178 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
179
YANGI DAVR BIZNES BOSHQARUVI: MUAMMOLAR VA STRATEGIYALAR
D. Egamkulov
SamISI
talabasi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada yangi davr biznesi tushunchasi, unda boshqaruv strukturasi, kutiladigan
muammolar va e’tiborga olish lozim bo‘lgan strategiyalar borasida so‘z yuritiladi va tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar:
biznes, tadbirkorlik, yangi davr, muammo, strategiya.
Аннотация.
В этой статье рассматриваются и анализируются концепции бизнеса новой эры, структура
управления, ожидаемые проблемы и стратегии, которые необходимо учитывать.
Ключевые слова:
бизнес, предпринимательство, новая эра, проблема, стратегия.
Abstract:
This article discusses and analyzes the business concepts of the new era, the management
structure, expected problems and strategies that need to be taken into account.
Keywords:
Business, entrepreneurship, new era, problem, strategy.
Bugun O‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu yo‘lda
u jahonning ko‘plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlar bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib
kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do‘stona hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish
borasida muhim natijalarga erishilyapti.
Aytish mumkinki, davlatimiz rahbari bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston,
balki Markaziy Osiyoning
farovonligi uchun jon kuydirayotgan, mintaqani sanoati rivojlangan,
obod va dunyo bilan keng
integratsiyalashgan hududga aylantirish orzusi bilan yashab, shunga monand mehnat qilayotgan yetakchi
sifatida namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF-60-sonli “2022–2026-yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ham yangi davr iqtisodiy
masalalariga katta ahamiyat qaratilgan. Bunda Taraqqiyot strategiyasining 3-yo‘nalishi “Milliy iqtisodiyotni
jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” bo‘yicha jami 16 ta maqsad, 4-yo‘nalishi “Adolatli
ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” bo‘yicha 34 ta maqsad bo‘lib, ularning barchasi
mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy sohasini yuksaltirish, yangi davr globallashuv jarayonlariga mos ravishda
innovatsion texnologiyalar va
strategiyalarni ishlab chiqish, ularni amalda muvaffaqiyatli joriy qilishga
qaratilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yangi davr biznesida biznes strategiyasi o‘ta muhim masala hisoblanadi. Biznes strategiyasi kompaniya
faoliyatidagi o‘ta muhim yo‘nalishlardan biridir. Strategik qarorlar korxona va kompaniyaning ko‘p yillik
rivojlanishiga juda muhim ta’sir ko‘rsatsa, strategik xatolar esa tuzatib bo‘maydigan oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Korxona faoliyatida esa biznes strategiyasi “shtab funksiyasi” rolini bajaradi. Bu shtabda raqobat
fronti kurashining uzoq muddatli rejalari ishlab chiqiladi. Rejali tizim sharoitida raqobat korxona uchun hech
qanday mazmunga ega emas edi. O‘z navbatida strategik rejalashtirish hech qanday jiddiy mazmunga ega
bo‘lmagan. Bugun sharoit o‘zgardi va endilikda strategik qarorlarga ega bo‘lmasdan turib, raqobat kurashida
g‘olib chiqish mumkin emas.
Bundan
tashqari, asta-sekin yangi iqtisodiy fikrlash shakllanib kelmoqdaki, uning doirasida arzon
xomashyo, arzon ishchi kuchi va zamonaviy texnologiyalarga erishish kompaniya uchun raqobat ustunliklarini
tashkil etmayapti. Bularning barchasini zamonaviy texnologiyalar bilan qo‘shib, ulkan bozorlarda sotib olish
mumkin. Raqobatdagi ustunlik bugungi
sharoitda innovatsiyalar, kompaniyaning o‘zgarishlarga layoqati
(qodirligi) va qo‘llayotgan strategiyalaridan tashkil topadi.
Biznes strategiyasining qismlari sifatida missiyalar ham muhim ahamiyatga ega. Missiya bu zamonaviy
strategik boshqaruv nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri. Missiyaga turli mualliflar turlicha ta’rif
berishadi. Ba’zilar tashkilot missiyasini gipermaqsad yoki “maqsadning shunday shakliki, ma’lum biznesni
boshqa unga o‘xshash korxonalardan farqini osongina ko‘rsatadi. Boshqalarning fikriga ko‘ra korxona
missiyasi uning barcha ishlab chiqarish tizimi tamoyillari ta’rifiga ko‘ra aniqlanadi”.
Strategik boshqaruv jarayonining boshlang‘ich punktini biznes g‘oyaning tug‘ilishi va tadbiq qilinishi
deb bilish ma’qullanadi. Biznes g‘oya bu har qanday tijorat va ishlab chiqarish faoliyatining “ruhi” hisoblanadi.
“Ruh”siz biznes bo‘lishi mumkin emas.
Yangi davr biznesi strategik boshqaruv modelida strategiyalar tashkilotda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan uch
turga farqlanadi:
korporativ strategiya — korxonani bir butunlik sifatida ko‘rsatuvchi strategiya (bir necha faoliyat turi
bilan shug‘ullanuvchi korporatsiya);