik xotimalarda
ifodalanadi. Shoir o ‘z vasfi va oshiq kechinmalari tasvirida garchand
ba’zan qofiya va vazn saktaliklariga, quruqroq tasvirlarga yo‘1 qo‘ygan
bo'lsa ham, asosan original o'xshatishlar, tashbihlar, jonlantirish
va boshqa badiiy usullardan foydalanadi, an ’anaviy obrazlarga yangi
tus beradi. Sayyodiy Tohim ing Zuhraga bo'lgan muhabbatini yorqin
ifodalash va intonasiyani kuchaytirish maqsadida tanosub san’atidan
hamda takror usulidan foydalanadi:
Ki Zuhra jonu, man jononasiman,
Ki Zuhra sham“u, man parvonasiman.
Ki Zuhra bog‘u,
man bog‘ning guliman,
Ki Zuhra gul erur, man bulbuliman.
Ki Zuhra shamsu, man bir mohi anvar,
Ki Zuhra bahri ishq, man durru gavhar.
Sayyodiy m ah o ratig a xos b ir xususiyat sh u n d ak i, u o ‘z
qahramonlarining sarguzashtlarini hikoya qilish, ulam ing ishqiy
dunyosi, ruhiy kechinmalarini chuqurroq ochishga alohida e ’tibor
beradi. Qahram onlam ing qalb tug‘yonlari, ichki kechinm alarini
ravon va sodda lirik g'azallar orqali ifodalaydi. Bu g‘azallaming
ayrimlarida psixologik tasvir ancha kuchli b o ‘lib, u ruhiy azoblar
iskanjasida qiynalgan Tohir, Zuhra, Shohixubon kabi obrazlaming
qalb jarohatlarini, mungli va hazin nolalarini, ruhiy dramatizmini
ifodalashga xizmat ettiriladi.
Sayyodiyning «Tohir va Zuhra» asaridagi g‘azallarda, ko‘pchilik
o'zbek shoirlari ijodidagidek, ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiyning
va m ashhur ozarboyjon shoiri M uham m ad Fuzuliyning ta ’siri
sezilib turadi. Buni shoiming «Koshki» radifli g'azalida ham ko'rish
mumkin:
Chun azaldin do‘stlar, bo‘lmag‘ay erdim, koshki,
Ahdu vafo ul yor ila qilmag'ay erdim, koshki.
Bir jilva aylab boshima soldi tuman savdosini,
Andog‘ baloni jonima solmag'ay erdim, koshki.
Yoki:
Sabo, mandin salomimni nigorimga yeturgaysan,
Maning bu arzi holimni nigorimga yeturgaysan, —
m atla’li g'azali klassik adabiyotim izning eng nodir, eng nafis
g‘azallaridan biri bo'lib, M uhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliyning:
Sabo, agyordin pinhon sirim dildora izhor et,
Xabarsiz yorimi holi xarobimdin xabardor et —
g'azali ni eslatadi. Bunday g'azallar Sayyodiy asarida bir nechalab
uchraydi.
Zuhra portreti ajoyib san’atkorlik bilan chiziladi. Shoir Sharq
poeziyasidagi an ’anaviy o'xshatishlardan foydalanib g'oyat dilbar
obraz yaratadi:
Yuz i guldek ediyu og‘zi g ‘uncha,
Ki ko'rgan jon berurdi so‘zlaguncha.
Labi la ’lu, tishi durdona erdi,
Ki ко ‘rsang tutfa bir jonona erdi.
Qamardek qoshi, yuz i shamsi anvar,
Ko‘zining ravshani monandi gavhar.
Sochi sunbul, siyohi anbarafshon,
Isi mushki Xo'tan, vasrinu rayhon...
Shoir Zuhraning go'zal tashqi qiyofasinigina emas, balki uning
m a’naviy dunyosini ham m ohirona tasvirlay olgan:
Bu so‘zlar erlardan qolgan masaldur,
Har ishning awali sa ’yu jadaldur...
Har shakaming tabci bordur, har tikanda gul bitar,
Har g ‘anting bir shodi bor, behuda ey jon, g ‘am yema...
qabilidagi xalq maqollari, hikmatli so‘zlarmi o'z bag'riga olgan chiroyli
baytlar ko'p uchraydi. Bular asarni m azm un jihatidan boyitib,
uning ta ’siri kuchini oshiradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.XVII—XVIII asrlarda uch xonlikdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol
qanday edi?
2.Ashtarxoniylar sulolasi davridagi madaniy hayotning muhim
jihatlari qaysi sohalarda nam oyon bo'ldi? Bu davrda tarixnavislik,
musiqa, tazkiranavislik, kitobat va xattotlikka oid qanday muhim
asarlar yaratildi?
3.Xalq kitoblarida folklor bilan yozma adabiyotning uyg'unlashuvi
nimalarda ko'rinadi? Qanday xalq kitoblari keng tarqaldi?
4 .T asaw u f adabiyotining ildiz otishi kim lar ijodida ko‘proq
namoyon bo'ldi. Naqshbandiylik, qalandarlik tariqatining kuchayishi
sabablari nimalarda namoyon bo'ladi?
5.11m-fanga, lug'atshunoslikka oid yaratilgan asarlaming ilmiy-
adabiy manbalik o ‘mi nimalarda ko'rinadi?
Mustaqil mashg’ulot uchun topshiriqlar
I.O b zo r mavzuga doir tavsiya etilgan A dabiyotlarni o ‘qib,
konspektlashtirish.
2.Tarixga, xalq tibobatiga, badiiy nasrga oid asarlaming nashr
qilingan namunalaridan ular badiiyatiga doir o'rinlam i aniqlang,
tahlil eting va xulosalaringizni daftarda bayon qiling.
Adabiyotlar
1. Халқ китоблари: О ш иқ Ғариб ва Ш оҳсанам. —Т., 1960.
2. А булғозий. Ш аж ар ай и турк. - Т . , 1992; Ш аж ар ай и
тарокима.—Тошкент, 1995] Ш у асар, —Самарқанд, 1998.
3. Адабий таржималар: Ўзбек адабиёти, 4-жилд, 2-китоб. —
Т„ 1960.
4. Абдуллаев В. Ўзбек адабиёти тарихи. Дарслик. —Т., 1980.
5. Валихўжаев Б. Ўзбек эпик поэзияси тарихидан. —Т., 1974.
6. Холид Расул. Ўзбек эп и к шеъриятида халқчиллик. —Т.,
1973.
7. Ш арипов Ж. Бадиий таржималар ва моҳир таржимонлар.—
Т., 1972.
8. Ўзбек адабиёти тарихи. 5 жилдлик, 3-жилд. - Т ., 1978.
9. Ўзбек насри тарихидан: Умар Боқий ва Маҳзун.—Т., 1982.
10. Х у д о й н а з а р о в X. « Ш а ж а р а й и ту р к » ва у н и н г
ўрганилиш и,— Т., 1993.
II. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. — Т.,
1993.
12. Жумахўжаев Н. М иллий мустақиллик мафкураси ва
адабий мерос. Д Д А .-Т ., 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |