Nasafiy, M ulham Buxoriy, Fitrat Z ard o ‘zi Sam arqandiy kabi
mashhur shoirlar haqida ham so‘z boradi.
Bu o ‘rinda XVII—XVIII asrlar tarixnavisligiga
xos bir muhim
xususiyatni eslatib o ‘tish joiz: tarix kitoblari voqealar solnomalari
boiibgina qolmay, muayyan ma’noda badiiy nasr namunalari hamdir.
Bunday an ’ana, xususiyat umuman O 'rta asr tarixnavisligiga xos
xususiyat edi. Shunga ko'ra, XVII—XVIII asrlarda maydonga kelgan
tarix asarlarida voqea-hodisalar bayoniga badiiy tus berish, lozim
ko‘rilganda she’riy namunalar keltirish, badiiy ijodga xos usul va
vositalardan foydalanish ko‘zga tashlanadi.
Ularda madaniy-adabiy
hayotga doir juda zarur m a’lumot va faktlar keltiriladi, sharhlanadi.
Shu m a’noda, bunday asarlar davr adabiy jarayoni va unda ishtirok
etgan ijodkorlar merosini kengroq o ‘rganishda tayanch manbalar
b o ia oladi. Bu holni, ayniqsa shu asrlar tarixnavisligining mahsuli
bo‘lgan Said Roqimning «Tarixi Roqimiy» Abulg‘oziyning «Shajarayi
turk» hamda «Shajarayi tarokima», keyingi asrda yaratilgan Munis,
Ogahiy, Bayoniy va boshqalar yaratgan tarix asarlarida ko‘rish
mumkin. Tarixnavislikka xos bunday xususiyatning yana bir sababi-
tarix asarlari mualliflarining as’orfahm, ta ’bi nazm egalari ham
bo‘lganligidadir.
Sharif Roqim Samarqandiy
XVII asming II yarmi —XVIII
asming I choragida yashagan tarixchi olim va shoir, avlodi Andijon
viloyatidan bo'lgan. Malehoi Samarqandiyning «Muzakkir ul-asxob»
ta z k ira s i m a ’lu m o tla rig a k o ‘ra, R o q im iy S u b h o n q u lix o n
hukmronligi yillarida bir necha muddat Buxoroning katta a ’lami
lavozimida ham boigan. 1701—1702 yillari Mulla Sharafiddin A’lam
bin N asriddin O xund M ulla Farhod Sam arqandiy tom onidan
yaratilgan (1680) asarning qisqartirilgan nusxasini m aydonga
keltirgan. Bu asar ilmiy Adabiyotlarda «Tarixi kasira» nomi bilan
zikr etiladi. Uning qoiyozm a nusxalari bir qancha chet mamlakatlar
kitob fo n dlarid a ham m avjud. 30ga y aq in nusxasi 0 ‘zR F A
Sharqshunoslik instituti Q oiyozm alar fondida saqlanmoqda. Asarda
0 ‘rta Osiyo, Xuroson, Shimoliy Afg‘oniston va qisman Hindistonda
XIV asrdan XVII asrgacha b o ig an
turli voqea-hodisalar bayon
e tila d i. U n d a A m ir T e m u rn in g t u g ‘ilis h id a n b o s h la b
ashtarxoniylardan Abdulazizxonning hokimiyatga kelgan yillarigacha
(1645-1646) bo'lgan voqealar solnomasi keltiriladi: shu davrlar
ichida m ashhur bo'lgan tarixiy shaxslar — hukm dorlar (Temur,
S h o h ru x , U lu g 'b e k , H u sa y n B o y q a ro , S h a y b o n iy x o n ,
Ubaydullaxon, Bobur Mirzo, Abdullaxon, HUum oyun),
olimlar
va sh o irla r (ju m lad a n , H ofiz S heroziy, K am ol X o 'jan d iy ,
A bd u rah m o n Jom iy, A lisher N avoiy, Binoiy, M ushfiqiy...)
to ‘g‘risida m a’lumotlar bor.
Roqimiy Samarqandiy asarda tarixiy shaxs va ilm-madaniyat
Hoblarining vafoti sanalari hamda XIV—XVII asrlarda Samarqand,
Buxoro, M ashhad, Hirot va boshqa shaharlarda qurilgan madrasa,
xonaqoh kabi moddiy madaniyat inshootlari tarixiga oid juda ko‘p
tarix-qitalar keltiradi. Ulaming (Shahrisabzdagi Oqsaroy, 1382 yil;
Samarqanddagi Ulug'bek
madrasasi, 1429 yil; Buxorodagi M ir
Arab madrasasi, 1536 yil) tafsilotlarini aniq bayon etadi. Ayrim
tarixiy, ilmiy va adabiy asarlaming tasnifi («Ziji jadidi Ko'ragoniy,
1437 yil; «Nafohat ul-uns»,
1469 va boshqalar) haqidagi tarix
she’rlar ham muhimdir. Chunonchi, m uallif «Tarixi vafoti amiri
kabir Alisher Navoiy» sarlavhasi ostida
Alisher Navoiyning davlat
Hobi, olim, shoir sifatidagi xizmatlarini yuksak qadrlaydi. Uni «So'z
iqlimining podshohi» («Xusravi iqlimi suxanro») deb ataydi. Navoiy
vafoti sanasini (906 hijriy — 1501 milodiy bitgach, uning vafoti
munosabati bilan Aminiy, Mirxond, Sohib Doro va boshqa Hirot
shoirlari yozgan tarix-qitalarni ham keltiradi. Xullas, «Tarixi
Roqimiy» asari XIV—XVIII asrlar oralig'idagi ijtim oiy-siyosiy
hayotni, tarixiy voqealarni,
m adaniyat, s a n ’at va adabiyotni
o'lganishda m uhim ahamiyatga molik manbadir. Ayniqsa, undagi
Navoiy va uning davri, zamondoshlari haqidagi fikrlar muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: