www.ziyouz.com
kutubxonasi
249
Shath, shathiya
– harakat, tebranish, to‘lib-toshish. Shath yoxud shathiyaning istilohiy ma’nosi
ilohiy ishq behushligi, ya’ni sakr yoki jazba holida xalq tushunmaydigan va qabul qilmaydigan
so‘zlarni aytish deganidnr. Abu Nasr Sarrojga ko‘ra, shath «tilning vajd, shavqu-zavq, hayajon holida
aytganlari... iddaoga yaqin bir manbadan chiqqan kalimadir».
Ehson
– xayr, hadya. Murshidning muridiga, Allohning quliga ma’naviy lutfu karami.
Havo va havas
– orzu, mayl, istak. Tasavvufiy ma’noda har turli sayoz va o‘tkinchi orzularni
amalga oshirmoq uchun nafs va hukm o‘tkazuvchi, aqlning ziddi bo‘lmish mayli tabiiydir. Havo
yolg‘on da’vo bo‘lmish mayli tabiiydnr. Havo yolg‘on da’vo ishonchi, kibr va manmanlik manbai va
barcha riyokorliklarning sarbonidir, Havo va havasga tobslik Haq va haqiqat ishqining sustligi yoki
yo‘qligidan yuzaga chiqadi.
Hayot
– tiriklik, sog‘liq, jon, yashash, umr. Tasavvufda qudrat ilmi bilan sifatlanuvchi bir sifat.
Hayotning uch darajasi bor. Hayoti ili – qalbning johillik, nodonlik o‘limidan xalos bo‘lib, ilm bilan
tirikchilik qilishi. Hayoti jam, bu–qalbning tafriqa halokatidan qutulib, o‘zida hikmatni
mujassamlashtiruvchi. Hayoti Haq, bu – vujud hayoti bo‘lib, qalbning fanofilloh va baqobilloh
maqomlariga yuksalishi.
Hayrat
– taajjublanish, hayron qolish. Tasavvufda qulinng fanofilloh holiga yetishuvi uchun
egallanishi zarur bo‘lgan maqom. Hayrat Allohning qudrat va hikmatidan tug‘iladigan shunday bir
tuyg‘uki, so‘fiylar nazdida u til bilan bayon etilmaydi.
Haqiqat
– chindan mavjud bo‘lgan-narsa, asl mohiyat. Allohni bilish, borliq olam sirlarini to‘g‘ri
va teran idrok aylash. Haqiqat–shariatning botinidir. Shuning uchun haqiqat tasavvuf ma’nosida ham
keng qo‘llanilgan. Bu haqda Abu Nasr Sarroj bunday deydi: «Shariat ilmi – xizmat ilmidir. Haqiqat
ilmi – mushohada ilmidir... Shariat – bayon ilmi, haqiqat – burhon ilmi. Shariat ilmi muomala
uchundir. Haqiqat ilmi muroqaba uchun. Shariat ilmi fe’llarga xos, haqiqat ilmi hollarga maxsus.
Shariat ilmi rivoyat uchun, haqiqat ilmi hidoyat uchundir...
Xirqa
– shayx, murid va darveshlar kiyadigan maxsus kiyim. Bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi
yamoq, parcha yoki quroqdan tikilgan kiyim demak. Istilohda esa, shayx bilan murid orasida aloqa
o‘rnatish, «muridning nafs bilan o‘zi orasida shayxning hukmronligini qabul aylashi«dir. Tasavvuf
arboblariga ko‘ra, xirqa kiyish odati Ibrohim alayhissalomga borib bog‘lanadi. Ibroxim Xalilulloh
olovga tashlangani zamon Alloh hukmi bilan Jabroil jahatdan bir ko‘ylak keltirib, unga kiydirgan va
shu ko‘ylak sharofatidan ul zot olovda yonib kul bo‘lishdan qutulgan. Bu ko‘ylak dastlab hazrati
Ishoqqa, so‘ngra Yoqub payg‘ambarga meros o‘tgan. Hazrat Yoqub esa, uni maxsus bir qutig‘a solib,
o‘g‘li Yusuf alayhissalomning bo‘yniga osib qo‘ygan. Yusuf payg‘ambar yalang‘och holda quduqqa
tashlanganida, Jabroil yetib kelib, qutini ochib, unga ko‘ylakni kiydirgan ekan... So‘fiylar xirqada
xuddi ana shu ko‘ylakning sirini ko‘rib, unga ma’naviy ma’nolar berganlar. Suhravardiy xirqaning ikki
turga– muridlik xirqasi va tabarruk xirqaga ajratilishini aytib, yana bunday degan: «Shayxlarning
muridlariga kiydirishnn istaganlari asl xirqa – muridlik xirqasidir. Xirqai tabarruk esa, muridlik
xirqasiga o‘xshash bir xirqadir. Muridlik xirqasini haqiqiy muridlar, keyingisini esa murid bo‘lmagan,
ammo ularga o‘xshashga harakat qiluvchi mutashabbih muridlar kiyurlar».
Hol
– ahvol, holat, vaziyat, ichida yashayotganingiz vaqt, zamon, muayyan damda tug‘ilib, so‘ng
o‘tib ketadigan his-tuyg‘u, hayajon, ehtiros, shavq, zuhur, vajd, g‘aybat, huzur kabi hollardir. Hol Haq
tuhfasi va hadyasi erur. Shuning uchun hol insonning irodasiya va harakatiga tobe emas. Abu Nasr
Sarroj holni «lahzada tug‘ilib qalbda rizo, tafviz va shunga o‘xshash sifatlarni muqimlashtiradigan
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |