S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


madaniy hayotiga doir ko'pgina zarur m a’lumotlar keltiriladi



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

madaniy hayotiga doir ko'pgina zarur m a’lumotlar keltiriladi.
Asarda, jumladan, o ‘zbek urugiarining kelib chiqishi, rasm-
rusumlari, turmush tarzlari xususida qiziqarli m a’lum otlar
uchraydi. Unda XVII asrda bino qilingan madrasa, bog‘, hovuz
kabi qurilishlar, badiiy ijod bilan shug‘ullanib nom chiqargan
o ‘nlab shoirlar, atoqli xattotlar haqida m a’lumotlar keltirilib,
asarlaridan namunalar beriladi. Asar sharqshunos A.A. Semyonov
tomonidan rus tiliga taijima qilinib, 1956 yili Toshkentda nashr
ettirilgan.
Muhammad Amin Buxoriy «Ubaydullanoma» asarida Buxoro
xoni Ubaydullaxon hukmronligi yillaridagi voqea-hodisalami bayon
etadi. Bu asarda XVII-XVIII asrlarda yashab, ijod etgan Saido


Nasafiy, M ulham Buxoriy, Fitrat Z ard o ‘zi Sam arqandiy kabi 
mashhur shoirlar haqida ham so‘z boradi.
Bu o ‘rinda XVII—XVIII asrlar tarixnavisligiga xos bir muhim 
xususiyatni eslatib o ‘tish joiz: tarix kitoblari voqealar solnomalari 
boiibgina qolmay, muayyan ma’noda badiiy nasr namunalari hamdir. 
Bunday an ’ana, xususiyat umuman O 'rta asr tarixnavisligiga xos 
xususiyat edi. Shunga ko'ra, XVII—XVIII asrlarda maydonga kelgan 
tarix asarlarida voqea-hodisalar bayoniga badiiy tus berish, lozim 
ko‘rilganda she’riy namunalar keltirish, badiiy ijodga xos usul va 
vositalardan foydalanish ko‘zga tashlanadi. Ularda madaniy-adabiy 
hayotga doir juda zarur m a’lumot va faktlar keltiriladi, sharhlanadi. 
Shu m a’noda, bunday asarlar davr adabiy jarayoni va unda ishtirok 
etgan ijodkorlar merosini kengroq o ‘rganishda tayanch manbalar 
b o ia oladi. Bu holni, ayniqsa shu asrlar tarixnavisligining mahsuli 
bo‘lgan Said Roqimning «Tarixi Roqimiy» Abulg‘oziyning «Shajarayi 
turk» hamda «Shajarayi tarokima», keyingi asrda yaratilgan Munis, 
Ogahiy, Bayoniy va boshqalar yaratgan tarix asarlarida ko‘rish 
mumkin. Tarixnavislikka xos bunday xususiyatning yana bir sababi- 
tarix asarlari mualliflarining as’orfahm, ta ’bi nazm egalari ham 
bo‘lganligidadir.
Sharif Roqim Samarqandiy
XVII asming II yarmi —XVIII 
asming I choragida yashagan tarixchi olim va shoir, avlodi Andijon 
viloyatidan bo'lgan. Malehoi Samarqandiyning «Muzakkir ul-asxob» 
ta z k ira s i m a ’lu m o tla rig a k o ‘ra, R o q im iy S u b h o n q u lix o n
hukmronligi yillarida bir necha muddat Buxoroning katta a ’lami 
lavozimida ham boigan. 1701—1702 yillari Mulla Sharafiddin A’lam 
bin N asriddin O xund M ulla Farhod Sam arqandiy tom onidan 
yaratilgan (1680) asarning qisqartirilgan nusxasini m aydonga 
keltirgan. Bu asar ilmiy Adabiyotlarda «Tarixi kasira» nomi bilan 
zikr etiladi. Uning qoiyozm a nusxalari bir qancha chet mamlakatlar 
kitob fo n dlarid a ham m avjud. 30ga y aq in nusxasi 0 ‘zR F A
Sharqshunoslik instituti Q oiyozm alar fondida saqlanmoqda. Asarda 
0 ‘rta Osiyo, Xuroson, Shimoliy Afg‘oniston va qisman Hindistonda 
XIV asrdan XVII asrgacha b o ig an turli voqea-hodisalar bayon 
e tila d i. U n d a A m ir T e m u rn in g t u g ‘ilis h id a n b o s h la b


ashtarxoniylardan Abdulazizxonning hokimiyatga kelgan yillarigacha 
(1645-1646) bo'lgan voqealar solnomasi keltiriladi: shu davrlar 
ichida m ashhur bo'lgan tarixiy shaxslar — hukm dorlar (Temur, 
S h o h ru x , U lu g 'b e k , H u sa y n B o y q a ro , S h a y b o n iy x o n , 
Ubaydullaxon, Bobur Mirzo, Abdullaxon, HUum oyun), olimlar 
va sh o irla r (ju m lad a n , H ofiz S heroziy, K am ol X o 'jan d iy , 
A bd u rah m o n Jom iy, A lisher N avoiy, Binoiy, M ushfiqiy...) 
to ‘g‘risida m a’lumotlar bor.
Roqimiy Samarqandiy asarda tarixiy shaxs va ilm-madaniyat 
Hoblarining vafoti sanalari hamda XIV—XVII asrlarda Samarqand, 
Buxoro, M ashhad, Hirot va boshqa shaharlarda qurilgan madrasa, 
xonaqoh kabi moddiy madaniyat inshootlari tarixiga oid juda ko‘p 
tarix-qitalar keltiradi. Ulaming (Shahrisabzdagi Oqsaroy, 1382 yil; 
Samarqanddagi Ulug'bek madrasasi, 1429 yil; Buxorodagi M ir 
Arab madrasasi, 1536 yil) tafsilotlarini aniq bayon etadi. Ayrim 
tarixiy, ilmiy va adabiy asarlaming tasnifi («Ziji jadidi Ko'ragoniy, 
1437 yil; «Nafohat ul-uns», 
1469 va boshqalar) haqidagi tarix 
she’rlar ham muhimdir. Chunonchi, m uallif «Tarixi vafoti amiri 
kabir Alisher Navoiy» sarlavhasi ostida Alisher Navoiyning davlat 
Hobi, olim, shoir sifatidagi xizmatlarini yuksak qadrlaydi. Uni «So'z 
iqlimining podshohi» («Xusravi iqlimi suxanro») deb ataydi. Navoiy 
vafoti sanasini (906 hijriy — 1501 milodiy bitgach, uning vafoti 
munosabati bilan Aminiy, Mirxond, Sohib Doro va boshqa Hirot 
shoirlari yozgan tarix-qitalarni ham keltiradi. Xullas, «Tarixi 
Roqimiy» asari XIV—XVIII asrlar oralig'idagi ijtim oiy-siyosiy 
hayotni, tarixiy voqealarni, m adaniyat, s a n ’at va adabiyotni 
o'lganishda m uhim ahamiyatga molik manbadir. Ayniqsa, undagi 
Navoiy va uning davri, zamondoshlari haqidagi fikrlar muhimdir.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish