13
atrof-muhit muhofazasi muammolarini hal etish ya‘ni tabiiy resurslarni
qayta ishlash va ulardan oqilona foydalanish masalalari turibdi. O‗tish
davrida shubhasiz tabiiy resurslardan foydalanish darajasi o‗zgaradi va
atrof-muhitnining ifloslanishiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Bunday sharoitda Tabiatni muhofaza qilish davdat qo‗mitasi
tomonidan tabiiy resurslardan tejab tergab foydalanish va kam chiqindili
texnologiyalardan foydalanish kabi ekologik siyosatni qo‗llashni
taqozo
etadi. Shunga qaramasdan respublikada quyidagi ekologik muammoalar
hal etilmay qolmoqda:
Orol bo‗yidagi ekologik tang ahvol;
Yer, suv, biologik resurslarning qisqarishi ;
Yer, suv, biologik xilma-xillikga va atmosfera havosini
sifatiga qo‗shni davlatlarning ta‘siri;
Taiiy holatni va uning ifloslanish manbalari shuningdek tabiiy
resurslardan foydalanishni nazorat qilish uchun yetarli texnik
va metodik imkoniyatlarning cheklanganligi;
Atrof-muhit holatini analitik
nazorat qilish uchun maxsus
asbob uskunalarning ishlab chiqarish korxonalarining mavjud
emasligi;
Tog‗-kon chiqindilari, avvalgi uran konlari ayniqsa ularning
chegara xududlardagi holati;
Sanoat va maishiy turmushdagi chiqindilarning qayta
ishlovchi va o‗zlashtiruvchi tizimning takomillashmaganligi;
Tabiiy atrof-muhit va ularning
ifloslanish manbalari hamda
tabiiy resurslardan foydalanish holati bo‗yicha yetarli
ekologik bank tizimi ma‘lumotlari etarli bo‗lmasligi;
Tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish va va tabiiy resurslardan
samarali foydalanish masalalari makroiqtisodiyotni isloh qilish jarayonida
uning diqqat markazida turmog‗i lozim.
O‗zbekiston Respublikasi atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish
sohasidagi birinchi navbatdagi vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Jamiyatning ta‘lim olish va intellektual potentsialini
o‗sishini ta‘minldovchi sharoitni yaratish;
Atrof-muhit holatini yaxshilash
uchun hamda global
ekologik muammoalarni hal etish uchun yetarli mablag‗lar
ajaratilishi kerak;
Genetik fondni, turlar xilma xilligi va landshaftlarni
saqlash;
14
Tabiatdan
foydalanishning
iqtisodiy
mexanizmlarini
takomillashtirish;
Maxsus muhofazaga olingan xududlarni boshqarish
bo‗yicha dasturlar ishlab chiqish kerak;
Atrof-muhitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo‗yicha
nazorat tizimini takomillashtirish va rivojlantirish;
Xususiylashtirish jarayonida ekologik talablarga rioya
qilish va atrof-muhitga zarar keltirgani
uchun javobgarlik
kabilarni nazorat mexanizmlarini yaratish;
Ekologik xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologik
jarayonlar
sohasida
ekologik
sertifikatlash
tizimini
takomillashtirish;
Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo‗yicha
bank tizimini yaratish;
Ekologiya va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasining
tabiatni muhofaza qilish ishlari bo‗yicha faoliyatini yoritib
turuvchi markazlashgan axborot tizimini yaratish;
Ekologik ta‘lim va tarbiya tizimini yanada rivojlantirish;
Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo‗yicha
bosqichma-bosqich dasturlar ishlab chiqarish;
Xalq
xo‗jaligining
turli
sohalarida
ekologik
toza
texnologiyalar
chiqindilarning
zararsizlantirish
va
o‗zlashtirish bo‗yicha ilmiy-texnik
ishlarni hayotga tadbiq
etish hamda ilmiy–tadqiqot ishlarini olib borishni davom
ettirish;
Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish
masalalari bo‗yicha jamiyatdagi ekologik tashkilotlar bilan
o‗zaro hamkorlikni kuchaytirish
va birgalikda ekologik
qarorlar qabul qilish.