S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Adabiy tazJdralar.
Adabiy tazkira m a’lum bir davrda yashab ijod 
etgan shoir va adiblar, badiiy ijodga aloqador bo'lgan shaxslar, ulaming 
faoliyatlari hamda yaratgan asarlari haqida ma’lumot bemvchi asarlardir. 
«Tazkira» arabcha «zikr» so'zidan olingan bo'lib, lug'aviy jihatdan 
«eslatish», «yodga olish» m a’nolarini bildiradi. Tazkiralaming xillari 
ko'p. Adabiy tazkiralaida unga kiritilgan ijodkoming ismi, taxallusi, 
nisbasi, qaerdanligi, tabiatidagi b a ’zi xususiyatlar, iste’dodi qay 
darajada shuhrat topganligi, tazkira muallifi davrida hayot bo'lmasa 
vafoti yili haqidagi ixcham, ba’zan kengroq biografik ma’lumotlar 
keltirilib, she’rlaridan namunalar (misra va baytlar) beriladi. Tazkiralar 
xronologik, shoirlaming hududiy-geografik joylashishlari (vatani) 
tartiblari bo'yicha tuzilgan. Ba’zi adabiy tazkiralarda tazkiranavisning 
sharh va m a’lumotlari nasrda, ba’zilarida nazmda berilgan. Masalan,


1821 yili Q o ‘qonda am ir U m arxon—Amiriy, 1908 yili Xivada 
Muhammad Rahimxon Fernz topshirig‘i bilan tuzilgan «Majmuat 
ush-shuaroi», «Majmuat ush si shuaro Feruzshohiy» tazkiralari 
nazmda yozilgan. 0 ‘rta Osiyo zaminida X asrlardan boshlab turli 
davrlarda yozilgan tazkiralar xususida akademik B.Valixo‘jaevning 
« 0 ‘zbek adabiyotshunosligi tarixi» asarida (Toshkent, « 0 ‘zbekiston», 
1993) keng m a’lumot beriladi.
Mutribiy va uning «Tazkirat ush-shuaro» asari.
Bu tazkira 
1605 yili Samarqandda shoir va tazkiranavis Sulton M uhammad 
Noyi Mutribiy tomonidan yaratildi. Mutribiy tazkira muallifming 
taxallusi bo'lib, uning musiqaga, san’atga aloqador shaxs ekanligini 
ham ko'rsatadi. Uning tazkirasida fors-tojik tilida 0 ‘rta Osiyoning 
Axsikat, O 'ratepa, Toshkent, Sayram, Hisor, Qarshi, Andijon, 
Choijo‘y, Shahrisabz, ko'proq, Buxoro va Samarqandda m a’lum 
b o ig a n 320ga yaqin she’riyat ahllari haqidagi biograflk-adabiy 
m a’lu m o tla r k eltirilad i. U sh o irla rn i abjad alifbosi asosida 
joylashtiradi, ulardan keltirilgan she’rlaming vaznlarini ham ko‘rsatib 
o'tadi. Ayrim o'rinlarda esa, shoirlar she’rlarida qo'llangan badiiy 
san’atlar haqida ham so'z ochib, ulaming sharhi, tahlilini keltiradi. 
Bu tazkirada uch tilda — turk-ozarboyjon, fors va arab tillarida erkin 
qalam surgan buyuk ozarboyjon shoiri Mavlono FuzuUy haqida 
alohida zikr bor: masalan, bu o'rinda Mutribiy «Fuzuliy Bag'dodning 
kuchli turkigo'y shoirlaridandir. M en uning turkiy devonini ko'rib, 
juda latif va mazm unli she’rlarini mutolaa qildim, turli she’rlaridan 
birini tazkira uchun ko'chirdim (she’r) deb shoirning «Orzu» radifli 
g'azali matnini keltiradi.
Mutribiy «Tazkirat ush-shuaro»dan tashqari, chet el safarlarida 
yiqqan boy adabiy materiallari asosida «Nusxayi zeboiy Jahongir» 
(«Jahongir M irzoning zebo kitobi»), o 'z sayohati taassurotlari 
haqidagi «Xotiroti Mutribiy» asarlarini ham bitgan. U «Nusxayi 
zeboiy Jahongir»da boburiylardan Jahongir Mirzo yig'dirgan adabiy 
m a’lumotlar, shoirlar ham qamrab olinganligi hamda m a’rifatparvar, 
iste’dodli shoir boigan Jahongir Mirzo taklifi, homiyligida maydonga 
kelganligi tufayli tazkirani shu nom bilan atagan. Bu adabiy manbada 
Mutribiy Shimoliy Hindistonda shuhrat qozongan, ikki tilda asarlar


