Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Aqida – biror bir narsaga ishonmoq, nimanidir tasdiq etmoq va uni qabul aylab, unga sodiq  qolmoq, Ishonch - e’tiqod tamali.  Ahli qol



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

 Aqida
biror bir narsaga ishonmoq, nimanidir tasdiq etmoq va uni qabul aylab, unga sodiq 
qolmoq, Ishonch - e’tiqod tamali.
 Ahli qol
– hol ahlining teskarisi, ya’ni so‘zlarning ma’no va haqiqatini bilmasdan, o‘z hayoti, 
qismati va tajribasi bilai bog‘lanmaydigan gaplarni takrorlashdan nari o‘tolmaydigan kimsalar guruhi. 
Dil emas –til, ma’no emas, da’vo bilan yashash yo‘lini tutgan gumroh, munofiqlar jamoasi. 
 Vasl
– yetishish, erishish, vosil bo‘lish. Haq visoliga yetishmoq. Vasl yoki vuslat tasavvufiy 
hayotdagi yo‘qchilikning nihoyasiga aloqador.
 Vatar
– orzu, bashariy sifatlar va nafsoniy lazzatlardan yiroqdagi xush bir tuyg‘u, ruhoniy istak. 
 Darvesh
– benavo, qashshoq, kambag‘al, faqir, xudojo‘y; tasavvuf tariqatiga mansub kishi. 
«G‘iyos ul-lug‘ot»da izohlanishicha darvesh so‘zining asl ma’nosi eshiklardan narsa tilovchi bo‘lib, 
darvesh demak. Darveshning qadimgi shakli darovez – eshiklarga osiluvchidirki, keyinchalik u darvesh 
shaklini ogan. Darvesh uchun murshidlik eshigi bamisoli Ka’badir. U ana shu eshikka osiluvchi va 
undan najot tilovchidir. 
 Da’vo
– nafsning o‘zsha mansub bo‘lmagan biror-bir narsani o‘ziga nisbat berishi. Munoqasha va 
munozara. Sahl bin Abdullohning aytishicha, «Qul bilan Alloh orasidagi eng katta to‘siq – da’vo, ya’ni 
iddaodir». 
 Zavoyid
– qalbdagi nurlarning ko‘payishi. 
 Zikr
– so‘zlash, bayon qilish, xotirlash, yod aylash, xotirdagini unutmaslik ma’nolarini 
anglatadigan arabcha bir kalima. Tasavvufda bu kalima g‘aflat va isyon –esdan chiqarishning ziddi 
o‘rnida tatbiq etilgan. Zikr tasavvufdagi har bir tariqatda, har bir tasavvuf ahlining nazdida – barcha 
qoida, usul va odoblarning boshidir. Tariqat pirlari va muridlarning zikr foydalari haqida umumiy 
qarashlari taxminan bunday bo‘lgan: zikr – Shaytonga qarshi eng o‘tkir yarog‘ – quvar; Allohning 
roziligi va mehriga erishtirar; qalban g‘am, qayg‘u va g‘ussalarni haydab, dilga quvonch, farah va 
kenglik bag‘ishlar; tafakkur va ma’rifatning yuksalishini ta’minlar; har turli yomonliklarning ildizinn 
quritib, xato va gunohlarning oldini olar... «Foydali bo‘ladigan zikr– davomli va qalb huzuri ila 
bo‘ladigan zikr erur. Zikrning nnhoyasida esa uns va muhabbat tug‘ilur... Kishi zikr etilajak Alloh ila 
unsiyat paydo etib, ko‘nglida Alloh muhabbati hosil bo‘lgunga qadar bir oz zahmat chekar. So‘ngra 
esa Allohni xotirlamasa tura olmaydigan holga kelar...», deya ta’kidlaganlar Imom G‘azzoliy. 
 Zikr
– faqat Allohni yod aylash, uning go‘zal ismlarini eslash emas, balki dil, fikr va tuyg‘uni 
Allohga yo‘naltirish, Alloh ila mukammal bir shuuriy, zehniy aloqa o‘rnatishdurki, bu salohiyat 
hammaga ham nasib etavermagan, albatta. Shuning uchun tasavvufda zikr ikkiga ajratilgan: biri – 
«zikri omma», ikkinchisi – «zikri xos». Zikri omma savobni qo‘lga kiritmoq niyati ila amalga oshirilib, 
unda zohirning tabiatida yomon xislatlar: kibr, g‘urur, riyo, hirs, tama’, g‘azab, makr kabilar batamom, 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish