§2. HOZIRGI ZAMON URUSH TAFSILOTLARI VA UNDAGI
FUQARO MUHOFAZASI
Ommaviy qirg’in qurollar turlari va ularni keltirib
chiqaradigan oqibatlari
Zamonaviy urush qurollari XX asrda yaratilib o’z rivojini topdi va
XXI asrda ham ularni takomillashtirish, yangi-yangi turlarini yaratish
uchun katta ishlar olib borilayapti.
Hozirgi zamon talofat berish vositalari turlari rasm-2.1 da berilgan.
Ular qayerda joylashganligi, qanaqa qurollar tipi ekanligi bilan ajraladi.
Biz bulardan ommaviy qurollarni ko’rib chiqamiz.
Haqiqatdan ham zamonaviy urushning eng xavfli vositasi bu
ommaviy qirg’in qurollari hisoblanadi va ular o’tgan asrning ikkinchi
yarmida juda ko’plab ishlab chiqildi.
Ommaviy qirg’in qurollariga, yoki juda katta talofat beruvchi
qurollarga: yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollar kiradi.
Ilm, fan va texnikaning rivojlanishi bilan bu qurollar ham rivojlanib, yangi
prinsipdagi qurollar paydo bo’ldi, bunga infratovushli, radiologik, nurli,
etnik va h.k. kiradi.
Yadroviy qurollar, yadroviy bombadan, uni eltuvchi vosita va
boshqaruv sistemasidan tuzilgan bo’ladi.
Uning ta’siri uran va pulotoniy ba’zi izotoplari og’ir yadrolarining
zanjirli parchalanish reaksiyasi yoki yengil yadrolar – vodorodning
44
deyteriy, tritiy izotoplarining issiqlik yadro sintezi reaksiyasi natijasida
ajralib chiqayotgan ichki yadro energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Bularning quvvati oddiy portlovchi modda trotil ekvivalenti bilan
o’lchanadi. Trotil ekvivalenti tonna, kilo tonna va megatonnalarda
o’lchanadi.
Yadroviy qurollar o’zining quvvati bo’yicha: o’ta kichik (quvvati 1
kt gacha); kichik (1-10 kt); o’rtacha (10-100 kg), katta (100 kt-1Mtn) va
o’ta yuqori katta (1 Mt katta) quvvatli bo’lishi mumkin.
Yadroviy bombaning portlashi: yuqoridagi, havodagi, yer usti (suv
usti) va yer osti (suv ichidagi) turlariga bo’linadi.
Yuqorida, ya’ni yerning troposferasidagi (10 km dan yuqori)
portlashda, uning talofatli ta’siri havo bilan to’lqini, singib boruvchi
radiasiya (30-60 km masofada), rentgen nurlari, gazli oqim,
elektromagnitli impuls, atmosferaning ionizasiyalanishi va h.k. da
namoyon bo’ladi.
Masalan: 1 Mt quvvatli bombaning portlashi natijasida (77 km
yuqorida) uning turli ta’siri 10 soatda 800-1000 km radiusdagi maydonga
tarkalgan. Bu portlash asosan kosmik, havo obyektlari va radiotexnik
qurilmalariga ta’sir etish uchun qo’llaniladi.
Shunga o’xshash, lekin 10 km balandlikgacha havodagi portlash
ham xuddi shunday ta’sirga ega bo’ladi, yer va suv ustidagi portlashda esa
qo’shimcha ravishda juda ko’p mustahkam yer usti (suv osti) obyektlar,
yer osti va port inshoatlari buziladi. Bularga nisbatan, yer osti portlashda
ta’sir kuchi kichik radiusda bo’lsada, ammo kuchli yer silkinishiga olib
keladi.
45
Rasm-2.1. Hozirgi zamon talofat berish vositalari turlari.
Talofat beruvchi vositalar
Yer ustki
Havodagi
Dengizdagi
Kosmosdagi
Oddiy urush
qurollari
Artilleriya
Raketa
komplekslari
Aviasiya
Kosmik
apparatlar
Generiasiyalovchi
qurilmalar
Oddiy qurollar
Ommaviy qirg’in qurollari
Yangi fizikaviy prinsipdagi qurollar
- oddiy o’q-dorilar.
- BCh raketalari.
- kasetali o’q-dorilar.
- yondiruvchi o’q-dorilar.
- hajmdagi portlovchi o’q-dorilar
- yadro quroli; yadro bombasi.
- kimyoviy qurollar – o’q-
dorilari.
- bakteriologik qurollar.
- nurli – lazerli, infratovushli.
- radiologik.
- geofizikaviy:
- atmosferada;
- litosferada;
- gidrosferada.
qayerda joylashganligi bo’yicha
qurollar tipi bo’yicha
talofat berish usuli va qurollar turi xarakteri bo’yicha
Yadroviy qurol ham tuzilishi jihatidan turlicha bo’ladi. Ayniqsa
ulardan eng zamonaviysi bu neytron bomba hisoblanadi. Uning yuqorida
keltirilgan bombalardan farqi, tirik jonni o’ldirib, material boyliklarga
zarar yetkazmaydi.
Masalan, 1 kt neytron bombaning portlashida 500 m radius
tashqarisida, asosiy ta’sir etuvchi omil singib boruvchi radiasiya nurlari
hisoblanib, 1 km masofada odamlarni halok bo’lishi (neytron va gamma-
nur ta’sirida), 2 km radiusda esa og’ir nurlanish kassaligiga chalinishlari va
keyinroq bu ham o’limga olib borishi kuzatiladi.
Bu urush vositalarini obyektlar (nishonlar)ga turli yo’llar bilan olib
borish mumkin. Buning uchun yer usti, dengiz va havoda saqlanadigan
raketalar va maxsus jihozlangan samolyotlar, artileriya vositalari,
razvedka-diversion guruhlar qo’llaniladi.
AQSh da yerda joylashtirilgan, asosan, kontinental balistik raketalar
qo’llaniladi. Bunga Titan, Minitmen-3, Minitmen-2, MX, Pershing-2,
qanotli raketalar qo’llaniladi. Xuddi shunday rivojlangan davlatlarda ham
turli xil raketalar qo’llanishi mumkin.
Olib borish yoki saqlash vositalaridan ayniqsa, suvosti atom
kemalari butun dunyoda ko’p qo’llanilib, ular «Polyaris-AZ», «Poseydon-
3», «Traydent-1», yangilaridan «Traydent»-«Ogayo» ballistik raketalar
bilan qurollangan.
Xuddi shuningdek, suv usti avianoses va kreyserlar mavjudki, ular
ham turli kattalikdagi raketalarni olib borishlari mumkin.
Bu ommaviy qirg’in qurollarini aviasiya yordamida ham olib borish
mumkin. Hozirda, «Vulkan» (Buyuk Britaniya), «Miraj» IV (Fransiya),
Stratofortress V-52, V-1, FB-111 (AQSh) samolyotlari, turli xil bombalar
va raketalarni olib borishi mumkin.
Bundan tashqari, Rossiya va boshqa davlatlarda ham, xuddi
shunday turdagi ommaviy qirg’in qurollari mavjud.
Ommaviy qirg’in qurolining yana biri, bu kimyoviy qurol
hisoblanadi.
Kimyoviy xavfli moddalar (KXM) turlari rasm-2.2. da keltirilgan.
Albatta, ular turlicha bo’lishi bilan, ayniqsa, kimyoviy qurol sifatida
qo’llanilishi o’ta xavfli hisoblanadi. Ularning xavfsizlik darajasi esa
jadval-2.1 da keltirilgan. KXM o’ta xavfli darajada ekanligini uning
konsentrasiyasiga bog’liqligini ko’rish mumkin.
Jadval – 2.1
Kimyoviy zaharli moddalarning xavfsizlik darajasi
Kimyoviy
modda
*
0
Do'stlaringiz bilan baham: |