yozgan shoirlar to'g'risida m a’lumotlar beradi. Asaming ikkinchi 
qism i « 0 ‘zbek hukm dorlari (y a’ni boburiylar) davrida nom
chiqargan shoirlar haqida» deb ataladi. Bu asar XVI asrning II 
yarmi —XVII asr boshida O 'rta Osiyo-Hindiston adabiy aloqalarini 
o‘rganishda ham muhim ahamiyatga ega.
«Muzakkir ul-ashob» tazkirasi.
Muhammad Bade’ Maleho 1641 
yili Samarqandda tavallud topdi. O 'z zamonasining iste’dodli shoiri 
va tazkiranavis olimi bo'lib yetishdi. 1689-1692 yillar orasida yaratgan 
«Muzakkir ul-ashob» tazkirasida 200ga yaqin shoir haqida muhim 
m a’lumotlar beradi. Tazkira muallifining aytishicha, u o'z tazkirasiga 
kiritilgan shoirlarning deyarli hammasi bilan suhbatdosh bo'lgan, 
ular haqida ishonchli m a’lumotlaiga ega. U, jumladan, zikr etilgan 
ijodkor haqidagi m a’lumot va xulosalami o'sha davr voqea-hodisalari 
bilan bog'lagan holda yoritadi, har bir she’rga ob’ektiv baho berishga 
intiladi. Shoirlar arab alifbosi asosida joylashtirilib, asar qismlarga 
bo'lingan. Tazkirada XVII asrda yashab, ijod etgan Sayido Nasafiy, 
Nozim Hiraviy, Boborahim Mashrab kabi mashhur shoirlar haqida 
m uhim m a’lumotlar bor. Maleho Boborahim Mashrab Andijonda 
tavallud topib, Namanganga o'qishga borgan, darveshsifat iste’dodli 
shoir bo'lgan, deb yozadi.
«Mazhar ul-musannifin».
1758-1759 yili M uhamm ad Amin ibn 
N urm uham m ad Nasafiy ham «M azhar ul-m usannifin» nom ida 
tazkira yozdi. Bu asarda XVHI asrda Buxoro amirligi shaharlarida 
kechgan tarixiy voqealarning bayoni bilan birga, buxorolik, 
sam arqandlik, qarshilik shoir, olim , adiblar haqida ham so 'z 
yuritilib, ulam ing kasb-kori, badiiy ijod sohasidagi iqtidoriga doir 
m a’lum otlar keltiriladi. Unda Mirza M uham m ad Munshiy, Mirzo 
Afzal, Fohir, R a’noiy, Ishratiy, Saidxo'ja Nasafiy, Aziziy, Safoiy, 
Mavlono Shavqiy, Rizoiy kabi hunarm and shoirlar xususida so'z 
boradi. Bu tazkirada XVIII asrda yaratilgan ba’zi epik asarlar, 
dostonlar haqida ham m a’lumotlar bor. Xullas, bu tazkira orqali 
Buxoro amirligi yirik shaharlaridagi ziyolilar, hunarm and shoirlar 
to'g'risida muhim m a’lumotlaiga ega bo'lamiz.
Shunday qilib, XVII—XVIII asrlarda forsiy va turkiy tildagi 
tazkirachilik a n ’analari davom etdi. Bunda ayniqsa Alisher Navoiy


«Majolis un-nafois» asarining ta ’sirii sezilardi darajada ko‘zga 
tashlanadi. Yuqorida qisqacha zikr etilgan tazkira namunalari XVII—
XVIII asrlarda turli hududlarda yashab, ijod etgan qalam sohiblarining 
hayoti va adabiy m erosini o 'rg an ish d a m uhim ilm iy-adabiy 
manbalardan sanaladi.
XIX asr boshlarida maydonga kelgan «Majmua ush-shuaro» 
ta z k ira -m a jm u a si Q o 'q o n xoni — U m a rx o n (sh o ir A m iriy) 
tashabbusi va topshirig'i asosida maydonga keldi. Uning mualliflari 
Umarxonning ishonchini qozongan Fazliy, M ushrif va Xotif taxallusi 
bilan ijod qilgan shoirlar edi. Bu tazkira boshqa ko‘p tazkiralardan 
farq qilib, o'zbek va tojik tillari aralash yozildi. U nda keltirilgan adabiy 
nam unalarning ayrimlari o'zbek tilida, ayrimlari tojik tilidadir. 
Majmuaga xos yana bir xususiyat shundaki, u she’riy y o id a — 
nazmda yozilgan. U nda XIX asming I choragida amir Umarxon 
hukmronJik qilgan Q o'qon adabiy muhitiga mansub 80ga yaqin shoir 
haqida turli hajm da m a’lum ot beriladi, asarlari (she’rlari)dan 
namunalar keltiriladi. Bu shoirlar turli ijtimoiy guruhlaming vakillari 
bo'lib, ko'pchiligi shoirlikni havas deb bilgan shaxslardir. Ular ichida 
o'z iste’dodlari va asarlari bilan o'zbek va tojik mumtoz adabiyoti 
tarixidan munosib joy olgan shoir-u adiblar, masalan, Gulxaniy, 
Hoziq, M axmur, M a’dan, Uvaysiy, M ahzuna, Shermuhammad 
Akmal, G 'o ziy , N o d ir X o'qandiy kabilar bor. Fazliy, Xotif, 
Mushrif, Ado, Vazir ham she’riy ijodda katta nufuzga ega bo'lganlar.
Akademik B.Valixo'jaevning tazkiranavislikka oid tadqiqotlarida, 
jum ladan, bu m ajm ua-tazkiraning tuzilishi haqida quyidagilar 
m a’lum qilinadi: kitob a n ’anaviy hamd bilan boshlanib, so'ng shu 
davrdagi shoirlami qisqa-qisqa tavsiflovchi she’riy debocha beriladi. 
Debochadan keyin Fazliy va Mushrifning Umarxonga bag'ishlangan 
madhiyalari keltiriladi. So'ng asaming asosiy qismi boshlanadi. 
Umarxonga bag'ishlangan qasidalar, shundan keyin Umarxon g'azali 
va unga payrav tarzida boshqa shoirlar tom onidan yozilgan g'azallar 
berib boriladi. Tazkirada h ar bir asardan oldin uning muallifi 
to'g'risida masnaviy shaklida m a’lum ot berilgan. i Bu tazkirada

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish